Adizova Nodira Baxtiyorovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi (ona tili o‘qitish metodikasi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped438.
Ilmiy maslahatchi: Nurulloeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor Abuzalova Mehriniso Kadirovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Mavlonova Klaraxon Maxmutovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Asqarova Manzura Avazbekovna
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari muammoli ta’lim muhitida ijodiy tafakkurni rivojlantirish, faollikka undash, tarixiylik, tizimlilik va integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda metodik, texnologik va psixologik aspektlarni tasniflash va muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kognitiv-pragmatik kompetentlikni rivojlantirishning modeli tanlangan konstruktiv va integrativ yondashuvlarni onglilik, izchillik va yaratuvchanlik tamoyillariga uyg‘unlashtirish hamda integratsiyalashgan tizimli ta’minotni refleksiv pedagogik, kognitiv ta’lim nazariyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi zamonaviy “Insert”, “Scamper”, “Ikki qismli kundalik”, “Thinking has”, “What if…”, “Clear” interfaol metodlarni muammoli ta’lim, debatlar, holat tahlili, loyihaviy va tadqiqotchilik yondashuvlariga mosligini ta’minlash hamda innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan mikromuhit yaratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish ilmiy kategoriya va atamalar bilan erkin mulohaza yuritish, mustaqil va ijodiy fikrlash doimiyligini ta’minlash hamda ilmiy va hayotiy misollar keltirishga ko‘ra topshiriqlar majmui va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish pragmatikligi va ratsionalligiga erishish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligi kognitiv-amaliy, faoliyatli-refleksiv, intellektual-ijodiy obektiv va subektiv mezonlarni baholashning yuqori, o‘rta va past darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vektorial o‘sishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari muammoli ta’lim muhitida ijodiy tafakkurni rivojlantirish, faollikka undash, tarixiylik, tizimlilik va integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda metodik, texnologik va psixologik aspektlarni tasniflash va muvofiqlashtirish takliflaridan pedagogika oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-425-sonli guvohnoma). Natijada ona tili ta’limiga kognitiv-pragmatik yondashuv texnologiyalarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan;
kognitiv-pragmatik kompetentlikni rivojlantirishning modeli tanlangan konstruktiv va integrativ yondashuvlarni onglilik, izchillik va yaratuvchanlik tamoyillariga uyg‘unlashtirish hamda integratsiyalashgan tizimli ta’minotni refleksiv pedagogik, kognitiv ta’lim nazariyalariga oid takliflardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining “A1-XT-0-92997-raqamli Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini “Talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirishning shakl va vositalari” qismini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 21-apreldagi 179-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kognitiv-pragmatik kompetentligi muammoli texnologiyalari asosida rivojlantirilgan;
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi zamonaviy “Insert”, “Scamper”, “Ikki qismli kundalik”, “Thinking hats”, “What if…”, “Clear” interfaol metodlarni muammoli ta’lim, debatlar, holat tahlili, loyihaviy va tadqiqotchilik yondashuvlariga mosligini ta’minlash hamda innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan mikromuhit yaratishga oid takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 02/02-01-163 ma’lumotnomasida asoslangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 02/02-01-163 ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirish samaradorligi kognitiv-amaliy, faoliyatli-refleksiv, intellektual-ijodiy obektiv va subektiv mezonlarni baholashning yuqori, o‘rta va past darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vektorial o‘sishini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-martdagi 01-09-66-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kognitiv-pragmatik kompetentlikni muammoli texnologiyalar asosida rivojlantirishorqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmasi takomillashtirilgan;