Xudayberdieva Dilnoza Abdulxamid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani mayda ifloslikdan tozalash qurilmasini takomillashtirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5672
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Ro‘zimurod Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor, Axmedov Xamidulla Abduxoshimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom ashyosini mayda iflosliklardan tozalash mashinasi to‘rli yuzasi foydali maydonini oshirish orqali tozalash samarasini oshirish hamda xom ashyoni shikastlanishini oldini oluvchi tozalash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash samarasini hamda to‘rli yuza foydali maydonini oshirish maqsadida po‘lat simlardan iborat uzlyuksiz tirqishli to‘rli yuzaga ega konstruksiya ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi energiya tejamkorligini 0,91% ga ta’minlash imkoniyatiga ega yumshoq start moslamasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
optimallashtirish usuli yordamida paxtani iflosliklardan tozalash jarayonini samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar maqbul qiymatlari: baraban qoziqlari va to‘rli yuza orasidagi masofa 14 mm, qurilmaning ish unumdorligi 7000 kg/soat hamda simlar orasidagi masofa 5 mm bo‘lishi aniqlangan.
to‘rli yuzani tashkil qiluvchi po‘lat simlarning mustahkamligini aniqlovchi maxsus dastur ishlab chiqilgan hamda eng kichik mustahkamlik zaxirasi - 124 ni tashkil qilishi va standart talablarga to‘la javob berishi mustahkamlik zaxirasini aniqlash epyuralarini qurish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan paxtani tozalash uskunasi «O‘zpaxtasanoat» AJga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2025 yil 4 martdagi 03/25-424 son ma’lumotnomasi). Natijada tozalash samaradorligi 92 % ga oshishiga, chigitlarni mexanik shikastlanishi 1,25 % ga kamayishiga, erkin tolalar miqdori mavjud qurilmaga qaraganda 0,018 % ga va toladagi iflosliklar miqdori esa 0,332 % ga kamayishiga erishilgan. Iflosliklardan tozalash qurilmasiga yangi energiya tejovchi moslamani o‘rnatish orqali start rejimida 45% energiya tejash imkoniyati yaratilgan, ya’ni 234 ish kunida umumiy energiya sarfi 0,91 % ga tejalgan. Yumshoq start moslamasini qo‘llash orqali dvigatel ish muddatini 25 % ga uzaytirish imkoniyati yaratilgan.