Raximov To‘xtabek Jumaboevichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning ekonometrik modellari”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt839.
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Allayorov Piratdin Otaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
mintaqada ishlab chiqarish, tabiiy, mexnat va intelektual resurslar; maxsulot sifati, innovatsion texnologiyalar; diversifikatsiya va barqarorlik yo‘nalishlariga asoslangan qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishning SIE (Systematic innovative export) modeli taklif etilgan;
mintaqada eksportyor korxonalar faoliyatini raqamli monitoringlashning barqaror (0,8-1), turg‘un (0,5-0,7) va beqaror (0,1-0,4) reyting mezonlari asosida eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish usuli takomillashtirilgan;
hududlararo aholi va korxonalar migratsiyasi hamda ishlab chiqarish oqimlari ta’sirida shakllanayotgan transport-logistika infratuzilasini rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirishning I=G*(Q_i^(α_1 )*Q_j^(α_2 ))/(D_ij^2 )*e^(ε_ij ) gravitatsion modeli taklif etilgan;
Spirman darajali korrelyatsiya koeffitsientlari (ks) va Fexner tasodiflarini (kf ) birlashtirish yo‘li bilan mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanish miqyosi (Rm) va sifat (Rq) darajalarini aniqlash R_m (R_q )=((1+k_s )*(1+k_f))/2_j  modeli taklif qilingan; 
mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanishda YaHM, eksport  ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida
mintaqada ishlab chiqarish, tabiiy, mehnat va intelektual resurslar; maxsulot sifati, innovatsion texnologiyalar; diversifikatsiya va barqarorlik yo‘nalishlariga asoslangan qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishning SIE (Systematic innovative export) modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 09-oktyabrdagi 02-0077/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning nazariy konsepsiya va yondashuvlarini joriy qilish imkoni yaratilgan;
mintaqada eksportyor korxonalar faoliyatini raqamli monitoringlashning barqaror (0,8-1), turg‘un (0,5-0,7) va beqaror (0,1-0,4) reyting mezonlari asosida eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 09-oktyabrdagi 02-0077/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada eksportyor korxonalar faoliyatini taraqqiy qildirishning tezkor o‘sish rejasini yaratilishiga erishilgan.
hududlararo aholi va korxonalar migratsiyasi hamda ishlab chiqarish oqimlari ta’sirida shakllanayotgan transport-logistika infratuzilasini rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirishning I=G*(Q_i^(α_1 )*Q_j^(α_2 ))/(D_ij^2 )*e^(ε_ij ) gravitatsion modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 09-oktyabrdagi 02-0077/2-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida viloyatda transport-logistika infratuzilasini rivojlantirish asosida eksport salohiyatini o‘rtacha 5-7 foizga oshirishga olib kelgan;
Spirman darajali korrelyatsiya koeffitsientlari (ks) va Fexner tasodiflarini (kf ) birlashtirish yo‘li bilan mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanish miqyosi (Rm) va sifat (Rq) darajalarini aniqlash R_m (R_q )=((1+k_s )*(1+k_f))/2_j  modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 09-oktyabrdagi 02-0077/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tuman va shaharlarida eksport salohiyatidan samarali foydalanish darajalarini guruhlash va ixtisoslashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanishda YaHM, eksport  ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 09-oktyabrdagi 02-0077/2-son ma’lumotnomasi). Mazkur maqsadli parametrlarni amalga oshirilishi natijasida mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishi, shuningdek aholi daromadlari va iqtisodiyot tarmoqlarini yuqori sur’atda rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish