Toshtonov Soyibjon Abdusami o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida texnonim komponentli frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4211.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdimurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi texnonim komponentli frazeologik birliklarning lingvokognitiv, lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
texnonim komponentli antropogen frazeologizmlardagi texnonimlar inson faoliyati natijasida o‘z ehtiyoji uchun yaralganligi, ularni qurol-yarog‘, ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechak hamda oziq-ovqat kabi guruhlariga bo‘linishi asoslab berilgan;
texnonim komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy belgilari aniqlanib, ikki tildagi texnonim komponentli frazeologik birliklarning  atrof-muhitda paydo bo‘lishiga ko‘ra (naturogen, antropogen); nutq aktining yaratilishiga ko‘ra (konstruktiv, destruktiv); belgi xarakteriga ko‘ra (indeksal, simvolik) kabi tavsif qoliplari ochib berilgan;
texnonim  komponentli frazeologizmlarni baho ifodalash xususiyatiga ko‘ra, predikativlik belgisiga ko‘ra, soflik darajasiga ko‘ra turlarga ajralib, ushbu frazeologizmlarning baho ifodalash xususiyatiga ko‘ra 3 ta, predikativlik  belgisiga ko‘ra 2 ta, soflik darajasiga ko‘ra 2 ta turi aniqlangan; 
artefakt komponentli frazeologizmlarning ta’riflari o‘rganilib, artefakt texnonim komponentli frazeologizmlarning 3 ta asosiy belgilari ajratilgan hamda ilohiy, qadimgi urf-odatlar, qadimgi narsalar va tarixiy personal kabi guruhlari mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida texnonim komponentli frazeologizmlarni lingvokognitiv, lingvokulturologik tadqiq etish asosida:
artefakt komponentli frazeologizmlarning ta’riflari o‘rganilib, artefakt texnonim komponentli frazeologizmlarning 3 ta asosiy belgilari ajratilganligi hamda ilohiy, qadimgi urf-odatlar, qadimgi narsalar va tarixiy personal kabi guruhlari mavjudligi kabi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar hamda xulosalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 8-maydagi 524/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif  va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishda, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
 texnonim komponentli antropogen frazeologizmlardagi texnonimlar inson faoliyati natijasida o‘z ehtiyoji uchun yaralganligi, ularning turli guruhlarga bo‘linishi yuzasidan chiqarilgan ilmiy-nazariy qarashlardan Andijon mashinasozlik institutida bajarilgan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan “Nano-termoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksit slomasi asosida), nano o‘lchamdagi to‘ldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik hamda triboligik xossalarini takomillashtirish” mavzusidagi O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Andijon mashinasozlik institutining 2024-yil 8-maydagi 38-03-899-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishining ilmiy natijalari asosli ekanligi isbotlangan. Bu esa tadqiqot ishi metodologik mukammalligi, o‘zbek va ingliz tili chog‘ishtirma tadqiqotlarning amalda isbotlangan manbalarga tayanganligi bilan izohlanishi qayd etilgan;
texnonim komponentli frazeologizmlarning lingvomadaniy belgilari aniqlanib, ikki tildagi texnonim komponentli frazeologik birliklarning  atrof-muhitda paydo bo‘lishiga ko‘ra (naturogen, antropogen); nutq aktining yaratilishiga ko‘ra (konstruktiv, destruktiv); belgi xarakteriga ko‘ra (indeksal, simvolik) kabi tavsif qoliplari yuzasidan olingan materiallar hamda ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” , “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar ssenariyalarini (2024-yil aprel-may oylari) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy telekompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil, 31-maydagi 04-36-696-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishning ssenariysi mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish