Kayumova Nilufar Xotam-qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida yangiliklar mediadiskursining struktural-semantik va kommunikativ-pragmatik jihatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Fil3850.
Ilmiy rahbar: Satimova Dilafruz Numonjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidxonov Ma’murjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida yangiliklar mediadiskursining struktural-semantik, kommunikativ-pragmatik, funksional, leksik-stilistik jihatlari hamda translatologik muammolarini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ingliz va o‘zbek tillaridagi yangiliklar mediadiskursining lingvistik nazariy asoslarini qiyosiy tahlil qilish natijasida ommaviy axborot vositalari matni va diskursining differensial-semantik chegaralari, yangiliklar mediadiskursi tushunchasining ilmiy ta’rifi, yangilik matnining kompozision tuzilishi (to‘ntarilgan ehrom modeli: sarlavha, kirish, asosiy qism, xulosa) hamda yaxshi – yomon yangiliklar va mahalliy – jahon yangiliklar singari yangiliklarning struktural-semantik jihatiga ko‘ra ikki bosqichli dixotomiyali toifalari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida yangiliklar mediadiskursida sarlavha-matn uzviyligi va kommunikativ aloqadorlik tamoyillari asosida ikki asosiy – semantik va pragmatik funksiyalarni birlashtiruvchi yangi Konvergent sarlavha (KS) ilmiy-paradigmasi ishlab chiqilib, yangilik matnlarining mazmuni ijobiy va salbiy subkategoriyalarga dendrogram shaklda guruhlangan (yaxshi, ko‘ngilochar, baham ko‘ruvchi, mashhurlar va yuqori doiralarga oid, dramatik, kutilmagan, keng ko‘lamli, davomiy, ziddiyatli hamda yomon yangiliklar), shuningdek, yangilikda presuppozisiyaga asoslangan kalit leksemaning IKL - ijobiy va SKL - salbiy kabi kommunikativ strategiyalari aniqlangan;
yangilik matnlari va sarlavhalarining sintaktik-strukturaviy xususiyatlari, xususan, yangilik sarlavhalarining sentensematik tuzilishlari sodda, qo‘shma, ergashgan qo‘shma gap shaklidagi, shuningdek, yangilik matnlarida qo‘llaniladigan paremiologik (maqol va matal) birliklarning transformatsiyalari hamda yangiliklar diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlar nazariyasi asosida kompleks tarzda qiyosiy tahlil qilinib, pragmatik kompetensiya, madaniy kontekst hamda uslubiy-grammatik vositalarning tarjima muammolari dalillangan;
yangilik matnlarining jurnalistik diskursdagi izomorfik birliklarning kommunikativ-pragmatik universalliklari – rasmiy neytral ohangga intilish, standart klishe va signal so‘zlarning global axborot talablariga mosligi va allomorfik birliklarning madaniy-estetik asoslari (ingliz tilida bilvosita jalb qiluvchi va xolislikka urg‘u beruvchi stilistik vositalar: Breaking news, Shocking revelation kabilar hamda o‘zbek tilida o‘quvchiga ekpressiv-emotsional ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiluvchi xalqona ifodalar: Ana xolos, Tarqating, Qoyil) chog‘ishtirilib, terminologiya, publisistik iboralar, mahalliy va xalqaro atamalarning qo‘llanilishi asosida har bir tilga xos medianing uslubiy palitrasi isbotlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida yangiliklar mediadiskursida sarlavha-matn uzviyligi va kommunikativ aloqadorlik tamoyillari asosida ikki asosiy – semantik va pragmatik funksiyalarni birlashtiruvchi yangi Konvergent sarlavha (KS) ilmiy-paradigmasi ishlab chiqilib, yangilik matnlarining mazmuni ijobiy va salbiy subkategoriyalarga dendrogram shaklda guruhlanishiga oid dissertatsiyasining ilmiy natijalari va materiallaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-apreldagi 01-4-1607-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangiliklar mediadiskursini xarakterlovchi qator til birliklarini dasturiy jihatdan aniqlash, tizimlashtirish va avtomatik ishlov berish vositalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratilgan;
yangilik matnlari va sarlavhalarining sintaktik-strukturaviy xususiyatlari, xususan, yangilik sarlavhalarining sentensematik tuzilishlari sodda, qo‘shma, ergashgan qo‘shma gap shaklidagi, shuningdek, yangilik matnlarida qo‘llaniladigan paremiologik (maqol va matal) birliklarning transformatsiyalari hamda yangiliklar diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari assertiv, direktiv, komissiv, ekspressiv va deklarativ nutqiy aktlar nazariyasi asosida kompleks tarzda qiyosiy tahlil qilinib, pragmatik kompetensiya, madaniy kontekst hamda uslubiy-grammatik vositalarning tarjima muammolari dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan loyiha shifri: S-ECAHD -18-CA-0067, shartnoma raqami: PO№02002358 bo‘lgan “English Access Microscholarship” mavzusidagi xorijiy amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025-yil 23-apreldagi 04-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar loyihaning ilmiy-metodik jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan;
    ingliz va o‘zbek tillaridagi yangiliklar mediadiskursining lingvistik nazariy asoslarini qiyosiy tahlil qilish natijasida ommaviy axborot vositalari matni va diskursining differensial-semantik chegaralari, yangiliklar mediadiskursi tushunchasining ilmiy ta’rifi, yangilik matnining kompozision tuzilishi  hamda yangiliklarning struktural-semantik jihatiga ko‘ra ikki bosqichli dixotomiyali toifalariga oid ma’lumotlar va yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-apreldagi O‘z/RV-05-09-547-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar ssenariysi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan boyitilib, ko‘rsatuvlarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati sezilarli darajada ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish