Mardonov Sherzod Umaralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i yuksak o‘simliklari mikromisetlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B972.
Ilmiy rahbar: Mustafaev Ilyor Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Yoziev Lutfulla Habibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Shuxrat G‘anievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Boboto‘g‘ milliy tabiat bog‘idagi urug‘li o‘simliklarda (Spermatophyta) tarqalgan mikromisetlarning tur tarkibini aniqlash, mikromiset turlarining rivojlanishi va tarqalishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boboto‘g‘ milliy tabiat bog‘i urug‘li o‘simliklarida mikromisetlarning 3 bo‘lim 7 sinf 15 tartib 27 oila 41 turkumiga mansub 134 tur va 6 formasi aniqlangan, Cytospora terebinthi Bres., Stemphylium vesicarium (Wallr.) E.G. Simmons, Phyllosticta gageae Hollos turlari O‘zbekiston mikobiotasi uchun ilk bor tavsiflangan;
mikromisetlar tadqiqot hududidagi urug‘li o‘simliklarning 34  oila, 82 turkumga mansub 122 turida patogenlik qilishi, ulardan Tulipa turkestanica, Gagea ova, Handelia trichophylla va Jurinea atropurpurea turlari yangi xo‘jayin o‘simliklar ekanligi aniqlangan;
urug‘li o‘simliklar bilan bog‘liq ravishda mikromiset turlarining Boboto‘g‘ milliy tabiat bog‘ning adir mintaqasida nisbatan ko‘proq uchrashi, ularning rivojlanish faolligi asosan bahor va kuz fasllarida yuqori darajada namoyon bo‘lishi asoslangan;
Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i sharoitida urug‘li o‘simliklarning patogen mikromisetlar bilan zararlanish darajasi baholangan, un-shudring (Erysiphales) va zang (Pucciniales) kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari eng yuqori faollikda namoyon bo‘lishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boboto‘g‘ milliy tabiat bog‘i hududida olib borilgan mikologik tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i urug‘li o‘simliklari patogen mikromisetlarining taksonomik tarkibi aniqlangan va O‘zR FA Botanika instituti “Mikologiya” kolleksiyasi (TASM) fondiga 206 ta mikologik gerbariy namunalari topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasning 2025 yil 25 iyun 4/1255-1565-son ma’lumotnomasi). Natijada, Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i o‘simliklaridan yig‘ilgan mikologik gerbariy namunalari noyob obekt fondini boyitgan va O‘zbekistonning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida tarqalgan mikromisetlarning elektron ma’lumotlar bazasini tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i hududidan mikromisetlarning 206 ta gerbariy namunalari tahlili asosida olingan natijalar xalqaro “Bioxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar global tizimi”ga kiritilgan (GBIF, www.gbif.org, 2025 yil 2 iyundagi 042-guvohnomasi). Natijada, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda uchraydigan urug‘li o‘simliklar mikromisetlarining xalqaro ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish va monitoringini amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish