Yunusov Abduvoxid Gofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` yo‘llari qoplamasi ravonligini baholash uslubini takomillashtirish», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T828.
Ilmiy rahbar: Sadikov Ibragim Salixovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Alisher Abduvahobovich,texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` yo‘llarining funksional ahamiyatini hisobga olgan holda harakat komfortabelligini ta’minlash sharoiti bo‘yicha yo‘l qoplamasining ravonligini baholash uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harakatlanayotgan avtomobil` vertikal tebranishining tezlanishi ma’lumotlari asosida yo‘l qoplamasi yuzasining bo‘ylama profilini hisoblash uslubi N`yumark beta sonli integrallash usuli va Battervort fil`tri yordamida takomillashtirilgan;
avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash loyihasi bosqichida qoplama ravonligini hisobga olgan holda loyiha echimlarini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
yo‘l qoplamasi ravonligini xalqaro ravonlik indeksi (International Roughness Index IRI) bo‘yicha baholashda foydalaniladigan o‘lchash qurilmalarini tarirovka qilish usuli vertikal tezlanish ma’lumotlari asosida takomillashtirilgan;
avtomobil` yo‘llarining funksional ahamiyati va harakat qulayligini ta’minlashni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan ravonlik me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yo‘l qoplamalari ravonligini o‘lchash usuli hamda baholash uslubi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
harakatlanayotgan avtomobil` vertikal tebranishining tezlanishi ma’lumotlari asosida yo‘l qoplamasi yuzasining bo‘ylama profilini hisoblash uslubi, avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash loyihasi bosqichida qoplama ravonligini hisobga olgan holda loyiha echimlarini baholash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli “Yo‘l loyiha ekspertiza” unitar korxonasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 03/4538-4748-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` yo‘llarini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish davrida yo‘l qoplamasi ravonligini xalqaro ravonlik indeksi bo‘yicha baholash orqali transport xarajatlarini 25-40%gacha kamaytirishga erishilgan;
yo‘l qoplamasi ravonligini xalqaro ravonlik indeksi (International Roughness Index IRI) bo‘yicha baholashda foydalaniladigan o‘lchash qurilmalarini tarirovka qilishning vertikal tezlanish ma’lumotlari asosida takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Jizzax viloyat avtomobil` yo‘llari hududiy boshqarmasi balansidagi avtomobil` yo‘llarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 03/4538-4748-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` yo‘llarni qabul qilishda foydalaniladigan ravonlikni o‘lchash qurilmalarining aniqligi va ish unumdorligini oshirish hamda yo‘llarni halqaro standartlar asosida baholash imkoni yaratilgan;
avtomobil` yo‘llarining funksional ahamiyatini hisobga olgan holda harakat qulayligini ta’minlash sharoiti bo‘yicha yo‘l qoplamasining ravonligini baholash uslubini takomillashtirishdagi tadqiqot natijalari ShNQ 2.05.02-07 raqamli «Avtomobil` yo‘llarini loyihalash» va ShNQ 3.06.03-08 raqamli «Avtomobil` yo‘llarini qurish» bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 03/4538-4748-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` yo‘llarini loyihalash davrida yuqori darajadagi ravonlikni ta’minlanishi hisobiga loyihalash va qurilish sifatini oshirish imkonini yaratgan.