Yusubboeva Dinora Qudrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5537.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish va rivojlantirish tendensiyalarini tadqiq qilish hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyati iqtisodiyotida inson kapitali resurslaridan samarali foydalanishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli ko‘nikmalar asosida inson kapitali salohiyatini baholovchi kompleks indikatorlar ishlab chiqilgan;
mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, inson kapitalining iqtisodiy o‘sishdagi rolini aniqlovchi ko‘p qirrali iqtisodiy model taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xorijiy tajriba asosida mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan inson kapitalidan samarali foydalanish modeli taklif qilingan;
inson kapitalidan samarali foydalanishning istiqbolli kasb yo‘nalishlari va ularga mos iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish Xorazm viloyati tumanlari kesimida ishlab chiqilgan hamda inson resurslari dinamikasining 2030-yilgacha bo‘lgan ssenariylari prognoz qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Xorazm viloyati iqtisodiyotida inson kapitali resurslaridan samarali foydalanishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli ko‘nikmalar asosida inson kapitali salohiyatini baholovchi kompleks indikatorlar bo‘yicha taklif  Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 31-maydagi 7-3121-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning iqtisodiy taraqqiyoti, tadbirkorlik va inson kapitalining o‘zaro muvofiqligidan kelib chiqqan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanish imkoni yaratilgan;
mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinib, inson kapitalining iqtisodiy o‘sishdagi rolini aniqlovchi ko‘p qirrali iqtisodiy model bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 31-maydagi 7-3121-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqishga imkon bergan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xorijiy tajriba asosida mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan inson kapitalidan samarali foydalanish modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 31-maydagi 7-3121-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan; 
inson kapitalidan samarali foydalanishning istiqbolli kasb yo‘nalishlari va ularga mos iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish Xorazm viloyati tumanlari kesimida ishlab chiqilgan hamda inson resurslari dinamikasining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 31-maydagi 7-3121-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlarida inson kapitalini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini va hududlarning o‘sish nuqtalarini qayta ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish