Seypullaev azamat kutlimuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orol bo‘yi ekotizimi sharoitidagi zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining etiopatogenezi va guruhli profilkatikasi”, 16.00.01.-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinariya akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/155
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor, Bakirov Baxtiyor, veterinariya fanalri doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyor Mamatkulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jahongir, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi ekotizimi sharoitidagi zotli qoramollarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining ertachi tashxis  hamda guruhli oldini olishni chora tadbirlar majmuyini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining Orol bo‘yi hududlari sharoitidagi zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining tarqalishi va iqtisodiy zarari aniqlangan;
Orol bo‘yi hududlari sharoitidagi zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining tuproq sho‘rlanishi hamda uning endemik xususiyatlari, shuningdek ratsion to‘yimsizligiga bog‘liq holdagi sabablari aniqlangan;
Zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining asosan A-gipovitaminoz, osteodistrofiya, gipomagniemiya, gipomargansiemiya, gipokobaltoz, gipokuporoz kabi   yashirin hamda klinik shakllarda kechishi, shuningdek suyaklardagi patologik o‘zgarishlarni  ifodalovchi simptomlari, gemomorfologik, gemobiokimyoviy va rentgenologik o‘zgarishlari  aniqlangan;
Zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining  o‘ziga xos klinik va fiziologik, gemomorfologik,  gemobiokimyoviy va rentgenologik o‘zgarishlar majmuyini aniqlashga qaratilgan  ertachi tashxis usuli ishlab chiqilgan;
 Zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlari sababli ratsionni mutadillashtirish, shuningdek monokalsiyfosfat, trivit, vitamin+minerallar, E-selen va Katozal-100 ni belgilangan miqdor va tartibda ishlatishga asoslangan guruhli oldini olish usuli ishlab chiqilgan;
Orolbo‘yi ekotizimi sharoitlaridagi zotli sigirlarda vitaminlar va mineral moddalar almashinuvi buzulishlarining ertachi tashxis va guruhli oldini olish chora tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol bo‘yi sharoitidagi parvarishlanayotgan zotli sigirlarning vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzulishlari oqibatidagi kelib chiqadigan kasalliklarning sabablarini o‘rganish natijalari asosida: 
«Orol bo‘yi sharoitidagi qoramollarda vitaminlar va minerallar almashinuvi buzulishlarining guruhli profilkatikasi» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025.11-martdagi 3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hayvonlarning vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzulishlari oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar sabablari, rivojlanishi, kechishi, klinik belgilarini  o‘rganish asosida ertachi diagnostika  usullarini ishlab chiqishga erishilgan;    
«Orol bo‘yi sharoitidagi qoramollarda vitaminlar va minerallar almashinuvi buzulishlarining guruhli profilaktikasi» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025y. 20-maydagi 33/01-05-554-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zotli hayvonlar orasida  uchraydigan vitamin va mineral moddalar almashinuvi buzulishlari oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirishga, yosh hayvonlarning o‘sishining tezlashishiga, sut mahsuldorligining o‘rtacha 3,6 litrga, tug‘ilgan buzoqlarning tana vaznining 3,2 kg ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish