Yusupova Umidaxon Raxmanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kversetin va xaplogenin-7-glyukozidni mitoxondriyada energiya, fosfolipid almashinuviga va lipidlarning perekisli oksidlanishiga ta’siri», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B29.

Ilmiy rahbar: [Almatov Karim Tajibaevich], biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.

Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmerov Rashid Nosipovich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kversetin va xaplogenin-7-glyukozidini jigar mitoxondriyalarining nafas olishi va oksidlanishli fosforlanishiga, ATF-sintaza va NADN-oksidaza faolliklariga, fosfolipidlar almashinuvi hamda lipidlarning perekisli oksidlanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

etanolda eritilgan kversetin glutamat substratli oksidlanishli fosforlanish (OF) jarayonini gliserinda eritilganiga nisbatan keskin pasaytirishi, ammo OF ko‘rsatgichlarini oshirishi aniqlangan;

mitoxondriyalarni gipoksiya va ishemiya sharoitida (37 0S) saqlaganda rotenonga sezgir NADN-oksidaza faolligi pasayishi, rotenonga sezgir bo‘lmagan NADN-oksidaza faolligi oshishi, kversetin (20 mkg/mg oqsil) membrana stabillovchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

LPO jarayonlarida lizofosfatidiletanolamin va fosfatidiletanolamin miqdori kamayishi, fosfatidilserin, lizofosfatidilxolin, shuningdek fosfatid va lizofosfatid kislotalarining miqdorini ortishi kabi buzilishlarni kversetin qayta tiklanishini ta’minlab, 20 mkg/mg oqsilga nisbatan kversetin membranostabilizator xossasini namoyon qilishi aniqlangan;

xaplogenin-7-glyukozid mitoxondriyalarda ATF sintazaning faolligini oshirishi, NADga bog‘liq substratlarning oksidlanishida FADga bog‘liq substratlarga nisbatan ATF ko‘proq sintezlanishi, fosfatidilxolin va fosfatidilinozitlarning miqdorini oshiriishi, membranani stabillovchi ta’siri isbotlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kversetin va xaplogenin-7-glyukozidni mitoxondriyada energiya, fosfolipid almashinuviga va lipidlarning perekisli oksidlanishiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kversetin va xaplogenin-7-glyukozid flavonoidlarining mitoxondriya funksional faolliklariga samarali ta’siri bo‘yicha olingan natijalar Surgut davlat universitetining «Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi yovvoyi o‘simliklar polifenollarini ajratib olish, identifikatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari va ularni gepatoprotektor hossalarini shimolning yoshga bog‘liq kasalliklarida tadqiq qilish» mavzusidagi loyihasi doirasida polifenol birikmalarni antioksidant va gepatoprotektor ta’sir mexanizmlarini yoritishda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2019 yil 11 fevraldagi 12-03/330-son ma’lumotnomasi). Natijada flavonoid birikmalarining strukturaviy xossalari asosida yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan yangi polifenollarni ajratib olish, identifikatsiyalash va gepatoprotektorlik xususiyatlarini tadqiq qilishni innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqish imkonini bergan;

kversetinning samarali ta’sir mexanizmlarini va strukturaga bog‘liq biologik faolliklarini mitoxondriya modellarida qo‘llanilishi FA-F7-T-184 raqamli «O‘zbekiston florasi o‘simliklarining fenol birikmalari va terpenoidlari kimyosi»mavzusidagi fundamental loyihasida geran turkumiga kiruvchi Geranium charlesi va Geranium pusillum o‘simliklaridan ajratib olingan birikmalarni sitoprotektor, gipolipidemik, antimikrob xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 16 yanvardagi 4/1255-93-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy o‘simliklardan ajratib olingan fenol birikmalar va terpenoidlarning yuqori gepatoprotektor va gipolipidemik faolliklarini namoyon qilishi hamda Geranium turkumidan ajratib olingan birikmalar asosida antigipoksik xususiyatinini namoyon qilgan «Geranil» preparatini yaratish imkonini bergan;

mitoxondriyalarni gipoksiya va ishemiya sharoitida saqlaganda rotenonga sezgir NADN-oksidaza faolligining o‘zgarishlariga, bioenergetik jarayonlarga va mitoxondriya membranasi lipidlarini peroksidlanish jarayonlariga kversetin va xaplogenin-7-glyukozidning ta’sir mexanizmlarini tavsiflashda VetVittles kompaniyasining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (VetVittles kompaniyasining (AQSh) 2019 yil 16 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada turli kasalliklarda mitoxondriyaning funksional ko‘rsatkichlariga polifenol birikmalarni ta’sirini aniqlash va sitoprotektor hossalarini tavsiflash imkonini bergan;

kversetinning jigar mitoxondriyalari membranasi fosfolipidlar buzilishini qayta tiklash hamda ATF-sintaza faolligini oshirish xossalari FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq asoratlarni davolash va oldini olishning yangi uslublarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental loyihasida kversetin yurak va silliq muskul hujayralari funksional faolligini normada va alkogoldan zaharlanish holatida korreksiya qilishda hamda kversetin eritrotsitlarning gemolitik barqarorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 28 yanvardagi 4/1255-190-son ma’lumotnomasi). Natijada kversetin flavonoidi boshqa birikmalarga nisbatan nerv va muskul hujayralarida turli xil mediator tizimlari holatini normada va alkogoldan zaharlanish sharoitida qayta tiklash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish