Akramov Islam Luqmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi erlari monitoringini yuritish usullarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx466
Ilmiy rahbar: Narbaev Sharofatdin KenGEShovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03. (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Babajanov Allabergan Ruzimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Hamidov Fayzullo Ramazonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligi erlari monitoringini yuritish usullarini raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli texnologiyalar asosida 119,1 ming gektar er maydonlarini kompleks yo‘qlamadan o‘tkazish va ularning holatini tahlil qilish asosida er munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
statistik ma’lumotlar > kosmik tasvirlarni raqamli qayta ishlash > geoaxborot tahlil > xaritalash usullari asosida qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari (g‘o‘za, donli, moyli, poliz, kartoshka va sabzavot ekinlari)ni joylashtirishga va ularning monitoringini yuritishga qaratilgan “R-GIS” nomli er axborot tizimi ishlab chiqilgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida er turlari hamda ekin maydonlaridan foydalanish monitoringini yuritishning tashkiliy va texnik mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi erlari monitoringini yuritish usullarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida:
raqamli texnologiyalar asosida er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish va er munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-304-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi erlaridan samarali va barqaror foydalanish masalasi zamonaviy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy talablar bilan bevosita bog‘liqligi va er resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar muhim o‘rin tutishi aniqlanib, nazariy asoslari yoritilgan;
qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilishning takomillashtirilgan konsepsiyasi asosida kosmik tasvirlarni raqamli qayta ishlash, geoaxborot tahlili va xaritalash usullari takomillashtirilgan va Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-304-son ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dronlar, masofaviy zondlash va raqamli monitoring tizimlari orqali er holatini kuzatish hamda agrotexnik qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish mumkinligi isbotlangan;
qishloq xo‘jaligi erlarida ekinlar (paxta, g‘alla, kartoshka, moyli ekin, poliz ekini va sabzavot ekinlari)ni joylashtirishga va monitoringini yuritishga qaratilgan elektron dastur ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Fermerlar kengashida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-304-son ma’lumotnomasi). Natijada bu qishloq xo‘jaligi erlarida ekinlar (paxta, g‘alla, kartoshka, moyli ekin, poliz ekini va sabzavot ekinlari)ni joylashtirish va monitoringini yuritish ancha osonlashdi, shuningdek bu qishloq xo‘jaligi erlarining hozirgi holati, ulardan foydalanish intensivligi va hududiy taqsimoti tahlil qilinib, monitoring jarayonida aniqlangan o‘zgarishlar va mavjud muammolarni tahlil qilish orqali resurslardan yanada oqilona foydalanish imkonini bergan.
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida er turlari va ekin maydonlaridan foydalanish monitoringini yuritishning tashkiliy va texnik mexanizmlari ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Fermerlar kengashida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-304-son ma’lumotnomasi). Natijada bu qishloq xo‘jaligi erlarining hozirgi holati, ulardan foydalanish intensivligi va hududiy taqsimoti tahlil qilinib, monitoring jarayonida aniqlangan o‘zgarishlar va mavjud muammolarni tahlil qilish orqali resurslardan yanada oqilona foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish