Tkachenko Alla Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oybekning “Navoiy” romani va L. G. Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/Fil5367
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Raviyajon, filologiya fanlari doktori; Muhibova Ulfatxon Uchqunovna filologiya doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oybekning “Navoiy” romani va L.G.Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy siymosining badiiy talqinini qiyosiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oybekning “Navoiy” romani hamda L.G.Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy siymosining badiiy modellashtirilishi individual psixologik portret, poetik tuzilish va milliy-ma’naviy konseptlarning talqini orqali strukturaviy-semantik mezonlar asosida dalillangan;
Alisher Navoiy siymosining badiiy tuzilishi tarixiylik, milliylik va shaxsiy-ma’naviy olam sinteziga asoslangan holda o‘ziga xos obraz darajasida “shaxs-davr”, “shaxs-ijtimoiy muhit” va “shaxs-badiiy xotira” oppozisiyalari doirasida badiiy tafakkur paradigmasi hamda poetik diskurs mexanizmlari asosida aniqlangan;
Navoiy portretining qiyosiy-kesma chizig‘i shaxsiy ruhiy olam va davr talablarining badiiy asarda xarakterlararo hamda xarakterlar bilan muhit o‘rtasidagi estetik kolliziyasi poetik struktura, badiiy tasvir vositalari va muallif pozisiyasi qatlamlari orqali dalillangan;
qahramon shaxsiyatining badiiy talqinini yoritishda poetik struktura va g‘oyaviy-estetik yondashuvlar ichki monolog va psixologik portret yaratish uslubining dramatik kompozisiyaga integratsiyasi hamda tarixiy-biografik faktlarning diskursiv-rekonstruktiv qo‘llanishi orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oybekning “Navoiy” romani va L.G.Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy shaxsiyati, hayoti, serqirra faoliyati va boy ijodiy merosini tadqiq etish hamda o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
Oybekning “Navoiy” romani hamda L.G.Batning “Hayot bog‘i” qissasida Alisher Navoiy siymosining badiiy modellashtirilishi individual psixologik portret, poetik tuzilish va milliy-ma’naviy konseptlarning talqini orqali strukturaviy-semantik mezonlar asosida dalillanganligiga oid ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant doirasida keng foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 7-noyabrdagi 04/1-3191-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot materiallari o‘zbek adabiyoti va buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy shaxsiyatini o‘rganishga doir izlanishlarda qo‘llanildi.
Alisher Navoiy siymosining badiiy tuzilishi tarixiylik, milliylik va shaxsiy-ma’naviy olam sinteziga asoslangan holda o‘ziga xos obraz darajasida “shaxs-davr”, “shaxs-ijtimoiy muhit” va “shaxs-badiiy xotira” oppozisiyalari doirasida badiiy tafakkur paradigmasi hamda poetik diskurs mexanizmlari asosida aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fani uchun “Komparativistika” elektron platformasini yaratish bo‘yicha IL-27-4722022413 raqamli innovatsion loyiha doirasida foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 18-noyabrdagi 01/727-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Oybekning “Navoiy” romani va L.G.Batning “Hayot bog‘i” qissasi hamda ularda Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi.
Navoiy portretining qiyosiy-kesma chizig‘i shaxsiy ruhiy olam va davr talablarining badiiy asarda xarakterlararo hamda xarakterlar bilan muhit o‘rtasidagi estetik kolliziyasi poetik struktura, badiiy tasvir vositalari va muallif pozisiyasi qatlamlari orqali dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi IZ-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodini xorijda o‘rganish va targ‘ib qilish asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy grant doirasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 01/4-975-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant doirasida akademik I.P. Pavlovning ilmiy asarlariga asoslangan materiallardan shoir shaxsini ochib berishda yozuvchilarning qarashlari tizimi va dunyoqarash xususiyatlarini yoritishda foydalanildi.
qahramon shaxsiyatining badiiy talqinini yoritishda poetik struktura va g‘oyaviy-estetik yondashuvlar ichki monolog va psixologik portret yaratish uslubining dramatik kompozisiyaga integratsiyasi hamda tarixiy-biografik faktlarning diskursiv-rekonstruktiv qo‘llanishi orqali aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘zining amaliy faoliyatida akademik I.P.Pavlovning ilmiy asarlari asosida Alisher Navoiy shaxsiyatini yoritishda adiblarning qarashlari tizimi va dunyoqarash xususiyatlarini asoslovchi faktlarga tayanadi (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-03/874-son ma’lumotnomasi). Natijada “Navoiy” romani va “Hayot bog‘i” qissasi hamda Oybek va L.G. Bat ijodiy mahoratining o‘ziga xosligi va ularning Navoiy obrazini yaratishdagi qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan tadqiqot materiallaridan Oybek va L.G.Bat ijodini o‘rganishni ommalashtirishda foydalanildi.
Akademik I.P.Pavlovning “signal tizimi” haqidagi nazariyasi asosida Oybek va L.G.Bat tomonidan yaratilgan badiiy talqinlar orqali Alisher Navoiy shaxsiyatini yoritishda yozuvchilarning qarashlar tizimi va dunyoqarash xususiyatlari ochib berilganligiga oid ilmiy xulosasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘zining amaliy faoliyatida akademik I.P.Pavlovning ilmiy asarlari asosida Alisher Navoiy shaxsiyatini yoritishda adiblarning qarashlari tizimi va dunyoqarash xususiyatlarini asoslovchi faktlarga tayanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-03/874-son ma’lumotnomasi). Natijada “Navoiy” romani va “Hayot bog‘i” qissasi hamda Oybek va L.G.Bat ijodiy mahoratining o‘ziga xosligi va ularning Navoiy obrazini yaratishdagi qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan tadqiqot materiallaridan Oybek va L.G.Bat ijodini o‘rganishni ommalashtirishda foydalanildi.