Xolmatova Mumtozbegim Alisherxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarida marketing faoliyatini takommillashtirish”, 08.00.11- “Marketing”, 08.00.15 - “Tadbirkotlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2352
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmamatov Diyor Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes subektlarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlarida marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘z tavsifiga ko‘ra kichik biznes mezonlariga muvofiq keluvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning bozorda raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni mijoz talabiga moslashtirish hamda resurslardan samarali foydalanish orqali uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishini ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes korxonalarida marketing bo‘limini to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy direktor yoki uning birinchi o‘rinbosariga bo‘ysundirish orqali uning huquq va funksiyalarini kengaytirish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va yaratish bo‘yicha bozor talablarini inobatga olib, haqiqiy qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini berish asosida marketing bo‘limining yuqori maqomini ta’minlash taklifi asoslangan;
kichik biznes subektlarining proporsional xavf modeliga asoslangan yondashuvga ko‘ra faoliyat davridagi ichki va tashqi omillarning ta’sirini “omil xavfi yuqori” (HR > 1), “omil xavfga ta’siri yo‘q” (HR = 1) hamda “omil xavfni kamaytirishi” (HR < 1) darajalari bo‘yicha guruhlash orqali korxonaning faoliyat yuritish davriyligini uzaytirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda kichik biznes subektlarining mijozlar bilan samarali munosabatlar o‘rnatish orqali bozor faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga marketing elementlari ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlarida marketing faoliyatini takomillashtirsh bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sub’ektlarida marketing faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘z tavsifiga ko‘ra kichik biznes mezonlariga muvofiq keluvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning bozorda raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni mijoz talabiga moslashtirish hamda resurslardan samarali foydalanish orqali uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishini ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023 yil 21 dekabridagi 387-sonli buyrug‘iga asosan darslikning nashr ruxsatnomasi berilgan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishni ta’minlaydigan murakkab tizimli jarayon nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kichik biznes subektlarida marketing faoliyati” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes korxonalarida marketing bo‘limini to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy direktor yoki uning birinchi o‘rinbosariga bo‘ysundirish orqali uning huquq va funksiyalarini kengaytirish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va yaratish bo‘yicha bozor talablarini inobatga olib, haqiqiy qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini berish asosida marketing bo‘limining yuqori maqomini ta’minlash bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-05-33-10167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznesning raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan foydalanish darajasi ortgan va qiymat zanjirida ishtirok etuvchilarning o‘zaro munosabatlari asosida sinergiya yaratishga qaratilgan strategik loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan;
kichik biznes subektlarining proporsional xavf modeliga asoslangan yondashuvga ko‘ra faoliyat davridagi ichki va tashqi omillarning ta’sirini “omil xavfi yuqori” (HR > 1), “omil xavfga ta’siri yo‘q” (HR = 1) hamda “omil xavfni kamaytirishi” (HR<1) darajalari bo‘yicha guruhlash orqali korxonaning faoliyat yuritish davriyligini uzaytirish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat 2025-yil 10-sentyabrdagi 06-05-33-10167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes subektlarining hududlar, tarmoq va sohalar bo‘yicha bozorda yashab qolish xavfiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkoni yaratilib, ishlab chiqarish va chakana savdo sohalaridagi kichik biznes subektlarining marketing faoliyatiga tashqi omillar ta’sirini kamaytirish orqali 2024-yilda 2023-yilga nisbatan faoliyati to‘xtatilgan kichik biznes subektlarining salmog‘ini 9,8 foizga kamaytirishga erishilgan;
O‘zbekistonda kichik biznes subektlarining mijozlar bilan samarali munosabatlar o‘rnatish orqali bozor faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga marketing elementlari ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-apreldagi 04-07-27-3989-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik biznes subektlarining mijozlar bilan samarali munosabatlar o‘rnatishi orqali bozor faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishga marketing elementlari ta’sirining istiqbol parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.