Palvaniyazov Alisher Yusupbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yosh oilalarning barqarorlik omillari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoi institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi (sotsiologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD//Sots32.

Ilmiy rahbar: Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Kamalova Xatira Sabirovna, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent;

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yosh oilalar mustahkamligi va barqarorligining omillarini asoslab berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qadriyatlar va avlodlararo munosabatlardagi o‘zgarishlarning oila instituti stereotiplarining zaiflashuviga ta’siri ochib berilgan hamda oilaning personalitar, ijtimoiylashuv  funksiyalari asoslab berilgan;

oilada er-xotin ittifoqi, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi aloqaning zaiflashuvi, xo‘jalik yuritishning parchalanishi «muammoli», «ziddiyatli», «tanazzulli»  yosh oilalar vujudga kelishining omillari ekanligi ochib berilgan;

mul`tidissiplinar nazariy yondashuvlar va empirik tadqiqotlar uyg‘unligida «zamonaviy yosh oila» modeli ishlab chiqilgan, uning global va lokal  xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligi ilmiy jihatdan asoslangan;

Qoraqalpog‘istonda yosh oilalar barqarorligini ta’minlovchi institutsional komponentlar, mexanizmlarni takomillashtirish uchun davlat va jamiyat institutlarining kompensatorlik vazifasini kuchaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda yosh oilalarning barqarorlik omillariga oid takliflar asosida:

qadriyatlar va avlodlararo munosabatlardagi o‘zgarishlarning oila instituti stereotiplarining zaiflashuviga ta’siri ochib berilgan hamda oilaning personalitar, ijtimoiylashuv funksiyalariga oid xulosalardan O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2016 yil 5 fevralda qabul qilingan «Mahallalarda oilalarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash»ga doir chora-tadbirlar dasturining 2, 5, 7, 8, 10, 14, 15, 16-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lim boshqaruvining 2016 yil 9 sentyabrdagi 1-3/195-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi yosh oilalarga g‘amxo‘rlik, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga xizmat qilgan;

oilada er-xotin ittifoqi, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi aloqaning zaiflashuvi, xo‘jalik yuritishning parchalanishi «muammoli», «ziddiyatli», «tanazzulli»  yosh oilalar vujudga kelishining omillariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi ishlar rejasining 3-«Oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, ularning ma’naviy va madaniy rivojlanish darajalarini oshirish, ijodiy potensialini ko‘tarish, zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish» nomli bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining 2016 yil 27 sentyabrdagi 11-09/26 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi joylarda oila ma’naviyatini yuksaltirish, onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi tushuntirish ishlarini samarali olib borish imkonini bergan;

mul`tidissiplinar nazariy yondashuvlar va empirik tadqiqotlar uyg‘unligida «zamonaviy yosh oila» modeli ishlab chiqilgan, uning global va lokal  xususiyatlarining o‘zaro aloqadorligiga hamda Qoraqalpog‘istonda yosh oilalar barqarorligini ta’minlovchi institutsional komponentlar, mexanizmlarni takomillashtirish uchun davlat va jamiyat institutlarining kompensatorlik vazifasini kuchaytirishga oid tavsiyalardan 2016 yilda chop etilgan «Sotsiologiyaning nazariy-metodogik muammolari” nomli o‘quv qo‘llanmaning «Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi” mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 89-03-4195-son ma’lumotnomasi). Ilgari surilgan ilmiy xulosalar O‘zbekistonda yosh oilalarning barqarorligini ta’minlashda hamda o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;

Qoraqalpog‘istonda yosh oilalar barqarorligini ta’minlovchi institutsional komponentlar, mexanizmlarni takomillashtirish uchun davlat va jamiyat institutlarining kompensatorlik vazifasini kuchaytirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlarni turmushga tayyorlash, erta nigohning salbiy oqibatlari, reprotuktiv salomatlik masalalari buyicha bilim darajasi va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan  «Ma’naviyat oiladan boshlanadi», «Oilaviy tarbiya: tajriba va kelgusi vazifalar», «Oila jamiyatning muhim bug‘ini» mavzusidagi semenarlarni o‘tkazishda foydalanilgan. Shuningdek, ushbu xulosalardan markazni ishlar rejasining «Oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va oilalar ma’naviyatini oshirish» nomli bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 12 fevraldagi 154-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarining qo‘llanilishi yosh er-xotinlar o‘rtasida uchrab turadigan har xil ziddiyatlarni aniqlash, o‘rganish, tahlil etish va oldini olishda, yosh oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishda hamda jamiyatda oilaviy ajrimlar soni kamayishiga erishishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish