Aslanov Valijon Gaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishining diagnostikasi va jarrohlik davolash jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5224.
Ilmiy rahbar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc). Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi bo‘lgan bemorlarda tashxislash va kompleks jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘ida qayta va travmatik jarrohlik aralashuvlari, etiologik omil sifatida parezga qarshi chora-tadbirlarni to‘liq bajarmaslik, yot jismlarning uzoq muddat qolishi asosiy prediktorlar ekanligi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishida chandiqli jarayonning og‘irligi, ichak nekrozining mavjudligi, peritoneal ekssudatning tabiati va ingichka ichak devorida mikrotsirkulyasiya buzilishining yetakchi komponenti sifatida oksidant stress darajasini hisobga olgan holda laparoskopik va videoassistirlangan jarrohlik davolash usulini tanlashning diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor lipidlarni perekisdlanish mahsulotlari, sitokinlar statusi va qondagi serotonin etishmovchiligi darajasidagi o‘zgarishlarning ifodalanishi bilan bitishma kasalligi va o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi patogenezi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishini davolashda antioksidant va antigipoksant terapiya bilan birgalikda laparoskopik va videoassistirlangan adgezioenterolizisdan ustuvor foydalanish samaradorligi operatsiyadan keyingi yaqin davrda asoratlarni 4 martagacha va qaytalanishlarni 2 martagacha kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishining diagnostikasi va jarrohlik davolash jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.07.2025 y. 21/28-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ida qayta va travmatik jarrohlik aralashuvlari, etiologik omil sifatida parezga qarshi chora-tadbirlarni to‘liq bajarmaslik, yot jismlarning uzoq muddat qolishi asosiy prediktorlar ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali (14.03.2025 y. 47-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi rivojlanishiga ta’sir etuvchi prediktorlar klinik amaliyot uchun aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 9-11 kun uchun byudjet mablag‘laridan 2155450 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1075400 so‘m sarflanadi. Xulosa: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi rivojlanishining asosiy prediktorlari sifatida ilgari o‘tkazilgan (40,9%), qayta (20,9%) va travmatik xarakterga ega bo‘lgan jarrohlik aralashuvlari, shuningdek qorin va kichik taz organlari patologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalardan so‘ng etarli darajada tozalanish amalga oshirilmagan holatlar (17,2%) va qorin bo‘shlig‘ining uzoq muddatli drenajlanishi (24,5%) hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishida chandiqli jarayonning og‘irligi, ichak nekrozining mavjudligi, peritoneal ekssudatning tabiati va ingichka ichak devorida mikrotsirkulyasiya buzilishining yetakchi komponenti sifatida oksidant stress darajasini hisobga olgan holda laparoskopik va videoassistirlangan jarrohlik davolash usulini tanlashning diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali (14.03.2025 y. 47-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi tashxisini erta va aniq qo‘yishga, tashxisdagi xatolar sonini kamaytirishga hamda ratsional davolash taktikasi aniqlanishiga yordam beradigan diagnostika algoritmi amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ratsional davolash taktikasi aniqlanishiga yordam beradigan diagnostika algoritmi samaradorligi ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9456420 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi tashxisi kompleks yondashuvni talab qiladi va u ishlab chiqilgan diagnostik algoritm asosida amalga oshirilishi lozim. Ushbu algoritm zamonaviy nurli tekshiruv usullari hamda laparoskopiyani o‘z ichiga oladi, ular yuqori informativlikka ega bo‘lgan diagnostika vositalari hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor lipidlarni perekisdlanish mahsulotlari, sitokinlar statusi va qondagi serotonin etishmovchiligi darajasidagi o‘zgarishlarning ifodalanishi bilan bitishma kasalligi va o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi patogenezi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali (14.03.2025 y. 47-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi rivojlanishining patogenetik konsepsiyasi ishlab chiqildi va taklif etildi, bu esa patogenetik davolash usulini qo‘llash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 20% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: oksidant stress (lipidlarni peroksidlanish mahsulotlarining oshishi: DK – 1,21±0,16 shartli birlik, MDA – 3,85±0,31 mmol`/mg; antioksidant himoyaning pasayishi: SOD – 4,26±0,34 shartli birlik) hamda sitokin statucining faollashishi (qondagi sitokinlar miqdorining ortishi: IL-6 – 5,23±0,21 pg/ml, FNOα – 35,1±3,11 pg/ml) ichak parezi rivojlanishi, bitishma shakllanishining kuchayishi va o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi rivojlanishining asosiy patogenetik omillari hisoblanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishini davolashda antioksidant va antigipoksant terapiya bilan birgalikda laparoskopik va videoassistirlangan adgezioenterolizisdan ustuvor foydalanish samaradorligi operatsiyadan keyingi yaqin davrda asoratlarni 4 martagacha va qaytalanishlarni 2 martagacha kamayishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyat filiali (14.03.2025 y. 47-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi bo‘lgan har bir bemorda individual holatga qarab qo‘llaniladigan differensiallashtirilgan jarrohlik taktikasi taklif etildi, bu operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik va laparoskopik-assistensiya qilingan adgezioenterolizis usuli ustuvor bo‘lgan holda qo‘llaniladigan differensiallashtirilgan jarrohlik taktikasini qo‘llash, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 12456500 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: laparoskopik (64,3%) va laparoskopik-assistensiya qilingan (23,2%) jarrohlik aralashuvi turini tanlash har bir bemor uchun individual tarzda amalga oshiriladi. U bitishma jarayonining tarqalishi darajasi, ingichka ichak nekrozining mavjudligi yoki mavjud emasligi, qorin bo‘shlig‘idagi ekssudat tabiati, bemorning umumiy holati (ASA shkalasi bo‘yicha) va ingichka ichak halqalarining to‘liq (>4 sm) kengayishining mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq. Shuningdek, qorin bo‘shlig‘ini teshish uchun “akustik oyna” mavjudligini ham hisobga olish lozim. Ishlab chiqilgan jarrohlik aralashuv usullari, shuningdek, sitokinga qarshi, antioksidant, antigipoksant va serotonin terapiyalarini o‘z ichiga olgan differensiallashtirilgan jarrohlik taktikasi qo‘llanilishi natijasida, asosiy guruh bemorlarida erta operatsiyadan keyingi qorin bo‘shlig‘i va yara asoratlari chastotasi 12,0% gacha kamaytirildi (nazorat guruhida – 23,3%), uzoq muddatli operatsiyadan keyingi asoratlar esa 4,6% gacha kamaydi (nazorat guruhida – 16,3%).