Elmuradova Surayyo Abdijalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy ta’lim madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal818 
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ta’lim madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyat va ta’lim o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik asosida vorisiylik, kogerentlik, integrallashuv, tizimlilik kabi prinsiplarning rivojlanish dinamikasi ta’lim madaniyati mazmunini falsafiy-reproduktiv tizim sifatida boyitishi, barqaror rivojlanishni ta’minlashi, “uzlyuksizlik – izchillik – yaratuvchanlik”ni uyg‘unlashtirishi, insonni ijodiy subektga aylantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
ta’lim madaniyatining ijtimoiy-ma’naviy tizimning dinamik modeli sifatidagi maqsad (insonni komillikka etaklovchi g‘oyaviy yo‘nalish), qadriyat (madaniy meros va axloqiy meyorlar tashuvchisi), salohiyat (intellektual va ma’naviy resurslarini faollashtiruvchi kuch), hamkorlik (muloqot va o‘zaro ta’sirni yo‘lga qo‘yuvchi shakl) kabi komponentlari madaniyat orqali ta’lim, ta’lim orqali madaniyat” konsepsiyasi asosida jamiyat taraqqiyotining ma’naviy harakatlantiruvchi kuchi (taraqqiyot motivi) ekanligi dalillangan;
ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatida shaxsiy ekzistensial (shaxs sifatida shakllanish, o‘zligini anglash ehtiyoji va ichki mas’uliyat), pozitiv (ijodkorlik va ishonch) va aksiologik (qadriyatlar ustuvorligi, madaniyatni ma’naviy meyorlar asosida rivojlantirish) yondashuvlarga amal qilish ta’lim madaniyatining konstruktiv potensialini (insonni o‘zligini anglash, ijtimoiy faollik va ma’naviy etuklik) oshirishi aniqlashtirilgan; 
ta’lim madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy va konstruktiv jihatlariga oid kreativ (ta’lim jarayonining ijodiy mohiyati, tafakkur yangilanishi va erkin fikrlashga yo‘naltiruvchi imkoniyatlari), innovatsion (ta’lim madaniyatining zamonaviy texnologiyalar, yangi metodlar va raqamli jamiyat muhitida rivojlanish yo‘nalishlari) hamda informatsion (bilimlar almashinuvi, axborot oqimi va intellektual faoliyatni boshqaruvchi mexanizmlar) mezonlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
madaniyat va ta’lim o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik asosida vorisiylik, kogerentlik, integrallashuv, tizimlilik kabi prinsiplarning rivojlanish dinamikasi ta’lim madaniyati mazmunini falsafiy-reproduktiv tizim sifatida boyitishi, barqaror rivojlanishni ta’minlashi, “uzlyuksizlik – izchillik – yaratuvchanlik”ni uyg‘unlashtirishi, insonni ijodiy subektga aylantirishga oid ilmiy xulosalar va yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007-raqam “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 16-iyundagi 04/11–3760-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasini yanada takomillashtirishga, mamlakatimizda ta’lim madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
ta’lim madaniyatining ijtimoiy-ma’naviy tizimning dinamik modeli sifatidagi maqsad (insonni komillikka etaklovchi g‘oyaviy yo‘nalish), qadriyat (madaniy meros va axloqiy meyorlar tashuvchisi), salohiyat (intellektual va ma’naviy resurslarini faollashtiruvchi kuch), hamkorlik (muloqot va o‘zaro ta’sirni yo‘lga qo‘yuvchi shakl) kabi komponentlari madaniyat orqali ta’lim, ta’lim orqali madaniyat” konsepsiyasi asosida jamiyat taraqqiyotining ma’naviy harakatlantiruvchi kuchi (taraqqiyot motivi) ekanligiga doir metodologik g‘oyalar va yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” chora-tadbirlar dasturining VII “Milliy tarbiya an’analari, vositalarini, shakllarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajribalar, to‘plangan tarbiyaviy meros asosida “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 13-dekabrdagi 02-22/1423-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kun yoshlarini millat, uning tarixga bo‘lgan munosabatini faktik materiallar bilan yoritish hamda madaniyatning ta’lim g‘oyalari tizimidagi mavqei va o‘rnini analitik tahlil qilishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatida shaxsiy ekzistensial (shaxs sifatida shakllanish, o‘zligini anglash ehtiyoji va ichki mas’uliyat), pozitiv (ijodkorlik va ishonch) va aksiologik (qadriyatlar ustuvorligi, madaniyatni ma’naviy meyorlar asosida rivojlantirish) yondashuvlarga amal qilish ta’lim madaniyatining konstruktiv potensialini (insonni o‘zligini anglash, ijtimoiy faollik va ma’naviy etuklik) oshirishiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan ERASMUS+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan amaliy vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 8-avgustdagi 99/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga, zamonaviy ta’lim madaniyatini shakllantirishga oid takliflar ishlab chiqishga, ta’lim jarayonini innovatsion g‘oyalar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim madaniyatini yuksaltirishning tizimli-institutsional (ta’limning g‘oyaviy-aksiologik asoslarini muvofiqlashtirish, ta’lim siyosatini madaniyat va ma’naviyat dasturlari bilan integratsiya qilish), innovatsion-pedagogik (kreativ kompetensiyalarni shakllantirish, ta’limni shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil etish), ma’naviy-axloqiy (ta’lim dasturlarida ma’naviy qadriyatlar va madaniy merosni singdiruvchi modullar, madaniy refleksiya va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish) mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil efirga uzatilgan “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvining dastur senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-iyuldagi 01-07/249-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni innovatson shaxs sifatida shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning jadallashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish