Eshpulatova Matluba Boymuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kaliy va magniy sul`fatlari asosida suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5242.
Ilmiy rahbar: Ergashev Dilmurod Adiljonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Umirov Farxod Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy sul`fati, magniy sul`fati eritmalariga ammoniy nitrat, fiziologik faol moddalar, makro va mikroelementlarni kiritib, murakkab tarkibli kompleks ta’sirga ega bo‘lgan suyuq o‘g‘itlarni fizik-kimyoviy xossalarini va olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kaliy sul`fat - suv va magniy sul`fat - suv binar sistemalari vizual politermik usulda eruvchanligi tuzuldi va mavjud binar sistemalar bilan taqqoslanib adabiyotga mos kelishi aniqlangan;
sul`fat, sirka, nitrat kislotalarni monoetanolamin bilan 1:1 nisbatda ta’sirlashtirib H2SO4∙NH2C2H4OH, SH3SOON∙NH2C2H4OH, HNO3∙NH2C2H4OH tarkibli fiziologik faol moddalar sintez qilingan va ularning individualligi fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan;
sul`fat, sirka, nitrat kislotalarning monoetanolaminli birikmalari, kaliy sul`fati, magniy sul`fati, ammoniy nitrati, amomoniy molibdat, mis sul`fat, mis va kobol`t nitrat tuzlari ishtirokida 3 turda murakkab suvli sistemalardagi politermik eruvchanlik va “tarkib-xossa” diagrammalari qurilgan;
kaliy sul`fat, magniy sul`fat, sul`fat, sirka, nitrat kislotalarning monoetanolammoniyli birikmalari, ammoniy molibdat, mis sul`fat, mis va kobol`t nitrat tuzlari asosida yangi 5 turdagi kompleks ta’sir etuvchi murakkab tarkibli o‘g‘itlarni texnologik ko‘rsatgichlari aniqlangan va olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yangi turdagi murakkab tarkibli kompleks ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘itlarning ekologo-toksikologik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tarkibida kaliy, magniy, ammoniy nitrati, sul`fat, sirka, nitrat monoetanolammoniyli birikmalar, ammoniy molibdat, mis sul`fat, mis, kobol`t nitrat tuzlari asosida samarali, kompleks ta’sir etuvchi murakab tarkibli suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida mis nitrat, ammoniy nitrat, kaliy sul`fat va fiziologik faol modda atsetat manoetanolammoniylar asosida kompleks ta’sirga ega murakkab tarkibli suyuq o‘g‘it olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 25 fevraldagi 8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan kompleks suyuq o‘g‘it paxta hosilini 2,5-4,0 s/ga oshirish imkonini beradi;
tarkibida kobol`t nitrat, ammoniy nitrat, kaliy sul`fat va fiziologik faol modda atsetat manoetanolammoniylar asosida kompleks ta’sirga ega murakkab tarkibli suyuq o‘g‘it olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 25 fevraldagi 8-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘it KAS o‘g‘itiga nisbatan g‘o‘zada 2,5-3 s/ga, bug‘doyda 3 s/ga, pomidor va karamda 2-3 s/ga hosildorlikni oshirish imkonini beradi.