Jiyanov Oxunjon Mirzaxmad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi qo‘l jangichilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyati”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4624.
Ilmiy rahbar: Tojiev Muzafarjon Akbarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Arzikulov Mukum Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10–12 yoshli qo‘l jangchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10–12 yoshli qo‘l jangchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalari va makrotsikl vazifalarini uyg‘un tarzda hal etish maqsadida tayyorlov davriga mo‘ljallangan ikki siklli mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini rejalashtirish uslubiyati takomillashtirilgan;
umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi jismoniy yuklamalarni qo‘llash uslubiyatini takomillashtirish maqsadida kurash, gimnastika, engil atletika texnik elementlarini integratsiyalash uchun mashqlar ta’sir yo‘nalishi, intensivlik zonalari va kuchlanish davomiyligini, 10-12 yoshli qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilar individul imkoniyatlarini aniqlash va me’yorlashtirish hisobiga sport turiga xos jismoniy sifatlarni rivojlantirish imoniyatlari kengaytirilgan;
10-12 yoshli qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning qo‘l bilan to‘g‘ridan, oyoq bilan yondan zarba berish texnik usullarining aniqligi, tezligi va kuchiga tegishli ko‘nikmalarni shakillantirishga qaratilgan “tezkor musht”, “kuchli elka”, “kutilmagan zarba”, “nishonga zarba”, “aniq qadam”, “oyoq zarbasi tezligi” maxsus mashqlarni qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligi va funksional imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida, mashg‘ulotlar yakuniy qismida qo‘llashga mo‘ljallangan, o‘rta va kichik intensivlikdagi yuklamalardan tuzilgan “jangavor qadam”, “jang maydoni uchligi”, “raqibni to‘xtat”, “1-2-3-4 o‘yini” harakatli o‘yinlar kompleksini ishlab chiqish hisobiga yosh sportchilarning tiklanish jarayoni samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlangich tayyorgarlik bosqichidagi 10-12 yoshli qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 10–12 yoshli qo‘l jangchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalari va makrotsikl vazifalarini uyg‘un tarzda hal etish maqsadida tayyorlov davriga mo‘ljallangan ikki siklli mashg‘ulot dasturini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Yakka-kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 03-16/10679-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarligi 17,7 % ga o‘sishiga erishilgan;
umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi jismoniy yuklamalarni qo‘llash uslubiyatini takomillashtirish maqsadida kurash, gimnastika, engil atletika texnik elementlarini integratsiyalash uchun mashqlar ta’sir yo‘nalishi, intensivlik zonalari va kuchlanish davomiyligini, 10-12 yoshli qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilar individul imkoniyatlarini aniqlash va me’yorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Yakka-kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchi 10-12 yoshli bolalarning mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 03-01/04/20/6-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh qo‘l jangichilarining umumiy jismoniy tayyorgarligi 16,7 % ga o‘sgan;
10-12 yoshli qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning qo‘l bilan to‘g‘ridan, oyoq bilan yondan zarba berish texnik usullarining aniqligi, tezligi va kuchiga tegishli ko‘nikmalarni shakillantirishga qaratilgan “tezkor musht”, “kuchli elka”, “kutilmagan zarba”, “nishonga zarba”, “aniq qadam”, “oyoq zarbasi tezligi” maxsus mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qo‘l jangi federatsiyasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 03-16/10679-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh qo‘l jangichilarning texnik tayyorgarligi 18,2 % o‘sgan;
qo‘l jangi bilan shug‘ullanuvchilarning salomatligi va funksional imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida, mashg‘ulotlar yakuniy qismida qo‘llashga mo‘ljallangan, o‘rta va kichik intensivlikdagi yuklamalardan tuzilgan “jangavor qadam”, “jang maydoni uchligi”, “raqibni to‘xtat”, “1-2-3-4 o‘yini” harakatli o‘yinlar kompleksini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar (№007943) “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh qo‘l jangichilar uchun o‘quv-mashg‘ulot dasturi”ga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligining 2024-yil 3-yanvardagi 03-01/04/20/6-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yakka-kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanuvchi bolalarning mashg‘ulotlarida tiklanishiga tegishli pedagogik vositalarni qo‘llash uslubiyatini ilmiy-amaliy jihatdan boyitilib, morfo-funksional ko‘rsatkichlarini 12,3 % ga o‘sishiga erishilgan.