Saliaxunova Xurshidaxon Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rinosinusitlar va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida komorbidlik: klinik kechishi va davolashning o‘ziga xosligi» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Tib1869.
Ilmiy rahbar: Shayxova Xalida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01. 
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Djagangir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: rinosinusitlar va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligining patogenetik omillarini aniqlash asosida kasallikning prognozini optimallashtirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rinosinusitlarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini uchrash chastotasi, asosiy sabablari, komorbidlikning klinik kechish xususiyatlari hamda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligiga shubha va/yoki ushbu kasallik mavjudligini qiyoslashga imkon beruvchi “chorraha simptomlari” aniqlangan;
ilk bor sitokin profili, endogen intoksikatsiya va lipoperoksidatsiya darajasini baholash asosida rinosinusitlarning o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligida jigarning funksional va poliorgan disfunksiyaning rivojlanishi xavfi mavjudligi isbotlangan;
rinosinusitlarni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligida burun yondosh bo‘shliqlarining holatini va bemorlarning hayot sifatini baholash usuli ishlab chiqilgan;
rinosinusitlarni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligini davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga (05/84-son bilan ro‘yhatga olingan) asosan:
birinchi ilmiy yangilik: rinosinusitlarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining uchrash chastotasi, asosiy sabablari, komorbidlikning klinik kechish xususiyatlari hamda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligiga shubha va/yoki ushbu kasallik mavjudligini qiyoslashga imkon beruvchi “chorraha simptomlari” aniqlangan. Mazkur ilmiy yangilik rinosinusitlarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining uchrash chastotasi 36% ni, jumladan o‘tkir rinosinusitlarda 13,5%ni va surunkali rinosinusitlarda esa – 22,5% ni tashkil etishi, chekish bilan bir qatorda O‘SOK rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omillari bu tutun bilan bog‘liq ekzogen omillar bilan kundalik aloqada bo‘lish, ya’ni o‘tkir rinosinusitlarda o‘tin bilan 29,2%, ko‘mir bilan  27,8%, aralash foydalanganda 15,3%, surunkali rinosinusitlarda esa mos ravishda – 33%, 22,6% va 16,1% tashkil etishi bilan tavsiflanadi. Amaliyotga joriy qilinishi: Andijon (16.04.2024 yildagi №45-sonli buyruq), Namangan (15.04.2024 yildagi №96-sonli buyruq) va Farg‘ona (05.03.2024 yildagi №31A-sonli buyruq) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/84-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rinosinusitlarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining rivojlanishiga tamaki chekish bilan bir qatorda tutun bilan bog‘liq ekzogen xavf omillarni bartaraf etish komorbid kasallikka shubha va/yoki mavjudligini qiyoslashga imkon beruvchi “chorraha simptomlari”ning chastotasini kamayishiga  imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonada davolanishi (dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar) uchun jami 528500 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 1057000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi bilan xasta bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=64) 67648000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: rinosinusitlarni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligida qonda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning faolligini (IL-4 – 4,6  marta, IL-6 – 3 marta, IL-8 – 2,8 marta va  IL-10 –  4 marta) va endogen intoksikatsiya markerlari (LII –6,7 marta; EII –2,4 marta kamaygan; O‘MM –2,6 marta kamaygan, SIK – 2,5 marta ko‘tarilgan) darajasini ortishi, lipoperoksidatsiya mahsulotlarining (MDA – 3,6 marta; DK – 2,0 marta) ortiqcha to‘planishi bilan organizmda tizimli yallig‘lanish rivojlanishi, jigarning  detoksikatsiya va antioksidant faoliyatini pasayishi bilan ifodalanib, bu o‘z navbatida poliorgan disfunksiya rivojlanishi xavfini oshirishi va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi esa ushbu xavfni yanada kuchaytirishi bilan tavsiflanadi. Sitokin profili, endogen intoksikatsiya va lipoperoksidatsiya darajasini baholash asosida rinosinusitlarning o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligida jigarning funksional va ko‘p a’zolar disfunksiyasi rivojlanishi xavfining ortishi ilk bor isbotlangan. Amaliyotga joriy qilinishi: Andijon (16.04.2024 yildagi №45-sonli buyruq), Namangan (15.04.2024 yildagi №96-sonli buyruq) va Farg‘ona (05.03.2024 yildagi №31A-sonli buyruq) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/84-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rinosinusitlar bilan xasta bemorlarda qondagi sitokinlar (IL-4, IL-6, IL-8 va IL-10) faolligini va endogen intoksikatsiya markerlari (LII, EII, O‘MM, SIK) darajasini, lipoperoksidatsiya mahsulotlarining (MDA, DK) ortiqcha to‘planishini baholash organizmda tizimli yallig‘lanish rivojlanishini, jigarning detoksikatsion va antioksidant faoliyati pasayishini, o‘z navbatida poliorgan disfunksiya rivojlanishi xavfini erta korreksiya qilishga, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligida esa ushbu xavfni oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi bilan og‘rigan 1 nafar bemorning shifoxonadagi tibbiy tekshiruvlariga jami 440000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 880000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi bilan xasta bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=64) 56320000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishi ta’minlanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir va surunkali rinosinusitlarni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligida bemorlar shifoxonaga kelgan kunida 50% va 33% hollarda hayot sifatini “o‘rta” darajaga, komorbidlik mavjud bo‘lmagan bemorlarda esa mos ravishda 42% va 40% “past” darajaga ega hayot sifati tasdiqlandi, bu esa komorbidlik bemorlarning “hayot sifati”ga kuchli ta’sir etganligini bilan tavsiflanadi. O‘SOK komorbidligi bo‘lgan o‘tkir rinosinusit bilan og‘rigan bemorlar shifoxonaga kelganda SOFA shkalasi bo‘yicha ko‘p a’zolar etishmovchilikning og‘irlik darajasi o‘rtacha 6,7±0,3 va 6,8±0,2 ballni hamda O‘SOK bilan surunkali rinosinusitli bemorlarda 6,9±0,3 va 7,1±0,4 ballni tashkil etgan, bu 38% bemorlarda poliorgan disfunksiya rivojlanishi xavfini ko‘rsatdi. Bemorlarning hayot sifatini har tomonlama baholash uchun "O‘SOK bilan komorbid rinosinusitlarda burun yondosh bo‘shliqlari holatini va hayot sifatini baholash usuli" ishlab chiqilgan. Amaliyotga joriy qilinishi: Andijon (16.04.2024 yildagi №45-sonli buyruq), Namangan (15.04.2024 yildagi №96-sonli buyruq) va Farg‘ona (05.03.2024 yildagi №31A-sonli buyruq) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/84-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Shifoxonaga kelgan paytda va davolash jarayoni davrida komorbid bemorlarda a’zolar va tizimlar zararlanishini erta aniqlash rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi mavjud bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirish va kasallik oqibatlarini prognoz qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan baholash usulidan foydalanish rinosinusit va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligi bilan og‘rigan bemorlarda asosiy hamda komorbid xastalikning 1 yil davomida qo‘zg‘alishi va/yoki qaytalanishini hamda asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 528500 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 528500 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan baholash usulidan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu baholash qo‘llanilgan 64 nafar bemorlarda 1 kun uchun 33824000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: «Rinosinusitlarni o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan komorbidligini davolash usuli» ishlab chiqilgan (Foydali model patenti №FAP 2405, 30.01.2024 y). Tavsiya etilgan davolash usuli erta muddatlarda endogen intoksikatsiya va lipoperoksidatsiya sindromini samarali korreksiyalashga, bemorlarda «chorraha simptomlari»ni bartaraf etishga, jigarning funksional holatini yaxshilash bilan organizmda poliorgan disfunksiya rivojlanish xavfini oldini olishga imkon berishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqilgan davolash usuli ta’siri ostida O‘SOK bilan komorbid o‘tkir rinosinusitli bemorlarni shifoxonadan chiqarilish kunida “Past” darajadagi “hayot sifati”ning 50% ga yaxshilanishi qayd etildi, standart davolash fonida bu darajadagi ijobiy farq 34% ni, surunkali rinosinusitli bemorlarda bu farq mos ravishda 30% va 35% ni tashkil etgan xolda hayot sifatining "juda past" darajasidan ijobiy darajaga chiqishiga erishildi, 1 yildan keyingi kuzatuv natijasiga ko‘ra ijobiy farq mos ravishda 17% va 20% tashkil etdi. Mazkur yangilik Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-27u-son bilan tasdiqlangan “Rinosinusitlar bilan o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligini davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Amaliyotga joriy qilinishi: Andijon (16.04.2024 yildagi №45-sonli buyruq), Namangan (15.04.2024 yildagi №96-sonli buyruq) va Farg‘ona (05.03.2024 yildagi №31A-sonli buyruq) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/84-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rinosinusitlar bilan o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi komorbidligida tavsiya etilgan davolash usulidan foydalanish asosiy va komorbid kasallikning qo‘zg‘alish chastotasini kamayishiga, bemorlarning erta va uzoq kuzatish davrida hayot sifatini “past” darajadan “yuqori” darajaga o‘tishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan usul bo‘yicha «xarajatlar/samaradorlik» koeffisienti 4 million 26 ming 983 so‘mni tashkil etadi, ya’ni standart terapiyaga nisbatan klinik va iqtisodiy jihatdan 35,4% ga yuqori samaradorlikka (2 million 210 ming 659 so‘m. 40 tiyin) erishishga imkon beradi. Xulosa: Tavsiya etilgan davolash usulidan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu davolash usuli qo‘llanilgan 64 nafar bemorlarda statsionar davolanish uchun 141482201,6 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish