Sapaev Duschan Shuxratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘rsimon protezlar uchun ko‘p funksiyali qoplama yaratishning texnologik jihatlarini takomillashtirish va uning allogernioplastikada samaradorligini klinik-eksperimental baholash», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib923.
Ilmiy maslahatchi: Sadikov Rustam Abrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmanov Qosim Erdanovch, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazarov Shoxin Kuvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
operatsiyan keyingi ventral churralarda allogernioplastika natijalarini mahalliy to‘rsimon implantatning modifikatsiyalangan shaklini ishlab chiqish va klinik-eksperimental asoslash yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan implantatning fizik-kimyoviy xususiyatlari, shu bilan birga ma’lum vaqt ichida biodegradatsiya, to‘qimalarga to‘r adgeziyasining kuchayishi, gemostatik va mikroblarga qarshi samaradorlikning mavjudligi, shuningdek neytral pH jarohatdagi aseptik yallig‘lanish jarayonlarining faolligini pasaytirishidek kompozit qoplamaning asosiy afzalliklari aniqlangan;
ishlab chiqilgan kompozitsion material protezni yara yuzasiga mahkamlash kuchining etarli ko‘rsatkichi bilan tavsiflanganligi, shu bilan birga qoplama tarkibidagi biopolimerlar suyuqlik komponentining mahalliy rezorbsiyasini, javob reaksiyasining pasayishini va katta elastiklikni ta’minlashi aniqlangan;
gemo-va limfostatik, shuningdek reparativ xususiyatlar bilan birgalikda bioinertlik tufayli ventral churralarda allogernioplastikani o‘tkazish uchun kompozit qoplamali yangi mahalliy protez implantatga mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini rivojlanish xavfini kamaytishi va uning bitib ketish sifatini yaxshilashi isbotlangan;
to‘rsimon protezning kompozit qoplamali kombinatsiyalangan tarkibi hatto Onlay pozisiyada implantatni fiksatsiyasi bilan allogernioplastikasida yot jismga javoban atrofdagi to‘qimalarning ekssudativ namoyon bo‘lishining sezilarli darajada pasayishini ta’minlanishi asoslangan;
churra defektini ishonchli, tarang qilib tortmasdan korreksiyasi, shuningdek qorin bo‘shlig‘i a’zolari va mobilizatsiya qilingan teri osti yog‘ qatlami zonasidan implantatni adekvat izolyasiyasini ta’minlaydigan to‘rsimon protezni fiksatsiyasining kombinatsiyalangan varianti bilan tavsiflanadigan qorin old devori churralarining korreksiyalovchi alloplastika usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘rsimon protezlar uchun ko‘p funksiyali qoplama yaratishning texnologik jihatlarini takomillashtirish va uning allogernioplastikada samaradorligini klinik-eksperimental baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 22.05.2025 y. 18/37-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan implantatning fizik-kimyoviy xususiyatlari, shu bilan birga ma’lum vaqt ichida biodegradatsiya, to‘qimalarga to‘r adgeziyasining kuchayishi, gemostatik va mikroblarga qarshi samaradorlikning mavjudligi, shuningdek neytral pH jarohatdagi aseptik yallig‘lanish jarayonlarining faolligini pasaytirishidek kompozit qoplamaning asosiy afzalliklari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 y. 111-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali 16.10.2024 y. 224-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompozit qoplamali modifikatsiyalangan mahalliy to‘rsimon implantatni qorin old devori churralari allogernioplastikasining turli xil variantlarida uning payvandlanish sifatini oshirishga qaratilgan bayonot qilingan xususiyatlariga mos kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompozit qoplamali modifikatsiyalangan mahalliy to‘rsimon implantatni qorin old devori churralari allogernioplastikasi bilan davolash odatda umumiy o‘rtacha 5-7 kun uchun 5411500 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1146200 so‘m sarflanadi. Xulosa: polikompozit polimer materialidan yaratilgan qoplama ma’lum vaqt ichida biodegradatsiya qilish, to‘rsimon implantatga yangi xususiyatlarni berish qobiliyatiga ega, ya’ni to‘rning to‘qimalarga yopishishini kuchaytiradi, bu esa implantatning to‘qimalar yuzasida qavatlanish va deformatsiyasini sezilarli darajada oldini olishiga, gematoma va seroma to‘planishi profilaktikasi imkoniyati bilan bo‘gliq gemostatik xususiyatlarga, qoplama tarkibiga metilen ko‘kini kiritilishi mikroblarga qarshi ta’sirni ta’minlashga imkon beradi, o‘z navbatida, qoplamaning neytral pH darajasi yaradagi aseptik yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi xavfini kamaytirishga qaratilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan kompozitsion material protezni yara yuzasiga mahkamlash kuchining etarli ko‘rsatkichi bilan tavsiflanganligi, shu bilan birga qoplama tarkibidagi biopolimerlar suyuqlik komponentining mahalliy rezorbsiyasini, javob reaksiyasining pasayishini va katta elastiklikni ta’minlashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 y. 111-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali 16.10.2024 y. 224-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompozit qoplamali to‘rsimon protezini tavsiya etilgan turining bioinertlik, biomoslashuvchan, adgezivlik, mustahkamlik, gemostatik ta’sir ko‘rsatkichlari bo‘yicha tibbiy implantatlarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi, shuningdek tuzilishi va xususiyatlarini buzmasdan sterilizatsiya qilish imkoniyati, shu bilan birga mahalliy xom ashyo mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mahalliy implantat bilan qo‘llanilgan jarrohlik amaliyotida 1 nafar bemor uchun 15x10 smlik ishlatiladigan protez narxi 1125000 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9356350 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, standart polipropilen protezlaridan (Esfil) farqli o‘laroq, kompozit qoplamani ishlab chiqarish hisobiga implantatning modifikatsiyalangan shaklini Onlay pozisiyasida implantatsiya qilish mahalliy yallig‘lanish jarayonlarining faolligini, yaradan yiringli asoratlarni rivojlanish xavfini kamayishini, shuningdek, ortiqcha buklanish va qalinlashuvsiz yumshoqroq, bir xil kapsula hosil bo‘lishi tufayli to‘rning qorin old devoriga yaxshiroq adgeziyasi va bujmayish darajasining pastligi bilan tavsiflanishini ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: gemo-va limfostatik, shuningdek reparativ xususiyatlar bilan birgalikda bioinertlik tufayli ventral churralarda allogernioplastikani o‘tkazish uchun kompozit qoplamali yangi mahalliy protez implantatga mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini rivojlanish xavfini kamaytishi va uning bitib ketish sifatini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 y. 111-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali 16.10.2024 y. 224-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan kompozit qoplamali to‘rni implantatsiya qilish standart polipropilen protezlardan farqli o‘laroq yallig‘lanish jarayonlarining faolligini, yiringli asoratlarning rivojlanish xavfini, shuningdek, ortiqcha qatlama va qalinlashmasdan yumshoq bir xil kapsula hosil bo‘lishi tufayli kamroq bujmayishini ta’minlashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: implant fiksatsiyasi yangi texnikasi bilan qo‘llangan operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: kompozit qoplamali yangi mahalliy to‘rsimon protezining birinchi klinik sinovlari natijalari yaqindagi spetsifik protez asoratlarining rivojlanish chastotasining 34,5% dan 13,4% gacha (p<0,001) pasayishi bilan tavsiflanadi, shu bilan birga, implantatning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yara ekssudativ ko‘rinishlarining faolligi sezilarli darajada pasayishiga, bu yarani drenajlash vaqtini 4,0±1,7 dan 3,1±1,2 (p<0,05) gacha, shuningdek operatsiyadan keyingi gospital bosqichining davomiyligini 8,5±2,2 dan 6,8±1,5 (p<0,05) kungacha qisqartirishga imkon berishi qayd etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘rsimon protezning kompozit qoplamali kombinatsiyalangan tarkibi hatto Onlay pozisiyada implantatni fiksatsiyasi bilan allogernioplastikasida yot jismga javoban atrofdagi to‘qimalarning ekssudativ namoyon bo‘lishining sezilarli darajada pasayishini ta’minlanishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 y. 111-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali 16.10.2024 y. 224-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: allogernioplastikada protezni Onlay holatida fiksatsiyasi bilan tavsiya etilgan to‘r implantatini qo‘llashning asosiy afzalligi klinik ahamiyatga ega bo‘lgan seroma va boshqa ekssudativ asoratlar paydo bo‘lish xavfini, shuningdek, churraning paraprotez retsidiv rivojlanish ehtimolini kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: seroma va boshqa ekssudativ asoratlar paydo bo‘lish xavfini, shuningdek, churraning paraprotez retsidiv rivojlanish ehtimolini kamaytirishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 6315500 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: to‘rsimon protezni Onlay holatda fiksatsiya qilish bilan tiklovchi yoki rekonstruktiv-tiklovchi plastikasida ishlab chiqilgan implantatdan foydalanish erta yara asoratlarining umumiy chastotasini 40,4% dan 18,3% gacha (p=0,004), shu jumladan seroz suyuqlik to‘planish shakllanishini 36,4% dan 16,7% gacha qisqartirishga imkon berdi, ular orasida klinik ahamiyatga ega seromalar taqqoslash guruhida 20,2% va asosiy guruhda 5,0% ni (p=0,015) tashkil etdi, o‘z navbatida, uzoq davrdagi spetsifik asoratlar ulushi 25,3% dan 8,3% gacha (p=0,009) kamaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: churra defektini ishonchli, tarang qilib tortmasdan korreksiyasi, shuningdek qorin bo‘shlig‘i a’zolari va mobilizatsiya qilingan teri osti yog‘ qatlami zonasidan implantatni adekvat izolyasiyasini ta’minlaydigan to‘rsimon protezni fiksatsiyasining kombinatsiyalangan varianti bilan tavsiflanadigan qorin old devori churralarining korreksiyalovchi alloplastika usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.10.2024 y. 111-son buyrug‘i va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali 16.10.2024 y. 224-I-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: katta va gigant ventral churralarda korreksiyalovchi allogernioplastikaning tavsiya etilgan usuli tashrix travmatizmini, shuningdek, kasallikning retsidivini o‘z ichiga oladigan spetsifik protez asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: churra retsidivi uchrash chastotasining kamayishi tufayli umumiy o‘rtacha 4656500 so‘m sarflanadi. Bemorning statsionar sharoitda davolanish muddati 10 kundan 5-7 kungacha qisqarishi tufayli statsionar davolanish muddati kamayib, xar bir bemor uchun pullik xizmatdan 765400 so‘mgacha qisqaradi. Xulosa: mahalliy modifikatsiyalangan to‘rsimon implantatidan foydalanish va begona jismga nisbatan reaksiya rivojlanish xavfini kamaytirish uchun qo‘shimcha texnik jihatlari hisobiga korreksiyalovchi allogernioplastikaning takomillashtirilgan usuli yaqin davrdagi protez asoratlarining rivojlanish chastotasini 20,9% dan 5,4% gacha (p=0,045) va uzoq davrdagini 16,3% dan 2,7% gacha (p=0,044) qisqartirishga imkon berdi, asosiy guruhda esa davom etuvchi yara ekssudatsiyasi (taqqoslash guruhida 4,7%), teri-protez oqmalari (2,3%) va protezning siljishi (2,3%) kabi asoratlarning rivojlanishi qayd etilmagan.