Janonova Sitora Berdinazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (falsafa fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5026
Ilmiy rahbar: Yazdonov Ulug‘bek Toshmurotovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Uroqov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent; Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya integratsiyasini ta’minlashda pedagogik kommunikativ kompetensiyaning konstruktiv ahamiyatini amaliy tatbiq etishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning lingvodidaktik imkoniyatlari aralash ta’lim muhitida kasbiy terminologiya va perseptiv-sensor tajriba faoliyatini immanent muloqot darajasini orttirishga qaratilgan metakognitiv texnologiyalar vositasida integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini falsafiy sotsiometrik rivojlantirish modeli maqsad, tuzilma, funksiyalar komponentlarini shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy aloqalar jarayonida diskursiv nutqiy muloqot, shaxsiy-kommunikativ faollik, hissiy moslashuvchanlik, intellektual topqirlik, kvaziprofessional kasbiy tayyorgarlik aspektlariga adekvat differensiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari kasbiy rivojlanish nuqtalarini refleksiv atributlar, kommunikatsiyaning simpatya va antipatya emotsional aspektlarini sotsiometrik uslubda ochiqlashga yo‘naltirilgan nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari CLT — communicative language teaching, Communicative-active approach asosida aniqlashtirilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini baholash tizimi muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning perseptiv bog‘liqlik, matematik modellashtirish, muhimlilik koeffisientini ochuvchi mezonlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlik omillariga muvofiq takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning kommunikativ kompetentligini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik komponentlarni zamonaviy ta’lim va tarbiya muhitiga joriy etish hamda ular o‘rtasidagi funksional integratsiyani ta’minlovchi ishlab chiqilgan metodik ko‘rsatma va natijalar asosida:
talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning lingvodidaktik imkoniyatlari aralash ta’lim muhitida kasbiy terminologiya va perseptiv-sensor tajriba faoliyatini immanent muloqot darajasini orttirishga qaratilgan metakognitiv texnologiyalar vositasida integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti J.O‘rinboev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti J.O‘rinboev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 11-sentyabrdagi 345-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ kompetentligini oshiruvchi metodik dasturlar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini falsafiy sotsiometrik rivojlantirish modeli maqsad, tuzilma, funksiyalar komponentlarini shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy aloqalar jarayonida diskursiv nutqiy muloqot, shaxsiy-kommunikativ faollik, hissiy moslashuvchanlik, intellektual topqirlik, kvaziprofessional kasbiy tayyorgarlik aspektlariga adekvat differensiyalashtirish asosida takomillashtirishga doir xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 24-avgustdagi 01-44-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda kommunikatsiyaning jamiyatimizdagi o‘rni va psixologik holatlarni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni samarali boshqarish kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari kasbiy rivojlanish nuqtalarini refleksiv atributlar, kommunikatsiyaning simpatya va antipatya emotsional aspektlarini sotsiometrik uslubda ochiqlashga yo‘naltirilgan nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari CLT — communicative language teaching, Communicative-active approach asosida aniqlashtirishga oid ilmiy xulosalar, taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 2-maydagi 908/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro ta’lim standartlariga mos ta'lim jarayonlarini modellashtirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, o‘quv dargohlarida sifat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalar kommunikativ kompetentligini baholash tizimi muloqot jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning perseptiv bog‘liqlik, matematik modellashtirish, muhimlilik koeffisientini ochuvchi mezonlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlik omillariga muvofiq takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti J.O‘rinboev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-092997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti J.O‘rinboev nomidagi Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 11-sentyabrdagi 345-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash metodikasini ishlab chiqishda, hamda ularni kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda xizmat qilgan.