Umarova Feruzabonu Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8803
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Hoshimjonovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.l87.01 raqmli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Adizov Baxtiyor Raxmanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv tamoyillari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishning ilmiy jihatdan asoslangan mexanizmlari hamda amaliy tavsiyalarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishning tarkibiy strukturasi aksiologik, texnologik, shaxsiy – ijodiy xususiyatlarini tarixiy-genetik, konstruktiv – prognostik, analitik – refleksiv loyihalash va milliy, etnik qadriyat tendensiyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish texnikasi strategik, texnologik, metodologik bosqichlarni kasbiy madaniyat traektoriyasiga identifikasiyalash, kasbiy professionallik mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli global rivojlanish tendensiyalariga muvofiq kasbiy etiket, pedagogik imij, pedagogik takt, nutq madaniyatini madaniyatlararo kasbiy professionalizm, ambivalent diagnostik tizim asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlanganlik darajasini baholash tizimi axborot – bilim maydonini maqsadli loyihalash, shaxsga yo‘nalganlik, uzlyuksizlik, insonparvarlik, subektivlik, hamkorlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlar bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va ilmiy – metodik tavsiyalar asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishning tarkibiy strukturasi aksiologik, texnologik, shaxsiy – ijodiy xususiyatlarini tarixiy-genetik, konstruktiv – prognostik, analitik – refleksiv loyihalash va milliy, etnik qadriyat tendensiyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 26-martdagi 04/41-4107-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik madaniyatini rivojlantirishga doir topshiriqlarni loyihalashda milliy tajribadan foydalanish malakasini shakllantirishga xizmat qilgan.
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish texnikasi strategik, texnologik, metodologik bosqichlarni kasbiy madaniyat traektoriyasiga identifikasiyalash, kasbiy professionallik mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va ilmiy-metodik tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yildagi 136-sonli buyrugʻi, № 720665 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishni trening dasturi bo‘yicha takomillashtirishga doir ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli global rivojlanish tendensiyalariga muvofiq kasbiy etiket, pedagogik imij, pedagogik takt, nutq madaniyatini madaniyatlararo kasbiy professionalizm, ambivalent diagnostik tizim asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirildi (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yildagi 136-sonli buyrugʻi, № 720665 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirishda kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlanganlik darajasini baholash tizimi axborot – bilim maydonini maqsadli loyihalash, shaxsga yo‘nalganlik, uzlyuksizlik, insonparvarlik, subektivlik, hamkorlik tamoyillari asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan tajriba – sinov ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi 16-aprel 2025-yildagi 02/01-01-139-son ma’lumotnomasi). Natijada kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmlariga doir ta’lim mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;