Mo‘minova Gulnoraxon Ibroximjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matnlardan foydalanish texnologiyalari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya metodikasi va nazariyasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped 5099.
Ilmiy rahbar: Kaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Talabalarning ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matnlardan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matnlardan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinib, motivatsiya, e’tibor, xotira shuningdek, talaba avtonomiyasi va egalik hissi kabi pedagogik omillari ta’limning kontekstual sharoitlari hamda input strategiyalarining nazriy bosqichlari asosida aniqlashtirilgan;
komikslardan foydalanishning “Comics series box” texnologiyasi autentiklikni saqlash, til bilish darajasiga muvofiqlik, mavzuiy moslik, integrativlik va narrativ kohezsiya mezonlari asosida takomillashtirilib, komiks epizodlari bo‘yicha leksik birliklarning taqsimoti autentik til materiallarini adaptatsiya va loyihalashning operatsion mezonlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda didaktik validlik, kommunikativ yo‘naltirilganlik, individual differensiallash va kognitiv moslashuv tamoyillariga asoslangan modelining tarkibiy elementlarini o‘zaro identivligiga erishishning baholovchi mezonlari vertikal va garizontal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
veb bloglarga tayangan “Blogging” texnologiyasi hamda autentik qo‘shiqlar bilan ishlash texnologiyasi uyg‘unlashib, til o‘rganish jarayonining intensivligi va samaradorligi empirik jihatdan asoslanganligi, multimodal yondashuvlarning qo‘llanilganligi, talabalarning leksik kompetensiyasida faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy o‘sishlar qayd etilganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matnlardan foydalanish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal matn tarkibiga kiruvchi komikslar autentlikni saqlash, til bilish darajasiga muvofiqlik, mavzuning mosligi, integrativlik, narrativ kohezsiya mezonlari hamda komiks epizodlari bo‘yicha leksik birliklarning taqsimoti autentik til materiallarni adaptatsiyalash va loyihalashning operatsion mezonlari asosida takomillashtirilgan “Comics series box” texnologiyasidan foydalanishga oid ilmiy natija va xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama Club” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 13-dekabrdagi 04/7454-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihaning nazariy ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan;
talabalarning leksik kompetensiyani rivojlantirishda multimodal matn turlari bo‘lgan veb bloglarga tayangan “Blogging” texnologiyasi hamda autentik qo‘shiqlar bilan ishlash texnologiyasi uyg‘unlashib, til o‘rganish jarayonining intensivligi va samaradorligi empirik jihatdan asoslanganligi, multimodal yondashuvlarning qo‘llanilganligi, talabalarning leksik kompetensiyasida faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy o‘sishlarga doir metodik ko‘rsatmalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 18-oktyabrdagi 26-36-911 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleradiokanal materiallari mazmunan yangicha qarashlar bilan boyitilgan;
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishda didaktik validlik, kommunikativ yo‘naltirilganlik, individual differensiallash va kognitiv moslashuv tamoyillari hamda tarkibiy elementlarini o‘zaro identivligiga erishishning baholovchi mezonlari vertikal va garizontal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan modelga oid ilmiy natija, xulosa va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 21-apreldagi 1153/02-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlanishtirish orqali samaradorlikka erishilgan.