Ro‘zimatova Dilnoza Murodovnananing filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy maqomi, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil4942
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Odilov Yorqinjon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Kuchimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Umurzaqova Marhabo Egamberdievna.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi ijtimoiy maqomining tutgan o‘rni, nutq ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi va rolidan kelib chiqib lisoniy birliklardan foydalanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
so‘zlovchi va tinglovchining lavozimi, iqtisodiy ahvoliga ko‘ra ijtimoiy maqomining leksik va grammatik birliklar (jumladan, olmoshlar, fe’llar, fe’lning mayl va shaxs-son shakllari, undov so‘zlar, modal so‘zlar) hamda ohang yordamida voqelanishi aniqlangan;
so‘zlovchi va tinglovchining yoshiga ko‘ra ijtimoiy maqomining namoyon bo‘lishi, nutq voqelanishining inson yoshiga mos leksik, grammatik, fonetik o‘ziga xosligi ochib berilgan;
so‘zlovchi va tinglovchining gender xususiyatlariga ko‘ra farqlanishi asosida ijtimoiy maqomining namoyon bo‘lishi, ayollar va erkaklar nutqining sotsiopragmatik o‘ziga xosligi asoslangan;
murojaatlarning so‘zlovchi va tinglovchi ijtimoiy maqomini o‘z lisoniy tabiatiga muvofiq ravishda boshqa lisoniy vositalarga qaraganda ochiqroq ifodalashi, murojaat shakllari nutq vaziyatining rasmiy-norasmiyligi, muloqot o‘rni, nutq ishtirokchilarining muloqot xulqiga bog‘liq holda qo‘llanishi (ota, professor, xola, o‘rtoq sudya singari), so‘zlovchining tinglovchiga munosabati ijtimoiy maqomga mos murojaat birliklaridan foydalanishida namoyon bo‘lishi asoslangan;
nutqiy jarayonda evfemik ifodalardan foydalanishda ijtimoiy maqom va rolning ahamiyatliligi, siyosiy-mafkuraviy sabablar, diplomatik nutq talablari, ijtimoiy odoblar evfemik ifodalarni yuzaga keltiruvchi va nutqiy jarayonga olib kiruvchi omillar ekanligi, shu bois evfemizmlarning qo‘llanishi ham ijtimoiy maqomi bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol kabi tushunchalarning to‘liq ta’riflari, ularning turlari, muloqot jarayonida shaxs ijtimoiy maqomining ifodalanish yo‘llari, ijtimoiy maqomga mos qo‘llanadigan til birliklari va ularning xususiyatlari borasidagi qarashlardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2021-2022-yillarda bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish (lug‘atning mobil ilovasi va vebsaytini yaratish)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 30-iyundagi 3/1255_1604-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi yangilanishlar, sotsiolingvistik tushunchalar tavsifi bilan bog‘liq qismlari yangi qarashlar bilan boyigan.
So‘zlovchi va tinglovchi ijtimoiy maqomiga mos qo‘llanadigan grammatik birliklar, xususan, shaxs-son shakllari, ayrim kishilik olmoshlarining ijtimoiy variatsiyalar ekanligi, ularning qo‘llanishida shaxsning ijtimoiy maqomi inobatga olinishi zarurligi haqidagi qarashlardan; shaxs ijtimoiy maqomiga mos qo‘llanadigan murojaat birliklari, evfemizmlarning didaktik, tavsiflovchi xususiyatlari, hurmat ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari bo‘yicha xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyuldagi 01/4-3002-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ijtimoiy maqomiga mos qo‘llanadigan fe’lning ayrim kategoriyalari, olmoshlar, undov so‘zlar haqidagi mulohazalar o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yangi ma’lumotlar boyishida zaruriy manba sifatida xizmat qilgan.
Muloqot jarayonida so‘zlovchi va tinglovchining o‘z ijtimoiy mavqeyi va roliga mos leksik-grammatik vositalardan foydalanishi, tinglovchining kasb-kori, mansab-martabasi uning nutqiga ta’sir qilishi bo‘yicha mulohazalardan “Yoshlar” radiokanalining “Yoshlar bilan...” muloqot dasturida foydalanildi. Shuningdek, mazkur eshittirishning turli sonlarini tayyorlashda suhbatdoshning yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olish zarurligi, suhbatdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun kommunikantning ijtimoiy maqomi va ayni paytda u bajarayotgan ijtimoiy rolning ahamiyati haqida kerakli fikrlar bildirilgan. (“Yoshlar” radiokanalining 2025-yil 1-iyuldagi 14-05-100-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, mazkur radioeshittirishlar ssenariylarining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, mazmunan mukammallashgan.