Jumanyazova Muxabbat Xusinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm vohasi folklor materiallari tilining leksik qatlamlari”
10.00.01. ‒ O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fil912
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Bibish Jo‘raeva Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Baxtiyor Abdushukurov Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumanazarova Guljahon Umrzoqovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi folklori tilidagi leksik qatlamlarning shakllanish omillari, geneologik-tarkibiy xususiyatlari va lingvofolkloristik ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi folklor materiallari tili leksik qatlamlarining shakllanish omillari – ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maishiy va etnografik, olamni anglash jarayonlari hamda mumtoz adabiyot ta’siri kabi omillarning folklor leksikasini shakllantirishdagi roli tizimli tahlil qilinib, dalillar bilan ilmiy asoslangan;
voha shevalarining boshqa turkiy tillar bilan qiyosiy tahlili asosida Xorazm vohasi folklori leksikonidagi turkiy qatlam birliklarini aniqlashning nazariy asoslari va tamoyillari, ushbu qatlam birliklarining folklor matnlaridagi vazifalari misollar yordamida dalillangan;
eroniy qatlamga mansub leksik birliklarning mavzuiy-semantik guruhlari tasniflanib, ularning o‘ziga xos shakliy va semantik belgilari, qolaversa, lingvomadaniy xususiyatlari hamda eroniy va turkiy til birliklari o‘rtasidagi shakliy-ma’noviy munosabatlar aniqlangan;
voha folklori matnlari tilidagi arabiy o‘zlashmalarning asosiy mavzu ko‘lami aniqlanib, ularning fonetik va semantik o‘ziga xosliklari hamda arabiy qatlamning eski o‘zbek, shuningdek, bugungi o‘zbek tili bilan munosabati Xorazm doston, maqol va xalq qo‘shiqlari materiallari asosida yoritilgan;
Xorazm folklori tilidagi eroniy va arabiy o‘zlashma leksik birliklarning fonetik-fonologik, leksik va semantik xususiyatlari ilk marta tizimli tahlil qilinib, ushbu birliklarning hudud folklorida tutgan o‘rni, voha folklori tilidagi moslashuv jarayonlari, mahalliy tizimga integratsiyasi, adabiy til hamda hududiy shevalarda aks etishi dalillangan;
voha folklori materiallaridagi turkiy, eroniy va arabiy qatlamga oid lug‘aviy birliklarning folklor matnlaridagi lingvopoetik (badiiy-uslubiy) imkoniyatlari tahlili asosida ularning folklor badiiy tizimini tashkil etishi, obraz yaratishi, sujetni boyitishi, ko‘zlangan g‘oya va mazmunni chuqurlashtirishi, shuningdek, ushbu birliklarning lingvomadaniy tahlil asosida ulardagi madaniy kodlar, ramzlar va mifologik tushunchalarda hududning tarixi, milliy madaniyati, urf-odat hamda e’tiqodlari aks etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi folklor materiallari tilining leksik qatlamlarini tadqiq qilish jarayonida qo‘lga kiritilgan nazariy xulosa va ilmiy natijalar asosida:
Xorazm vohasi folklor materiallari tili leksikasidagi turkiy, eroniy, arabiy leksik qatlamlarning shakllanish omillari, tarkibiy xususiyatlari, so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik o‘zgarishlari, shuningdek, ularning folklor matnlaridagi lingvopoetik va lingvomadaniy vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy xulosa va natijalaridan 2012–2016-yillarda bajarilgan Fl-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariu masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 11-iyundagi №322/1-son ma’lumotnomasi). Natijada folklorshunoslik va adabiyotshunoslik tadqiqiga oid xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida loyihaning ilmiy-amaliy jihatdan yangi materiallar bilan boyitilishi ta’minlangan;
o‘zbek tili tarixiy leksikologiyasi, dialektologiyasi, etnolingvistikasi va lingvopoetikasiga oid ilmiy qarashlar hamda Xorazm vohasi folklori leksik qatlamlarining shakllanishiga ta’sir etgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maishiy, etnografik, dunyoqarash va mumtoz adabiyot omillari tahliliga doir xulosa va ilmiy natijalaridan 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan IL-402104155-raqamli “Haft shuaro majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy-ma’naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha tadqiqotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga qarashli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2025-yil 09-iyundagi №775-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati orttirilishi ta’minlangan;
folklor leksikasidagi turkiy, eroniy va arabiy qatlamlarning tarkibi, o‘ziga xos fonetik va semantik xususiyatlari tizimli tahlil etilganiga oid ilmiy natijalar va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi №910-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xulosalar innovatsion loyihadagi turli leksik qatlamlarga mansub so‘zlarning folklor matnlaridagi badiiy-uslubiy va etnolingvistik, madaniy kod bilan bog‘liq vazifalari tahlili asosida milliy nomlar yaratish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
Xorazm vohasi folklor materiallari tili leksikasidagi turkiy, eroniy, arabiy va boshqa leksik qatlamlar bilan bog‘liq ilmiy natijalar va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2023-2024-yilda bajarilgan ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi №911-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion loyihadagi leksik qatlamlarning folklor matnlaridagi lingvopoetik va lingvomadaniy vazifalari bilan bog‘liq, o‘zbek xalqi kognisiyasida millatimizga uyg‘un milliy-mental xususiyatlarning aks etishi bilan bog‘liq masalalarga etarlicha ahamiyat qaratishga erishilgan;
Xorazm vohasi folklor materiallari tili leksikasidagi turkiy, eroniy, arabiy va boshqa leksik qatlamlarning shakllanish omillari hamda ularning folklor matnlaridagi lingvopoetik va lingvomadaniy vazifalari xususidagi xulosalaridan Xorazm radiokanalining “Tilimizni o‘rganamiz”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat saboqlari” radioeshittirishlari hamda Xorazm telekanalining “Adabiy muhit” teleko‘rsatuvi, “Assalom, Xorazm!” dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi №419-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm vohasi folklori tili leksikasi turli tarixiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy omillar ta’sirida shakllangan ko‘p qatlamli va boy tizim ekanligi, uni o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki mintaqa xalqining etnogenezi, tarixi, madaniyati va tafakkurini anglash uchun ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi orqali eshittirish hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv matnining ilmiy-manbaviy saviyasi boyitilgan.
Ilmiy Kengash raisi Y.S.Saidov
Ilmiy kengash ilmiy kotibi A.R.Axmedov
Ilmiy rahbar A.D.O‘razboev
Talabgor M.X.Jumanyazova