Matmusaeva  Muhayyo  Azamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalar o‘yin nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari” 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3968.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Jamolitdinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor Yarasheva Nasiba Jumaevna. 
 Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar o‘yin nomlarini maktabgacha ta’lim terminologiyasining yetakchi  atamasi sifatida nolisoniy omillar ta’sirini aniqlash, lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek bolalar o‘yin nomlari bolalarning olamni o‘ziga xos idrok shakli, bolalik stereotipini yuzaga chiqaruvchi lisoniy ifoda ko‘rinishi bo‘lib, o‘yin nomlaridagi milliylik, xalq qadriyatlari bilan bog‘liqligi, maktabgacha ta’limning “Ilk qadam” davlat dasturida mavjud bolalar o‘yin nomlari, muayyan poetik taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan folklor o‘yinlari negizida, milliy-madaniy o‘zagida shakllanganligi, unda xalqning falsafiy-axloqiy, badiiy-estetik qarashlari ifodalanganligi aniqlangan;
“nikoh” bilan bog‘liq leksik birliklar temporalligiga ko‘ra, ya’ni nikohdan oldin, nikoh kuni va nikohdan keyingi minosabatlarni ifodalovchi leksik birliklar sifatida tasniflangan hamda o‘zbek va nemis tillaridagi badiiy matnlardan keltirilgan lisoniy dalillar orqali asoslangan;
bolalar o‘yin nomlari nominatsiyasida umumlashtirish va farqlash xususiyatlari appelativlikni hosil qilishi, ikkilamchi nominatsiyaning semantik munosabati, konseptual  yadro – ma’naviy aloqadorlik – pragmatik zonadan iborat bolalar o‘yin nomlarining semantik modelini yaratishi, bunda bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda o‘yin nomlarini “bolalar o‘yin nomlari” sifatida atash – konseptual yadro, o‘yin nomlarining “Ilk qadam” davlat dasturiga kiritilganligi “maktabgacha ta’limdagi bolalar o‘yin nomlari” atamasi – pragmatik zona, o‘yin nomlarining milliy xalq o‘yin nomlariga tayanganligi esa – ma’naviy uzviylik va madaniy aloqadorlikni hosil qilishi, “Oq terakmi, ko‘k terak?”, “Qarab tep” , “Zuv-zuv” kabi o‘yin nomlari misolida izohlangan;nemis va o‘zbek tillaridagi “nikoh” bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning xalq qo‘shiqlari hamda irim-sirimlarda ifodalanishi misollar yordamida dalillangan;
o‘zbek bolalar o‘yin nomlari so‘zlarni qo‘shish, juftlash, takrorlash, so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda semantik usul orqali, TRIZ o‘yinlari, STEAM o‘yinlari misolida maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘yin nomlari soha atamalarini qisqartirish usuli bilan yasalishi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Ilk qadam” davlat dasturidagi bolalar o‘yin nomlari tuzilishi jihatidan so‘z,  so‘z birikmasi va gapga teng ekanligi, maktabgacha ta’lim terminologiyasida  o‘yin  nomlari alohida o‘rin egallashi dalillangan. 
       bolalar o‘yinlari realiya – lingvomadaniy birligi sifatida talqin etilganligi, lingvomadaniyatda mifologizatsiyalangan birliklar: mifologema, arxetip, marosim, irim-sirim va odatlarning onomastik jihatdan o‘rganilishi muhimligi,  “Bekinmachoq” ,“G‘oz-g‘oz”, “Xo‘rozlar jangi”, “Burgutlar”, “O‘rdak uchdi” kabi bolalar o‘yin nomlarining shakllanishida mifologizatsiyaning ustuvorligi, bolalar o‘yin nomlari lingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida hosil bo‘lishi misollar orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar o‘yin nomlarining lingvomadaniy tahliliga bag‘ishlangan mazkur dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek bolalar o‘yin nomlari bolalarning olamni o‘ziga xos idrok shakli, bolalik stereotipini yuzaga chiqaruvchi lisoniy ifoda ko‘rinishi ekanligi, o‘yin nomlaridagi milliylik, xalq qadriyatlari bilan bog‘liqligi, maktabgacha ta’limning “Ilk qadam” davlat dasturida mavjud bolalar o‘yin nomlari, muayyan poetik taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan folklor o‘yinlari negizida, milliy-madaniy o‘zagida shakllanganligi, unda xalqning falsafiy-axloqiy, badiiy-estetik qarashlari ifodalanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi xoreografiya  akademiyasining 2022-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 27-dekabrdagi 1/04-160-sonli ma’lumotnomasi) Natijada loyihaning asosiy qismi ilmiy-nazariy mukammallashgan;
bolalar o‘yin nomlari nominatsiyasida umumlashtirish va farqlash xususiyatlari appelativlikni hosil qilishi, ikkilamchi nominatsiyaning semantik munosabati, konseptual  yadro – ma’naviy aloqadorlik – pragmatik zonadan iborat bolalar o‘yin nomlarining semantik modelini yaratishi, bunda bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda o‘yin nomlarini “bolalar o‘yin nomlari” sifatida atash – konseptual yadro, o‘yin nomlarining “Ilk qadam” davlat dasturiga kiritilganligi “maktabgacha ta’limdagi bolalar o‘yin nomlari” atamasi – pragmatik zona, o‘yin nomlarining milliy xalq o‘yin nomlariga tayanganligi esa – ma’naviy uzviylik va madaniy aloqadorlikni hosil qilishi, “Oq terakmi, ko‘k terak?”, “Qarab tep” , “Zuv-zuv” kabi o‘yin nomlari misolida izohlanganligini aniqlashga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy- tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 20-yanvardagi 04/362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bolalar o‘yinlari maktabgacha ta’limda ustuvor, yetakchi ta’lim vositasi sifatida belgilanib, til va nutq sistemasida tutgan o‘rni aniqlandi; bolalar o‘yin nomlari maktabgacha ta’lim sohasi atamasi bo‘lib, leksik-semantik, lingvistik jihatdan misollar orqali asoslandi; bolalar o‘yin nomlari bolalar lisoniy olam manzarasini shakllantirishi, o‘yinlarda mavzular doirasining rang-barangligi, shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra farqlanishi belgilandi; 
  o‘zbek bolalar o‘yin nomlari so‘zlarni qo‘shish, juftlash, takrorlash, so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda semantik usul orqali, TRIZ o‘yinlari, STEAM o‘yinlari misolida maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘yin nomlari soha atamalarini qisqartirish usuli bilan yasalishi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Ilk qadam” davlat dasturidagi bolalar o‘yin nomlari tuzilishi jihatidan so‘z,  so‘z birikmasi va gapga teng ekanligi, maktabgacha ta’lim terminologiyasida  o‘yin  nomlari alohida o‘rin egallashi, bolalar o‘yinlari realiya – lingvomadaniy birligi sifatida talqin etilganligi, lingvomadaniyatda mifologizatsiyalangan birliklar: mifologema, arxetip, marosim, irim-sirim va odatlarning onomastik jihatdan o‘rganilishi muhimligi,  “Bekinmachoq” ,“G‘oz-g‘oz”, “Xo‘rozlar jangi”, “Burgutlar”, “O‘rdak uchdi” kabi bolalar o‘yin nomlarining shakllanishida mifologizatsiyaning ustuvorligi, bolalar o‘yin nomlari lingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida hosil bo‘lishi misollar orqali isbotlangani haqidagi xulosalar, ilmiy natijalardan 2023-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-dekabrdagi  26-36-933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar uchun tayyorlangan  materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan, shuningdek, ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish