Rahimboev Muxtorbek Ikrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat bozori rivojlanishining dinamik jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlash”, 08.00.06 -“ Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4396.
    Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Inayatov Almaz Reyimbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi bandligini ta’minlash va hududiy mehnat bozorini rivojlantirish istiqbolliligini baholash usullari imkoniyatlarini kengaytirishni belgilovchi chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida raqobatbardosh mehnat bozorida ish haqi ω va ishsizlik darajasi U=z ̅(ω)- z o‘rtasidagi muvozanat holatlarining(∂F(ω,z))/∂z>0 va (∂F(ω,z))/∂z<0 shartlar bo‘yicha o‘zgarishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ishchi kuchi ishtiroki darajasi(IKID)ning statsionar va nostatsionarligidan foydalangan holda Respublika aholi bandligi o‘zgarishini ko‘p omilli (RAB=〖YIM〗^0.18*〖AKI〗^0.448*〖KTS〗^0.025*e^5.4875 va RAB=(〖OTB〗^0.11*〖OIH〗^0.1*e^5.01)/〖JShS〗^0.01572 ) ssenariyli regressiya tenglamalari taklif etilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining butun spektrini, shuningdek, mehnat munosabatlari tizimida ularning ishlashini ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va psixologik texnikalar, usullar va vositalarni o‘z ichiga olgan bandlikni tartibga solish mexanizmi taklif etilgan;
2030-yilgacha bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bandligi o‘zgarishini ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat bozori rivojlanishining dinamik jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
globallashuv sharoitida raqobatbardosh mehnat bozorida ish haqi ω va ishsizlik darajasi U=z ̅(ω)- z o‘rtasidagi muvozanat holatlarining(∂F(ω,z))/∂z>0 va (∂F(ω,z))/∂z<0 shartlar bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 12/00-01/05-480-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat bozorining yangi muvozanat nuqtasiga o‘tishda ish haqini 13,2 %ga oshishini va ishsizlikni esa 7,3 %ga kamaytirishga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ishchi kuchi ishtiroki darajasi(IKID)ning statsionar va nostatsionarligidan foydalangan holda respublika aholi bandligi o‘zgarishini ko‘p omilli (RAB=〖YIM〗^0.18*〖AKI〗^0.448*〖KTS〗^0.025*e^5.4875 va RAB=(〖OTB〗^0.11*〖OIH〗^0.1*e^5.01)/〖JShS〗^0.01572 ) ssenariyli regressiya tenglamalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 12/00-01/05-480-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmini, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar va korxona va tashkilotlar sonini 1,0 %ga oshirilishi hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bandligini qo‘shimcha mos ravishda 700 nafarga, 1800 nafar va 100 nafarga oshirish mumkinligi hamda Respublikada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1,0 %ga oshiriladigan bo‘lsa u holda Respublika aholi bandlik darajasi 100 nafarga kamayishini bu ishsizlikni oshishiga olib kelishi aniqlangan;
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining butun spektrini, shuningdek, mehnat munosabatlari tizimida ularning ishlashini ta’minlaydigan huquqiy, tashkiliy va psixologik texnikalar, usullar va vositalarni o‘z ichiga olgan bandlikni tartibga solish mexanizmi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 12/00-01/05-480-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ilmiy taklifdan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni ijtimoiy qonunchilikning bir qismi sifatida tartibga soluvchi mehnat sohasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimining bir qismi sifatida bandlik xizmati nazorati ostida amalga oshirilishi asoslangan;
2030-yilgacha bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi bandligi o‘zgarishini ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 12/00-01/05-480-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi aholi bandligini ta’minlash va hududiy mehnat bozorini rivojlantirish istiqbolliligini baholash usullari imkoniyatlarini kengaytirishni belgilovchi chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish