Qurbaniyazov Amangeldi Erniyazovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hudud paxta-to‘qimachilik klasterini shakllantirish va rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish (Qoraqalpoo‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Iqt2424.
Ilmiy rahbar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ko‘p omilli statistik modellar asosida paxta-to‘qimachilik klasterini rivojlantirishning iqtisodiy, nazariy va amaliy jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari va istiqbollari kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etuvchi korxonalar va tarmoqlar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi va to‘sqinlik qiluvchi omillarni ustuvorlik darajasi asoslangan;
Qoraqalpoo‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik infratuzilmasini takomillashtirish modeli taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasteri rivojlanishining ko‘p omilli statistik tahlili asosida uning samaradorligini oshiruvchi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy jihatlarini o‘z ichiga oluvchi modeli taklif etilgan;
Qoraqalpoo‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik sohasini rivojlantirishning 2025-2029-yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etuvchi korxonalar va tarmoqlar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi va to‘sqinlik qiluvchi omillarni ustuvorlik darajasi bo‘yicha taklif Qoraqalpoo‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpoo‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-apreldagi 02/017-1125-son ma'lumotnomasi). Buning natijasida vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarining reja va qo‘llanmalarini ishlab chiqish, paxta-to‘qimachilik sohasiga endi kirib kelayotgan tadbirkorlarga agromaslahatlar berish, shuningdek sohaga oid har xil taqdimotlar o‘tkazish imkoniyatlari yaratilgan;
Qoraqalpoo‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik infratuzilmasini takomillashtirish modeli bo‘yicha taklif hududiy klasterlashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy omillarni aniqlash, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-apreldagi 02/017-1125-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarga ko‘ra mintaqada klasterlar sonini bir birlikka oshishi hosilni 3850,3 tonnaga oshishiga sabab bo‘lgan. Model asosida amalga oshirilgan tahlillar bu davrda klasterlar hisobiga hosil 53904,5 tonnaga oshgani hisoblangan. Erishilgan ijobiy natijaning 75,6 foizi klasterlar hisobiga ta’minlanganligi isbotlangan;
paxta-to‘qimachilik klasteri rivojlanishining ko‘p omilli statistik tahlili asosida uning samaradorligini oshiruvchi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy jihatlarini o‘z ichiga oluvchi modeli bo‘yicha taklif Qoraqalpoo‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududiy agrar siyosatni shakllantirish, sohaga oid istiqbolli strategiyalar va dasturlarni ishlab chiqishda asosiy tahliliy vosita sifatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-apreldagi 02/017-1125-son ma’lumotnomasi). Prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, mintaqada paxta hosilining keyingi besh yilda o‘rtacha o‘sish sur’ati 3,0 foizni tashkil qilgani holda 2029-yilda 267941 tonnaga etishi, olinadigan paxta tolasining o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil qilgani holda 2029-yilda mavjud darajasiga nisbatan 1,10 barobarga oshishi, paxta hosildorligini o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,3 foizni tashkil qilgani holda 30,1 sentnerga etishi asoslangan;
Qoraqalpoo‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik sohasini rivojlantirishning 2025-2029-yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif klasterlar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tayyor trikotaj mahsulotlarining istiqboldagi holatini aniqlashga erishilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 17-apreldagi 02/017-1125-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari istiqbol davrida klasterlar sonini bir birlikka oshishi har bir to‘qimachilik korxonasiga to‘g‘ri keladigan trikotaj mahsulotlari qiymatini 0,31 milliard so‘mga oshishiga va klasterlar tarkibida tashkil etilgan to‘qimachilik korxonalari sonini oshishi har bir to‘qimachilik korxonasiga to‘g‘ri keladigan trikotaj mahsulotlari qiymati 2,21 milliard so‘mga oshishi asoslangan.