Abdixakimov Islombek Bahodir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “The developmental perspectives of quantum law in Uzbekistan” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Yu1838.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar:  Raximova Muattara Abdusattarovna, yuridik fanlar doktori, professor, Nugmanov Nugman Abdullaevich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi kvant texnologiyalarining xalqaro-huquqiy tartibga solinishi bilan bog‘liq mavjud konseptual, normativ va institutsional muammolarni aniqlash, ushbu sohada xalqaro huquqning evolyusion imkoniyatlarini tahlil qilish hamda O‘zbekiston milliy qonunchiligida kvant huquqi asoslarini yaratishga oid huquqiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan, tavakkalchiliklarni batafsil baholashni o‘z ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda to‘lov xizmatidan foydalanuvchilaming himoya qilinishini ta’minlash asoslantirilgan;
kredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga kiberxavfsizlikka tahdidlarning (shu jumladan bank kartalari bilan bog‘liq talon-torojliklarning) oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishi hamda normativ hujjatlar qabul qilishi asoslab berilgan;
to‘lov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish bo‘yicha ko‘riladigan choralarning tavsifi asoslantirilgan;
“axborotni muhofaza qilish” degan so‘zlardan keyin “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash asoslab berilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kvant huquqi” nomli darslik ishlab chiqish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni o‘z ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda to‘lov xizmatidan foydalanuvchilaming himoya qilinishini ta’minlashga oid taklifi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonunining 24-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 23-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi to‘lov xizmatlarida kvant texnologiyalarining xavfsizlik jihatlarini tartibga solishni kuchaytirish va zamonaviy tahdidlarga qarshi huquqiy himoya mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kredit ashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga kiberxavfsizlikka tahdidlarning (shu jumladan bank kartalari bilan bog‘liq talon-torojliklarning) oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berishi hamda normativ hujjatlar qabul qilishi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonunining 12-modda birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 1-noyabr 24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Markaziy bankka moliya sektori subektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berish va nazorat mexanizmlarini joriy etish vakolatini berib, kvant texnologiyalari bilan bog'liq tahdidlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
to‘lov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish bo‘yicha ko‘riladigan choralarning tavsifi bo‘yicha taklifi “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonunining 22-modda uchinchi qismining o‘n birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 1-noyabrdagi 23-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi to‘lov xizmatidan foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini kvant texnologiyalari yordamida firibgarlik va noqonuniy aralashuvlardan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirib, xavfsizlik tizimini kuchaytirishga xizmat qilgan;
“axborotni muhofaza qilish” degan so‘zlardan keyin “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-30-sonli Qonunining 4-moddasining ikkinchi xatboshisi hamda 5-moddasining ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatining sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 2-oktyabrdagi 23-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash sohasini yangi kvant texnologiyalari tahdidlaridan himoyalash choralarini kuchaytirib, bank tizimining kiberxavfsizligi darajasini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kvant huquqi” nomli darslik ishlab chiqish taklifi asosida S.Gulyamov va I.Abdixakimov muallifligi ostida ingliz tilida “Quantum Law” nomli darslik nashr etildi. Ushbu taklifning amalga oshirilishi kvant texnologiyalari huquqini tartibga solish bo‘yicha ilk o‘quv adabiyotini yaratib, oliy ta’lim muassasalarida kvant huquqi fanini o‘qitishni rivojlantirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish