Kamilova Nazokat Saidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Isajon Sulton nasrida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil2728
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximova Bekposhsha Baxadirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Boltaeva Gulchehra Shokirovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tosheva Nilufar Shirinboevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Isajon Sultonning “Qismat”, “Manzil”, “Sofiya” hikoyalari, “Avvalgilarga o‘xshamas”, “Robiya Balxiy” qissalari, “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” romanlarida diniy-axloqiy motivlar, irfoniy ma’nolarning badiiy sintezi asosida yozuvchining poetik mahoratini ko‘rsatib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek nasrida diniy-axloqiy motivlarning sintezi, xususan, Isajon Sulton hikoya, qissa va romanlarida Qur’on oyatlari hamda hadislarning syujet, obrazlar tizimi va g‘oyaviy struktura bilan uzviy bog‘liqlikda aks etishi asoslangan;
Isajon Sulton nasrida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi, xususan, ramziy obrazlar va irfoniy tushunchalar orqali yuzaga kelgan estetik qatlamlar zamonaviy o‘zbek adabiy jarayonida yangi yondashuv sifatida ochilib, adibning diniy-estetik qarashlari poetik tafakkur bilan uyg‘un holda o‘rganilib, dalillangan;
Isajon Sulton asarlarining hozirgi adabiyotdagi ahamiyati, diniy-axloqiy motivlardan foydalanish usullari zamonaviy qarashlar asosida tahlil etilgan hamda ijodkorning hikoya, qissa va romanlarida diniy oyat va hadislardan foydalanish mahorati isbotlangan;
yozuvchi asarlariga xos bo‘lgan syujet, diniy-axloqiy motivlar, obraz, g‘oya, uslub stilizatsiya nuqtayi nazaridan o‘rganilib, yangi xulosalar chiqarilgan va adib asarlaridagi diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezida yozuvchi mahorati qirralari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Isajon Sulton nasrida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi” tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:
Isajon Sulton hikoyalarida diniy ramzlar sintezi va ularga sabab bo‘lgan omillar, yozuvchi qissalarida Qur’on oyatlari va hadislarning badiiy sintezi, “Boqiy darbadar” romanida Iso alayhissalom timsoli va ramziy darbadarlik tushunchasi kabi dissertatsiya tahlillari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 20-fevraldagi 83/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy va badiiy tahlillar loyiha doirasidagi adabiy manbalarni zamonaviy yondashuv asosida talqin etishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan.
Dissertatsiyaning zamonaviy o‘zbek nasrida diniy-axloqiy motivlar va ularga yondashuv, Isajon Sulton hikoya va qissalarida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi va timsollarning yoritilishi, diniy-axloqiy motivlar sintezi jarayonida yozuvchining badiiy mahorati kabi masalalar dalillanganligiga doir xulosa va tavsiyalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-iyuldagi № 01/01-3046-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada asoslab berilgan nazariy xulosalar va badiiy tahlillar mazkur loyiha doirasida diniy-axloqiy motivlarning badiiy talqini, ramziy obrazlar hamda zamonaviy o‘zbek nasridagi yondashuvlarni elektron platformada tizimli aks ettirishda metodik asos sifatida xizmat qilgan.
Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining “Assalom, Xorazm” musiqiy dam olish dasturi, “Nafosat”, “Ma’rifatnoma”, “Adabiy muhit”, “Milliy totuvlik” ko‘rsatuvlari, “Siz nima deysiz?!” tok-shousi, “Qadriyat”, “Najot bilimda” eshittirishlari ssenariylarida tadqiqotning Isajon Sultonning xalqaro tanlovlar g‘olibi ekanligi, jahon adabiyotining adib ijodiga ta’siri va ijodkor nasrida diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi bilan bog‘liq xulosalardan foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 6-martdagi 214-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan Isajon Sulton ijodidagi diniy-axloqiy motivlarning badiiy sintezi borasidagi xulosalar ommaviy axborot vositalarining adabiy-ma’rifiy dasturlari ssenariylarini tayyorlashda nazariy-metodik asos sifatida qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarda, xususan, zamonaviy o‘zbek adabiyoti namoyondalari, Isajon Sulton ijodi bo‘yicha tashkil etilgan anjumanlarda diniy-axloqiy motivlarning zamonaviy adabiyotshunoslikdagi in’ikosi, yozuvchi hikoyalarida diniy ramzlar sintezi, “Ozod” va “Genetik” romanlarida diniy-ma’rifiy motivlarning badiiy sintezi jarayonida yozuvchi mahorati yoritilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limining 2025-yil 7-martdagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqoridagi mavzular yuzasidan anjuman va tadbir ishtirokchilarining bilimlari oshirilgan.