Sapaeva Feruza Norbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek va ingliz tillarida mifologik leksikaning struktur-semantik tadqiqi”
10.00.06. ‒ Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3890
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori, professor v.v.b., Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida mifologik leksikani struktur-semantik jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi mifologik leksikaning struktur-semantik
xususiyatlari ilk marotaba tizimli tadqiq etilib, har ikkala til mifonimlarining shakllanishiga xos bo‘lgan ichki qonuniyatlari va mexanizmlari aniqlangan;
ikki til mifologik leksikasidagi umumiylik va farqlar zamonaviy qiyosiy-tipologik yondashuv asosida yoritilib, ularni yuzaga keltirgan lingvistik va lingvomadaniy omillar tizimi aniqlab berilgan;
mifologik leksik birliklarning xalq tafakkurini tilda ifodalashdagi o‘rni va ularning til tizimidagi aksi xalqlarning olam manzarasini idrok etishidagi umumiylik va o‘ziga xosliklarni ilmiy asoslash imkonini berishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillari mifologik leksikasining shakllanishida tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hamda aqidaviy omillarning roli mavjud nazariy yondashuvlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi mifologik leksikani o‘rganish asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental tadqiqot loyihada Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Sapaeva Feruza Norbaevnaning 10.00.06. - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida mifologik leksikaning struktur-semantik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi ilmiy natijalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 30-yanvardagi № 49/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani o‘zbek va ingliz tilshunosligidagi yangi yondashuvlar, mifologik til muammolari tahlili bilan to‘ldirilishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
mifologiya qadimdan insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan sinkretik hodisaligi, binobarin, mifologiya xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyot, san’at va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishi uchun birinchi zamin bo‘lib xizmat qilganligi, mifologiya inson badiiy tafakkurining boshlanishi sifatida qaralishi, miflar folklor janrning boyib borishi va rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib, qisman folklor janr tarkibiga kirishi haqidagi materiallardan Xorazm teleradiokompaniyasining 2024-yil 12-dekabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm” musiqiy dam olish dasturi ko‘rsatuvida chiqish qilingan. (Xorazm teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-dekabrdagi 2022-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilgan;
Abu Rayhon Verupiu nomidagi Urgapsh davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Sapaeva Feruza Norbaevnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “O‘zbek va ingliz tilidagi mifologik leksikaning struktur-semantik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natija va materiallaridan universitetda 2020-2022 yillarda amalga oshirilgan Yevrora ittifoqining b10170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Establishment of training and research centres and courses development on intelligent big data analysis in Central Asia: ELBA” (O‘rta Osiyoda katta ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlari va kurslarini yaratish) dasturi doirasida unumli foydalanilgan.