Qurbonova Dilafruz Toshturdievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarning axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8537
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
         Ilmiy rahbar: Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sherzod Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jiyanqulova Rahima Xayrullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temսriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarning axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari milliy xarakterni temuriy malikalarga xos sabrlilik, tadbirkorlik, irodalilik fazilatlarini rivojlantirish va  millat identifikatsiyasini saqlashga qaratilgan ta’lim jarayoniga ta’sirchanligini bosqichma-bosqich oshirib borish asosida aniqlashtirilgan;
temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish modelining mazmunli bloki (didaktik-metodik yondoshuv) talaba-qizlarning mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun temuriy malikalarga xos innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlari bilan boyitilib, uning identiv ta’sirchanligi barqaror prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasi Temuriy malikalar hayotiga bag‘ishlangan sahna asarlarini namoyish etish, badiiy kechalar tashkil etish hamda talabalarni Temuriy malikalar qurgan tarixiy obektlarga sayohatlarni tashkil etishni intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasining samaradorligi Temuriy malikalarning kuchli irodasi, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori va jamiyatda tutgan mavqei, hayotidagi qiyinchiliklar, siyosiy inqirozlar va ularni sabr-matonat bilan engishi, xayriya va bunyodkorlik ishlari ta’sirchanligini uyg‘unlashtirgan holda talaba-qizlarda  o‘z-o‘zini hurmat qilish, mas’uliyat, sabr va milliy g‘urur kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich yoritish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarning axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik va amaliy  takliflar asosida:
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari milliy xarakterni temuriy malikalarga xos sabrlilik, tadbirkorlik, irodalilik fazilatlarini rivojlantirish va  millat identifikatsiyasini saqlashga qaratilgan ma’naviy merosini ta’lim jarayoniga ta’sirchanligini bosqichma-bosqich oshirib borish asosida aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalardan “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik va “Tarbiya fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son guvohnomasi).  Natijada, temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
temuriy malikalar ma’naviy merosi asosida talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish modelining mazmunli bloki (didaktik-metodik yondoshuv) talaba-qizlarning mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun temuriy malikalarga xos innovatsion tafakkur, tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlari bilan boyitilib, uning identiv ta’sirchanligi barqaror prognozlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik va “Tarbiya fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son guvohnomasi). Natijada, talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlarining didaktik, aksiologik va metodik mazmunini boyitishga sharoit yaratilgan;
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasi Temuriy malikalar hayotiga bag‘ishlangan sahna asarlarini namoyish etish, badiiy kechalar tashkil etish hamda talabalarni Temuriy malikalar qurgan tarixiy obektlarga sayohatlarni tashkil etishni intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik va “Tarbiya fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son guvohnomasi). Natijada, talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirildi.   
talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasining samaradorligi Temuriy malikalarning kuchli irodasi, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori va jamiyatda tutgan mavqei, hayotidagi qiyinchiliklar, siyosiy inqirozlar va ularni sabr-matonat bilan engishi, xayriya va bunyodkorlik ishlari ta’sirchanligini uyg‘unlashtirgan holda talaba-qizlarda  o‘z-o‘zini hurmat qilish, mas’uliyat, sabr va milliy g‘urur kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich yoritish asosida aniqlashtirilganligiga oid tavsiyalar “Milliy tarbiya asoslari” nomli darslik va “Tarbiya fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son guvohnomasi). Natijada, talaba-qizlarda axloqiy qadriyatlarni rivojlanganlik darajasini baholashga oid indikatorlarni ishlab chiqishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish