Turonov Muhammadi Zokirjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qattiq qotishmali peroli parmani qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berishda ishlash qobiliyatini oshirishni tadqiqotlash”   
05.02.05 – “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.3.PhD/T3125
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Umarov Talibjon Umarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Yunusali Yuldashovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ravshanov Jamshid Ravshanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qattiq qotishmali peroli parmani qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berishda ishlash qobiliyatini oshirishni tadqiqotlashdan iborat
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    mashinasozlik detallariga ishlov berishda qattiq qotishmali peroli parmaning yangi konstruksiyasi ishlov berilayotgan materialning mexanik xossalari va ishlov berish traektoriyasining parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
    qiyin ishlov beriladigan materiallarda qattiq qotishmali peroli parma bilan teshik ochishda yuza tekisligiga qo‘yilgan texnik talab va ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi asosida kesish rejimlari ishlab chiqilgan;
    qattiq qotishmali peroli parma bilan ishlov berish texnologiyasi pero materiali bilan ishlov berilayotgan xomaki materialining qattiqligi orasidagi farq asosida ishlab chiqilgan;
    maxsus peroli parmalarning chidamliligi ishlov berish tezligi va hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchining kattaligi orasidagi o‘zdarishni me’yorlash asosida ishlab chiqilgan.
    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qattiq qotishmali peroli parmani qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berishda ishlash qobiliyatini oshirishni tadqiqotlash boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
qattiq qotishmali peroli parmani qiyin ishlov beriladigan materiallarga ishlov berish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy Taʼmirlash mexanika zavodi” korxonasida joriy qilingan  (Olmaliq KMK” AJ ning 07.02.2024-yildagi 3-son maʼlumotnomasi). Natijada parmaning xizmat muddati 12-14% ga oshgan;
qattiq qotishmali peroli parma konstruksiyasi  “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy Taʼmirlash mexanika zavodi” korxonasida joriy qilingan   (Olmaliq KMK” AJ ning 07.02.2024-yildagi 3-son maʼlumotnomasi).  Natijada parmaning ish unumdorligi 1.4-1.5 barobarga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish