Norova Mexri Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramz poetikasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/5096
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: 
Qarshi shahridagi Turon universiteti, PhD.03/12.02.2025.Fil191.01.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich filologiya fanlari doktori, dotsent, Xalimova Firuza Rustamovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramzning obrazli fikrlash shakli sifatidagi badiiy vazifalari, ichki ko‘rinishlari, umuminsoniy va milliy mentalitetga xos xususiyatlarni ifodalashi singari masalalarni yoritishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramzning  ma’no serqatlamligiga yo‘l ochishi, umuminsoniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi, uning  qahramon, predmet va hodisada timsoliy namoyon bo‘lishi, to‘liq ko‘chma ma’no kasb etishi, poetik fikrni emotsional-ekspressiv ifodalashi ramz-hodisa-g‘oya-tasvir ketma-ketligida asoslangan;
     qiyoslanayotgan tillar she’riyatida turna, qaldirg‘och, qarg‘a, bulbul, ilon, kabutar, qaqnus, boyqush, semurg‘, humo, ohu kabi qushlar va hayvonlarning obrazlantirililishi orqali universal, individual, ijtimoiy va tabiat ramzlarining yuzaga kelganligi qiyosiy-tipologik aspektda ochib berilgan;
G‘arbu Sharq mentalitetida floristik va faunistik ramzlarning ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniyat, diniy e’tiqod, shoir dunyoqarashi va lirik qahramon ruhiyati nuqtayi nazaridan spesifik xususiyat kasb etishi boyqush, semurg‘, humo, ohu, lark singari qushlar, siren guli, tol daraxti, lola, lolaqizg‘aldoq kabi gullar obrazi orqali dalillangan; 
G‘arbu Sharq mentalitetida feniks-qaqnusning abadiylik, qayta tug‘ilish, mangu tiriklik, ishq-muhabbat, burgutning kuch-qudrat, ishonch, oq rangning nur, poklik, ma’rifat, g‘am-anduh, baxsizlik, yashil rangning hayot, yangilanish, umid, bahor singari universal ma’nolarni bildirishi umumiy jihatlar sifatida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramz poetikasini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramzning  ma’no serqatlamligiga yo‘l ochishi, umuminsoniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi, uning  qahramon, predmet va hodisada timsoliy namoyon bo‘lishi, to‘liq ko‘chma ma’no kasb etishi, poetik fikrni emotsional-ekspressiv ifodalashi, ramz-hodisa-g‘oya-tasvir ketma-ket kelishi yoritilgan ilmiy xulosalardan “REP-25112021/113 – UzUDT: o‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal daraxti korpusi va uning semantik tahlili” (2022–2024 yy.) nomli ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universiteti, 2025-yil 19-iyundagi № 04/11-6297-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida ramzlar poetikasi, ular orqali muayyan xalqning dunyoqarashi, ma’naviy qadriyatlari va milliy mentaliteti ifoda etilishi bilan bog‘liq fikrlar bilan boyitishga erishilgan; 
qiyoslanayotgan tillar she’riyatida turna, qaldirg‘och, qarg‘a, bulbul, ilon, kabutar, qaqnus, boyqush, semurg‘, humo, ohu kabi qushlar va hayvonlarning obrazlantirililishi orqali universal, individual, ijtimoiy va tabiat ramzlarining yuzaga kelganligi qiyosiy-tipologik aspektda ochib berilgan nazariy fikr va xulosalardan “English Access Microscholarship Program” (2022–2024 yy.) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar instituti, 2025-yil 14-iyundagi № 1706/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani ramzning lingvopoetik xususiyatlari ochib berilgan ilmiy qarashlar bilan takomillashtirishga erishilgan;
Joys Kilmer, Robert Frost, Theo Villiams, Paula Kalhoun, Jane Rae Emma, Ellaine Terranova, Seamus Heaney, Sylvia Plas, E.A.Stallings; Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Abduvali Qutbiddin singari shoirlar ijodi misolida G‘arbu Sharq mentalitetida floristik va faunistik ramzlarning ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniyat, diniy e’tiqod, shoir dunyoqarashi va lirik qahramon ruhiyati nuqtayi nazaridan spesifik xususiyat kasb etishi boyqush, semurg‘, humo, ohu, lark singari qushlar, siren guli, tol daraxti, lola, lolaqizg‘aldoq kabi gullar obrazi orqali dalillanganligi, shuningdek, G‘arbu Sharq mentalitetida feniks-qaqnusning abadiylik, qayta tug‘ilish, mangu tiriklik, ishq-muhabbat, burgutning kuch-qudrat, ishonch, oq rangning nur, poklik, ma’rifat, g‘am-anduh, baxsizlik, yashil rangning hayot, yangilanish, umid, bahor singari universal ma’nolarni bildirishi she’riy asarlar qiyosida ilmiy asoslangan va xulosa hamda natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-apreldagi №01-09-82-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar orqali muxlislarning zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari ijodi bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratdi, adabiy ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qildi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish