Aslonov Alibek Mexriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Agrosanoat klasterlari ishchi-xodimlari uchun maxsus poyabzal samarali konstruksiyasi va texnologiyasini ishlav chiqish”, 05.06.03-Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3977.
Ilmiy rahbar: Musaev Sayfullo Safoevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abulniyazov Qurbonboy Ismoilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy sanoat xom ashyolari asosida agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun murakkab iqlimiy sharoitlarni va real mehnat sharoitlarni hisobga olgan, ishchi xodimlar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zararli agressiv muhitlardan himoya qiladigan, uzoq vaqt kiyilgandan keyin charchoq hissini kamaytiradigan, oyog‘dagi shikastlanishlarni oldini olishga qaratilgan va oyoq panjasida harakatlarni cheklamaydigan, kompleks yuqori estetik, ekspluatatsion va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus poyabzal tagligi ratsional konstruksiyasi yaratish va samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari maxsus poyabzali tagligi uchun termoplastik elastomer kompozisiyali ko‘p komponentli va funksional material, mahalliy xomashyolar asosida termodinamik vulqonlash usulida ishlab chiqilgan va uning asosiy xususyatlari kvalimetrik tahlillar asosida aniqlangan;
birinchi marotaba agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari maxsus poyabzali tagligi uchun ilmiy asoslangan sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasi hamda istemol modeli yaratilib, ierarxik sxemasi va texnik reglament istemolchilar anketa so‘rovi asosida aprior ranjirlash usuli bilan ishlab chiqilgan;
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari maxsus poyabzal polimer istemol va xavfsizlik xossalarini oldindan bashorat qilishga imkon beruvchi “tarkib-xossa” bog‘liqligini ifodalovchi regression tenglamalar va matematik model ikkinchi darajali lotin kubi usuli yordamida ishlab chiqilgan;
yuqori estetik, istemolchilik va himoya xususiyatlariga ega bo‘lgan termoplastik elastomer kompozisiyali taglik materialni agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun mo‘ljallangan maxsus poyabzal iziga yuqori bosim ostida quyma usulda biriktirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun maxsus poyabzal tagligi ratsional konstruksiyasi va samarali texnologiyasini ishlab chiqish hamda poyabzal iziga yuqori bosim ostida quyma usulda biriktirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun maxsus poyabzal tagligi ratsional konstruksiyasini yaratish va uni mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarish hamda poyabzal iziga yuqori bosim ostida quyma usulda biriktirish texnologiyasi joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025 yil 01-2093-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada mehnat jarayonida ishchilarga ishonchli himoya va ergonomik nuqtai nazardan, yaxshi qulaylik yaratilgan;
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari maxsus poyabzali tagligi uchun yaratilgan termoplastik elastomer kompozisiya “Asilbek nurli kelajak” MChJ granulalar tayyorlash sexida joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025 yil 01-2093-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus poyabzal tagligi uchun termoplastik elastomer kompozisiyali material yaratilgan;
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun maxsus poyabzal tagligi ratsional konstruksiyasi, samarali ishlab chiqarish va poyabzal iziga yuqori bosim ostida quyma biriktirish texnologiyasi hamda ularning konstruktorlik - texnik hujjatlar paketi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tasarrufidagi poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJ, “Taraqqiyot Shoes” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025 yil 01-2093-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada agrosanoat klasterlari ishchi xodimlarining mehnat sharoitlari yaxshilangan, mehnat jarayonida ishchi xodimlar yuqori sifatli, arzon, ergonomik nuqtai nazardan qulay maxsus poyabzallar bilan ta’minlangan va maxsus poyabzalning ekspluatatsiya davri oshgan;
agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun yaratilgan maxsus poyabzallarni aprobatsiyasi va tadbiq etilishi “Agroklaster R-Teks Qorako‘l” MChJ, “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJ, “Taraqqiyot Shoes” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025 yil 01-2093-son sonli ma’lumotnomasi). Natijada agrosanoat klasterlari ishchi xodimlari uchun mahalliy sanoat xomashyolari asosidagi termoplastik elastomer tagliklar bilan tayyorlangan maxsus poyabzallar, mavjud “TEP” va “Stironip” rezina taglikli poyabzallarga nisbatan massasi 1,0 baravarga, taglikni poyabzal iziga birikish mustahkamligi 2,0 baravarga, emirilishga va sirpanishga qarshiligi bo‘yicha 2.0 baravarga oshishiga erishilgan.