Gulomov Laziz Xudoyberdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlash bilan birga plyonka yotqizadigan mashina yumshatkichlari parametrlarini asoslash” 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5723
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti, 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Tovashov Rustam Xo‘jaxmat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi lalmi erlarga plyonka ostida poliz ekinlari ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlashda mehnat unumdorligini oshirish va energiya-resurstejamkorlikni ta’minlaydigan mashinaning tuproqqa ag‘dargichsiz ishlov beradigan ishchi qismini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yuqori va pastki yumshatkichlar bilan jihozlangan har xil balandlikdagi chetki va o‘rta chuquryumshatkichlardan tashkil topgan mashina ishchi qismining konstruksiyasi poliz ekinlari ekiladigan yo‘lakni talablar darajasida yumshatishini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
chetki va o‘rta chuquryumshatkichlarning yuqori yumshatkichlari parametrlari 12 sm gacha yuqori qatlam tuprog‘ini sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan; 
chetki chuquryumshatkichlar pastki yumshatkichining parametrlari haydov ostidagi o‘rkachlar balandligi agrotexnik talablarda belgilangan balandlikdan katta bo‘lmasligini hisobga olgan holda asoslangan; 
har xil balandlikdagi chetki va o‘rta chuquyumshatkichlar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar ularni tuproq bilan ta’sirlashish zonalari va palaxsalarni sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlash bilan birga plyonka yotqizadigan mashinaning tuproqqa ag‘dargichsiz ishlov beradigan ishchi qismining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poliz ekinlari ekish uchun tuproqqa ishlov berish quroliga Rossiya Federatsiyasining intellektual mulk bo‘yicha Federal xizmatining foydali modelga patenti olingan (“Pochvoobrabativayushee orudie dlya baxchevodstva”, patent RU 205451-2021 y.). Natijada plyonka yotqiziladigan yo‘lakka ishlov beradigan va uni ekishga tayyorlaydigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash bilan birga plyonka yotqizadigan mashinaga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 05/04-04-363-son ma’lumotnomasi). Natijada, plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni agrotexnik talablar darajasida tayyorlash bilan birga plyonka yotqizishni amalga oshiradigan yuqori ish sifatli mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash bilan birga plyonka yotqizadigan mashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi         05/04-04-363-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash bilan birga plyonka yotqizadigan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.
plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash bilan birga plyonka yotqizish uchun mashina O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Qashqadaryo viloyati Qamashi va Ko‘kdala tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 05/04-04-363-son ma’lumotnomasi). Natijada plyonka ostiga poliz ekinlarini ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlash bilan birga plyonka yotqizishda yonilg‘i sarfi 31,88 foizga va foydalanishdagi xarajatlar esa 28,79 foizga kamaygan

Yangiliklarga obuna bo‘lish