Tojimatova Zulayxo Abdug‘affor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davr va adabiy jarayonda ayol ijodkor shaxsi (Maqsuda Ergasheva ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.4.PhD/Fil5987
Ilmiy rahbar: Habibullo Jo‘raev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Tursunova Farida G‘anievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: davr va adabiy jarayondagi ayol ijodkor shaxsi va uning o‘ziga xosligini Maqsuda Ergasheva ijodi misolida tahlil va tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek adabiyotida ayol ijodkor shaxsi, uning shakllanish bosqichlari, shakliy-kompozision, nutqiy-uslubiy va faqat ayollar adabiyotiga xos individual uslubi, poetik mahoratda soddalik, tushunarlilik, ayol mavzusi hamda ma’rifatparvarlik g‘oyalaridagi mushtaraklik va o‘ziga xos yondashuvlar davrlashtirish tamoyili asosida aniqlangan;
davr va muhit, biografik bosqichlar va adabiy ta’sir ayol ijodkor shaxsini shakllantiruvchi muhim omillardan ekanligi Maqsuda Ergasheva shaxsiyati misolida tarixiy-biografik aspektda, ijodining ahamiyati ijtimoiy-madaniy muhit aloqadorligida asoslangan;
shoira she’riyatining poetik xususiyatlari, ayol qalbi dialektikasi tasvirida ijodiy individuallikning namoyon bo‘lishi, obraz yaratishda muallif shaxsining akslanishi, ijoidkor ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ifodalovchi isyonkor mavzu va g‘oyalar adabiy paradoks, gradatsiya kabi badiiy-tasviriy vositalar asosida dalillangan;
Maqsuda Ergasheva nasriy asarlaridagi ijodkor shaxs va ijtimoiy muhit tasvirida biografik “men” va ijodiy “men” aloqadorligi, davr manzaralarini aks ettirishda detallarning funksionalligi, fol`klorizmlarning qahramon psixologik tasvirda ijodkor nuqtai nazarini ifodalashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davr va adabiy jarayonda ayol ijodkor shaxsi mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek adabiyotida ayol ijodkor shaxsi, uning shakllanish bosqichlari, shakliy-kompozision, nutqiy-uslubiy hamda faqat ayollar adabiyotiga xos individual uslubi, poetik mahoratda soddalik, tushunarlilik, ayol mavzusi va ma’rifatparvarlik g‘oyalaridagi mushtaraklik va o‘ziga xosliklar davrlashtirish tamoyili asosida belgilanganligiga oid ilmiy-nazariy fikrlar va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 01/504-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan ilmiy-nazariy yangiliklar ahamiyati ortgan.
shoira she’riyatining poetik xususiyatlari, ayol qalbi dialektikasi tasvirida ijodiy individuallikning namoyon bo‘lishi, obraz yaratishda muallif shaxsining akslanishi, ijoidkor ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ifodalovchi isyonkor mavzu va g‘oyalar adabiy parodoks, gradatsiya kabi badiiy-tasviriy vositalar asosida dalillanganligiga doir nazariy fikrlardan 2015-2017-yillarda bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda jumladan, 2017-yilda “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmani tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 21-iyun`.dagi 04/3325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma saviyasi oshgan;
Maqsuda Ergasheva nasriy asarlaridagi ijodkor shaxs va ijtimoiy muhit tasvirida biografik “men” va ijodiy “men” aloqadorligi, davr manzaralarini aks ettirishda detallarning funksionalligi, fol`klorizmlarning qahramon psixologik tasvirda ijodkor nuqtayi nazarini ifodalashi yoritilganligiga oid mulohazalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Maxsus reportaj”, “Jarayon”, “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari hamda “Yoshlar kundaligi” nomli radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Teleradiokompaniyasi Farg‘ona Viloyat Teleradiokompaniyasining 2024-yil
21-iyundagi 118-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan.