Umarov Ismoiljon Olimjonvichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7554.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Turaxanov Akrom Abdullahakimovcih, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar Uraimov Sanjar Ro‘zimatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professori; Murodov Adham Ilhom o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish jarayoni tuzilmasi o‘zaro bir-biri bilan aloqadorlikka ega kognitiv, faoliyatli, aksiologik komponentlarni mezonli ko‘rsatkichlar bilan moslashuvchan (past), reproduktiv-vaziyatli (o‘rta),  ijodiy (yuqori) darajalarda radiant namoyon bo‘lish davriyligi tipikligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirishning samarali shartlari harbiy-kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi jismoniy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar, motivatsiya va vatanparvarlik, tajribali o‘qituvchilar, texnik ta’minot kabi harbiy ta’lim muhitini yaratish, kompetensiyaviy-modulli jihatini shaxsiy potensial bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish modelining tashkiliy komponenti nazariy va tashkiliy blokni qayta aloqaga kirishuvini ta’minlaydigan tahliliy, amaliy, umumlashtiruvchi bosqichlarda informal tarzda kiritish imkonini beruvchi pedagogik praktikum (“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti” to‘garagi)ni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish metodikasi rol o‘ynash, debat, fishbone, juftlikda ishlash, videodarslar, rivojlantiruvchi treninglarni integrativ qo‘llash, subektiv pozisiyani tarkib toptirish kabi indikatorlarni subekt-texnika munosabatlariga asoslangan o‘zaro birgalikdagi harakatlar tizimi bilan kooperativligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish jarayoni tuzilmasi o‘zaro bir-biri bilan aloqadorlikka ega kognitiv, faoliyatli, aksiologik komponentlarni mezonli ko‘rsatkichlar bilan moslashuvchan (past), reproduktiv-vaziyatli (o‘rta),  ijodiy (yuqori) darajalarda radiant namoyon bo‘lish davriyligi tipikligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “O‘t ochish tayyorgarligi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti rektorining  2023-yil 31-oktyabrdagi 525-sonli buyrug‘i, 342-525-03-raqamli nashr guvohnoma). Natijada, o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha integrativ, tashkiliy, diagnostika funksiyalari va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirishning samarali shartlari harbiy-kasbiy layoqatlilikning asosini tashkil etuvchi jismoniy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar, motivatsiya va vatanparvarlik, tajribali o‘qituvchilar, texnik ta’minot kabi harbiy ta’lim muhitini yaratish, kompetensiyaviy-modulli jihatini shaxsiy potensial bilan interiorizatsiyalashuv mexanizmini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Harbiy topografiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 839509-raqamli nashr guvohnoma). Natijada, o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha integrativ, tashkiliy, diagnostika funksiyalari va kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish metodikasi rol o‘ynash, debat, fishbone, juftlikda ishlash, videodarslar, rivojlantiruvchi treninglarni integrativ qo‘llash, subektiv pozisiyani tarkib toptirish kabi indikatorlarni subekt-texnika munosabatlariga asoslangan o‘zaro birgalikdagi harakatlar tizimi bilan kooperativligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Harbiy topografiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 839509-raqamli nashr guvohnoma). Natijada, chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘quv-jangovar sifatlarni rivojlantirish omillarini aniqlashning pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish