Madaliev Raxmiddin Ismoilovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirish texnologiyasi”, 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4353
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Akbarov Anvar Tojimatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: O‘rinova Nilufar Muxammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, metodik xususiyatlari artpedagogika bo‘yicha auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkillash jarayonida shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholashning yuqoriligi, emosionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida  aniqlashtirilgan;
talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv-motivatsion, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, xulq-atvor va emotsional-qadriyatli komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishni pedagogik modelining amaliy komponenti yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy imunitetni shakllantirishga yo‘naltirilgan modulli o‘qitish va loyiha ta’lim texnologiyalari natijaviyligi identivligining qayta aloqaga kirishuvchanlik jihatiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
artpedagogika vositasida talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish texnologiyasining mazmunli-prosessual va tashkiliy-pedagogik qismlari o‘zida kognitiv – amaliy faoliyat – refleksiya birligini aks ettirib, germenevtik ta’lim texnologiyasi, faol, interfaol metodlarning o‘zaro integratsiyasini individual va integral kognitivlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik, metodik xususiyatlari artpedagogika bo‘yicha auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkillash jarayonida shaxsiy refleksiya va mustaqillikning namoyon bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholashning yuqoriligi, emosionallik va aqliy yondashuvlarning uyg‘unligini ta’minlay olish bilan ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yunogogika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-212-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv-motivatsion, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, xulq-atvor va emotsional-qadriyatli komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan pedagogika ta’lim 
yo‘nalishi talabalari uchun “Yunogogika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-212-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishning mazmuni va didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
artpedagogika vositasida talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirish texnologiyasining mazmunli-prosessual va tashkiliy-pedagogik qismlari o‘zida kognitiv – amaliy faoliyat – refleksiya birligini aks ettirib, germenevtik ta’lim texnologiyasi, faol, interfaol metodlarning o‘zaro integratsiyasini individual va integral kognitivlik darajasi barqarorligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Yunogogika” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-212-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish