Baxritdinov Sherzodbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oziq-ovqat sanoati korxonalarini raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4323.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Yuldasheva Nulufarxon Abduvoxidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Baxridinov Nodirbek Zamiridinovich iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini mahsulot sifati, marketing faoliyati, innovatsion salohiyat, brend ishonch-liligi va boshqaruv samaradorligidan iborat besh komponentga asoslangan o‘rtacha raqobatbardoshlikka (R) muvofiq holda past (1.20 ≤ R < 1.27), o‘rtacha (1.27 ≤ R < 1.34) va yuqori (1.34 ≤ R ≤ 1.37) raqobatbardoshlik darajasi asosida segmentli baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda uch blokdan iborat strategik yondashuvga ko‘ra - texnologik yangilanish samara-dorligi (K1=0,32, V1=0,89), mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish (K2=0,45, V2=0,91) va innovatsiyalarni joriy etish (K3=0,23, V3=0,72) darajalari integratsiyasinini kuchaytirish zarurati asoslangan; 
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va oziq-ovqat sanoati mahsu-lotlari raqobatbardoshligini oshirishda “franchayzing” shartnomsi asosida xalqaro nufuzga ega brendlar bilan milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi kichik sanoat korxonalari, sohada bandlarning soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari borasida olingan natijalar asosida:
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini mahsulot sifati, marketing faoliyati, innovatsion salohiyat, brend ishonchliligi va boshqaruv samaradorligidan iborat besh komponentga asoslangan o‘rtacha raqobatbardoshlik-ka (R) muvofiq holda past (1.20 ≤ R < 1.27), o‘rtacha (1.27 ≤ R < 1.34) va yuqori (1.34 ≤ R ≤ 1.37) raqobatbardoshlik darajasi asosida segmentli baholashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi “Shaxrixon non” XK, “Magnit savdo ishonchi” MChJ, “Toshkent Premium”. MChJlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 21-avgustdagi №21-87/08-25-sonli ma’lumotnoma). Taklif oziq-ovqat sanoati subektlarining ichki va tashqi bozordagi holati va raqobat ustunliklarini baholash aniqligini oshirish asosida strategik boshqaruv qarorinining asoslilik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda uch blokdan iborat strategik yondashuvga ko‘ra - texnologik yangilanish samaradorligi (K1=0,32, V1=0,89), mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish (K2=0,45, V2=0,91) va innovatsiyalarni joriy etish (K3=0,23, V3=0,72) darajalari integratsiyasinini kuchaytirish zarurati bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi “Shaxrixon non” XK, “Magnit savdo ishonchi” MChJ, “Toshkent Premium”. MChJlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 21-avgustdagi №21-87/08-25-sonli ma’lumotnoma). Taklif ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, mahsulotlar assor-timentini kengaytirish ichki va tashqi bozorlarning turli segmentlariga moslashuvchanlik va eksportbop mahsulotlar ulushini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va oziq-ovqat sanoati mahsu-lotlari raqobatbardoshligini oshirishda “franchayzing” shartnomsi asosida xalqaro nufuzga ega brendlar bilan milliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi “Shaxrixon non” XK, “Magnit savdo ishonchi” MChJ, “Toshkent Premium”. MChJlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 21-avgustdagi №21-87/08-25-sonli ma’lumotnoma). Taklif ilg‘or menejment usullariga ko‘ra oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini 5 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi kichik sanoat korxonalari, sohada bandlarning soni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibidagi “Shaxrixon non” XK, “Magnit savdo ishonchi” MChJ, “Toshkent Premium”. MChJlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 21-avgustdagi №21-87/08-25-sonli ma’lumotnoma). Taklif oziq-ovqat sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari va sohani barqaror rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkoniyat-larini amaliy-uslubiy jihatdan kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish