Meliqo‘ziev Azizjon Adxamjon o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyoti”. 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/27.09.2024.Ped.05.10.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
         Ilmiy rahbar: Uraimov Sanjar Ruzmatovich pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.10. 
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti  professori,  psixologiya fanlari doktori (DSc) G‘ofurov Azizbek Umarjonovich; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Tursunov Shuhrat Sabitjanovich. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik asoslarni takomillashtirishdan iborat.. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
FA/3 yondashuviga tayanib, 11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari latent strukturasini o‘rganish va ularni kuch, tezlik, koordinatsiya va chidamlilik kabi asosiy omillar bo‘yicha tasniflash metodikasi ishlab chiqildi hamda tahlil natijalariga ko‘ra, fosfagen energiya tizimi uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli, yuqori intensivlikdagi mashqlar birinchi bosqichda ustun qo‘llanilib, mashg‘ulot rejasi ilmiy asosda periodizatsiya qilindi;
K 3×4 murakkab siklida yuklamalarni iterativ tarzda yangilab, musobaqagacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayonini to‘lqin modeli asosida boshqarish konsepsiyasi ishlab chiqish hisobiga sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik dinamikasi tezlashtirildi va uzoq muddatli rivojlanish traektoriyasi individual fiziologik imkoniyatlarga mos     holda optimallashtirildi; 
sportchilarning mushak‑skelet tizimining etilishi, biologik yoshi hamda funksional holatini baholashga asoslangan yuklama ko‘rsatkichlarini individual rejalashtirish va mashqlar murakkabligini darajalash tizimi taklif etildi hamda mazkur yondashuv jarohatlar xavfini pasaytirib, sportchilar motivatsiyasini va mashg‘ulotlarda ishtirok davomiyligini sezilarli darajada oshirdi;
faktor yuklamalari, Z‑ball standartlashtirish va guruhlararo solishtirishlarni integratsiya qilgan statistik tahlil dasturi ishlab chiqildi va bu tahlil an’anaviy trening dasturlari bilan taqqoslaganda ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ustunligini va musobaqaviy tayyorgarlik mezonlarining sezilarli o‘sishini ilmiy asosda isbotladi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini sport mashg‘ulotlari jarayonida oshirish bo‘yicha qo‘llaniladigan innovatsion uslubiyatlarni asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda olingan ilmiy natijalar asosida:
11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlarini omilli tahlil qilish yordamida tizimlashtirish metodikasi doirasida ishlab chiqilgan mashg‘ulot dasturi, jismoniy tayyorgarlikka ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillarni (kuch, tezlik, koordinatsiya, chidamlilik) aniqlash orqali mashg‘ulot rejasini ilmiy jihatdan shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 1-son sport maktabi erkin kurashchilarining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 02-16/7649-sonli dalolatnomasi). Natijada, kurashchilarning kuch sifati, tayanch-harakat apparati koordinatsiyasi va texnik-taktik mahorati darajalari 18,3%ga yaxshilangan;
11-15 yoshli erkin kurashchilarning jismoniy rivojlanish sur’atini muntazam test sinovlari asosida doimiy monitoring qilish yordamida real vaqt rejimidagi mashg‘ulot dasturi, jarohatlarni oldini olish, sport motivatsiyasini mustahkamlash va individual yuklamani belgilash bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy tavsiyalar yuzasidan taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar sport maktabi erkin kurashchilarining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 02-16/7649-sonli dalolatnomasi). Natijada, kurashchilarning o‘quv yili davomidagi kuch, tezkorlik va chidamlilik sifatlari ko‘rsatkichlari 17,9%ga oshgan;
11-15 yoshli erkin kurashchilarning biologik xususiyatlarini (mushak-suyak tizimini rivojlanishi, gormonal o‘zgarishlarni) inobatga olgan holda differensial yondashuvni qo‘llash usullarini takomillashtirish, har bir sportchining anatomik-fiziologik xususiyatiga mos mashg‘ulot hajmi va murakkabligini belgilash orqali, ularning individual jismoniy sifatlarini bosqichma-bosqich va xavfsiz rivojlantirish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani sport maktabi erkin kurashchilarining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 17-iyuldagi 02-16/7649-sonli dalolatnomasi). Natijada, kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 15,2 %ga oshgan, musobaqalar vaqtida engil jarohatlar olishi 25%ga kamaygan;
11-15 yoshli erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini an’anaviy va omilli tahlil qilish asosida, ularning jismoniy sifatlarini statistik jihatdan qiyoslash uslubiyatini, bir yillik tajribaviy dastur doirasida kuch, chidamlilik, tezlik va koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishning ustivorligi samaradorligi yuzasidan taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi tomonidan e’tirof etilgan va viloyatdagi barcha sport maktablarida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Natijada, viloyatdagi sport maktablarida shug‘ullanadigan yosh kurashchilarning musobaqa tayyorgarligi mezonlarida (kuch, chidamlilik, refleks, chaqqonlik) ko‘rsatkichlari 12,4%ga etgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish