Qodirova Mavluda Baxodir qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ped7843
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘jamberdieva Shaxnoza Ko‘paysinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlardan foydalanib shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va ta’lim jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslash.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning mazmun-mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlari talaba shaxsining ma’naviy-axloqiy, intelektual, irodaviy va emotsional xususiyatlariga badiiy obrazlar orqali ta’sir mexanizmlarining psixopedagogik dinamikasini konseptual tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini tashkil etish metodikasi ijtimoiy va tarixiy vorislik, irodaviy faollik, an’analar va innovatsion g‘oyalar birligi hamda badiiy-tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda o‘zaro integratsiyalash va tizimli ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning metodik ta’minoti badiiy-interpretatsion topshiriqlar, integrativ-ijodiy loyihalar, vizual-interaktiv simulyasiya va amaliy-modellashtirish texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari va amaliy-texnologik xususiyatlarini aniqlash sinergetik hamda kreativ-innovatsion yondashuv g‘oyalari asosida takomillashtirilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarini rivojlantirish istiqbolini belgilovchi ilmiy-metodik tavsiyalar tadqiqotning yetakchi nazariy g‘oyalari hamda muhim amaliy natijalariga tayangan holda badiiy-tarixiy meros va zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘zaro ta’siri asosida ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning mazmun-mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlari talaba shaxsining ma’naviy-axloqiy, intelektual, irodaviy va emotsional xususiyatlariga badiiy obrazlar orqali ta’sir mexanizmlarining psixopedagogik dinamikasini konseptual tahlil qilish orqali aniqlashtirishga oid takliflardan 2024-yilning mart va sentyabr oylarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” davlat muassasasi teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat muassasasi 04-36-1145/2024.28.10 dalolatnomasi). Natijada talabalarda ona vatanga sadoqat, axloqiy-ruhiy, kasbiy va shaxsiy kompetensiyalar shakllanishiga erishilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini tashkil etish metodikasi ijtimoiy va tarixiy vorislik, irodaviy faollik, an’analar va innovatsion g‘oyalar birligi hamda badiiy-tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda o‘zaro integratsiyalash va tizimli ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirish asosidagi takliflaridan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 03 10. 2024-yil 4/17.4/4-4-19017-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarida muammoli va interfaol ta’lim, shuningdek, loyiha texnologiyalari kabi novatsion ta’lim turlarining didaktik imkoniyatlariga tayangan holda takomillashtirilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarni rivojlantirishning metodik ta’minoti badiiy-interpretatsion topshiriqlar, integrativ-ijodiy loyihalar, vizual-interaktiv simulyasiya va amaliy-modellashtirish texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari va amaliy-texnologik xususiyatlarini aniqlash sinergetik hamda kreativ-innovatsion yondashuv g‘oyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflaridan Oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” darsligiga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy-tarixiy asarlar vositasida bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga erishilgan va ularni shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning samarali shakllari (turnir-viktorina, muammoli topshiriq, xronologik yodnoma, psixologik portret), keys-stadi (case study) metodlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan;
Bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlar vositasida shaxsiy sifatlarini rivojlantirish istiqbolini belgilovchi ilmiy-metodik tavsiyalar tadqiqotning yetakchi nazariy g‘oyalari hamda muhim amaliy natijalariga tayangan holda badiiy-tarixiy meros va zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘zaro ta’siri asosida ishlab chiqilib foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomli milliy universiteti 2021-2022 yillar davomida bajarilgan A-OT 2021– 11 raqamli “O‘zbek xalqining diniy va milliy qadriyat konsepsiyasining elektron transdiseplinar” platformasini yaratish nomli amaliy loyihasi ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-tarixiy asarlar orqali bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga erishilgan hamda tarbiya tizimining samaradorlik darajasi oshgan.