Abdirayimov Anvarjon Oribjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi sonlarning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5450. 
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.07.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Shodiya Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abdurahmanov Shavkat Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi birlik sonlarning lingvomadaniy aspektini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlik sonlar paydo bo‘lishining falsafiy, matematik, mifologik asoslarini ochish asnosida mazkur sonlarning lingvistik imkoniyatlari diaxron nuqtayi nazardan tizimli ochib berilgan;
sonlarga ramziy mazmun berilishida milliy tafakkur va an’analarning yetakchi omil ekanligi aniqlanib, milliy madaniyat, og‘zaki nutq, shevalar, urf-odat va udumlarda birlik sonlarga xos xalqona ramziylik ifodalari lingvomadaniy jihatdan dalillangan; 
madaniyatlararo muloqot jarayonida sonlardan foydalanish milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi omil ekanligi, sonlar har bir xalq uchun milliy-madaniy va sotsiopragmatik mazmun kasb etishi ilmiy dalillar bilan asoslangan;
o‘zbek lingvomadaniy muhitida sonlarning olam lisoniy manzarasini aks ettirishdagi roli, xalq og‘zaki ijodida shakllangan ramziyligi, shuningdek, ularning turg‘un ifodalar, maqollar, matallar va frazeologik birliklar tarkibida xalq tafakkuri, qadriyatlar tizimi va milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi omil sifatidagi o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi sonlarning lingvokulturologik tadqiqini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi birlik sonlarning paydo bo‘lish asoslari, ularning qadimgi insonlar matematik tasavvurlari asosida shakllanish bosqichlari hamda etimologik ko‘rinishlari to‘g‘risidagi xulosalaridan 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan. (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 20-yanvardagi 62/04-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning nazariy dalillanishi, tarixiy madaniyatni ochib berishi, ta’lim jarayonida samaradorligi yanada ortgan;
sonlarga ramziy mazmun berilishida milliy tafakkur va an’analarning yetakchi omil ekanligi aniqlanib, milliy madaniyat, og‘zaki nutq, shevalar, urf-odat va udumlarda birlik sonlarga xos xalqona ramziylik ifodalari lingvomadaniy xususiyatlariga oid fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” eshittirishi ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-133 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy-amaliy ahamiyati ortib, mukammal holatga kelgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan;
madaniyatlararo muloqot jarayonida sonlardan foydalanish milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi omil ekanligi, sonlar har bir xalq uchun milliy-madaniy va sotsiopragmatik mazmun kasb etishiga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining “Bir asar tarixi”, “Adabiyot gulshani” dasturlari ssenariylarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanali”  davlat muassasasining 2025-yil 10-fevraldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish