Mamadaliev Qodirjon Qobuljonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘inomi): “Agroklasterlar faoliyatini moliyalashtirish tizimini  takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2439. 
Ilmiy rahbar: Qobulov Hotamjon Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda agroklasterlar faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yo‘llariga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fyuchers shartnomalari asosida paxta maxsus xom ashyosini etishtirish va yig‘im-terimi uchun agroklasterlarni davlat jamg‘armasi hisobidan qisqa muddatli, tegishli shartlardagi kredit asosida moliyalashtirish tartibi taklif etilgan;
agloklasterlarning innovatsion rivojlanish strategiyasidagi ishtiroki vazifalari samarali ijrosini taʼminlash maqsadida  xususiy ishlanma va tadqiqotlar loyihalarini joriy etilgan maxsus qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari (co-finance)ning faol ishtirokida davlat va mahalliy byudjet (35 foiz), “qishloq xo‘jaligi erlari holatini yaxshilash” fondi (35 foiz), qishloq xo‘jaligi subektlarining o‘z mablag‘lari  (30 foiz) hisobidan kompleks moliyalashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i  bo‘yicha imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish orqali qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjirining o‘sish surʼati bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan bazaviy, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlaridan agroklasterlar faoliyatida foydalanish taklif etilgan;
agroklasterlar ishtirokchilari faoliyatini moliyalashtirishning davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishdagi muhim mezon sifatida yer resurslaridan foydalanish holati va ekologik amaliyot zarur shartlari(GAEP)ga ustuvorlik berish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroklasterlar faoliyatini moliyalashtirish tizimini  takomillashtirish yo‘llari yuzasidan olingan ilmiy takliflar asosida:
fyuchers shartnomalari asosida paxta xom ashyosini etishtirish va yig‘im-terimi uchun agroklasterlarni davlat maxsus jamg‘armasi hisobidan qisqa muddatli, tegishli shartlardagi kredit asosida moliyalashtirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 dekabrdagi  “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/04-04-222-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2025 yil hosilidan boshlab agroklasterlarga paxta xom ashyosini etishtirish va yig‘im-terimi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kredit resurslari hisobidan har yili 720 mlrd.so‘m mablag‘ imtiyozli shartlarda taqdim etiladigan bo‘ldi;
agroklasterlarning innovatsion rivojlanish strategiyasidagi ishtiroki vazifalari samarali ijrosini taʼminlash maqsadida  xususiy ishlanma va tadqiqotlar loyihalarini joriy etilgan maxsus qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari (co-finance)ning faol ishtirokida davlat va mahalliy byudjet (35 foiz), “qishloq xo‘jaligi erlari holatini yaxshilash” fondi (35 foiz), qishloq xo‘jaligi subektlarining o‘z mablag‘lari  (30 foiz) hisobidan kompleks moliyalashtirishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165 sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi 4.2-bandining 11-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/04-04-222-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-2024 yillar yakuni bo‘yicha mamlakatimiz agroklasterlarida innovatsion loyihalarda 1,3 trln.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirilganligi bois zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida er resurslaridan foydalanish imkoniyatlari 3,1 foizga oshdi, foydalanilayotgan ekin maydonlari unumdorligining 4,3 foiz o‘sishiga erishildi, degradatsiyaga uchragan qishloq xo‘jaligi erlari 3,5 foizining holatini yaxshilash va ularning zararlanishini oldini olishga erishildi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i  bo‘yicha imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish orqali qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjirining o‘sish surʼati bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan bazaviy, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlaridan agroklasterlar faoliyatida foydalanishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 dekabrdagi  “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/04-04-222-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024 yildan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari QQS to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni ellik gektardan yigirma besh gektargacha pasaytirilishi hisobiga bu guruh soliq to‘lovchilari soni 27,2 foizga oshdi va soliq bazasi 21,8 foizga kengaydi, eksportchilar uchun QQSdan imtiyozning oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilargagina tatbiq etilishi tartibi hisobiga soliq to‘lovchilari soni 3,4 foizga oshdi va soliq bazasi 6,5 foizga kengaydi, qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat zanjirida agroklasterning ishtirokini o‘rta hisobda 5,3 foizga oshirishga erishilgan;
agroklasterlar ishtirokchilari faoliyatini moliyalashtirishning davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan foydalanishdagi muhim mezon sifatida er resurslaridan foydalanish holati va ekologik amaliyot zarur shartlari(GAEP)ga ustuvorlik berishga oid taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 10 maydagi 05/04-04-222-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2024 yil natijalariga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik  asosida agroklasterlar ishtirokchilari bo‘lmish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar soni 6,3 foizga oshgan, agroklasterlar ishtirokchilaridan davlat-xususiy sheriklik  asosida erdan foydalanuvchilar soni 11,1 foizga oshgan, ulardagi er resurslaridan foydalanish samaradorligi 4,1 foizga oshgan, ekologik rivojlanish dasturi vazifalari ijrosiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish