Ibodullaev Abrorjon Axrorjonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt849.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Haydarov Nizamiddin Hamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Usmonov Kaxramonjon Akbaralievich.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larining bir qismini yoki kreditning kamida 5 foizini mahalliy kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklif etilgan;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng kamida 7 yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizini dividend to‘lashga yo‘naltirish taklif etilgan;
uyushgan savdolarda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat berish taklif etilgan;
xorijiy investorlarga (tan olingan chet el banklari, shu jumladan kastodian banklarga) davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birlamchi diler faoliyatini olib borish imkoniyatini yaratish taklif etilgan;
qimmatli qog‘ozlar egalariga qimmatli qog‘ozlar daromadlari emitent bilan markaziy depozitariy o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida markaziy depozitariy tomonidan to‘lanishi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larining bir qismini yoki kreditning kamida 5 foizini mahalliy kapital bozorida korporativ obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son Qarori bilan tasdiqlangan “2023 – 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi””ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-maydagi 03/09-1-17/1787-son ma’lumotnomasi). Natijada 2024-yil yakunlariga ko‘ra fond bozorining uyushgan savdo tizimi hisoblangan – “Toshkent” RFB korporativ obligatsiyalar bozori segmentida savdo hajmining o‘sishiga erishilgan; 
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan so‘ng kamida 7 yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizini dividend to‘lashga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi PQ-291-son Qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-maydagi 03/09-1-17/1787-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yilda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlar 26 017 mlrd. so‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 16,9 foizga oshishiga erishilgan;
uyushgan savdolarda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi PQ-291-son Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kapital bozorida chet ellik ishtirokchilarning faoliyati va operatsiyalariga doir alohida qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-maydagi 03/09-1-17/1787-son ma’lumotnomasi). Natijada norezident yuridik shaxslar uchun milliy valyutada hisobvaraqlar ochishni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda investision salohiyatni yanada rivojlantirishga, sarmoyalar oqimini ko‘paytirishga va qimmatli qog‘ozlar bozori raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan;
xorijiy investorlarga (tan olingan chet el banklari, shu jumladan kastodian banklarga) davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birlamchi diler faoliyatini olib borish imkoniyatini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son Qarori bilan tasdiqlangan “2023 — 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi””ini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 1-maydagi 03/09-1-17/1787-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy investorlarga davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birlamchi diler faoliyatini olib borish imkoniyatini yaratishga, mahalliy bozorni rivojlantirishga hamda xorijiy investorlar bilan aloqalarni mustahkamlashga erishilgan;
qimmatli qog‘ozlar egalariga qimmatli qog‘ozlar daromadlari emitent bilan markaziy depozitariy o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida markaziy depozitariy tomonidan to‘lanishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2024-yil 28-iyunda 3523-son bilan ro‘yxatga olingan “Qimmatli qog‘ozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) to‘lovlarini “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investisiya vositachilari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2025-yil 3-apreldagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada investorlarga daromad o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi hamda investorlar huquqlari yanada yaxshiroq himoya qilinishi ta’minlanishiga erishilib, 2023-yil yakunida Markaziy depozitariy tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori 1,1 trln. so‘mga etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish