Nurdinova Raziyaxon Abdixalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Generator tipidagi fotoqabul qiluvchi qurilmani yaratish», 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T576.
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.30.08.2018.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Adukadirov Muxitdin Abdurashitovich, texnika fanlari doktori, professor;Raxmanov Anvarjon Tojiboevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis va indiy diselenidi qatlamlari asosida generator tipidagi fotoqabul qiluvchi qurilmani yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oltingugurt va selen izovalent kirishmalar bilan legirlangan CuInSe2 yarimo‘tkazgich birikmalari asosidagi yangi anomal fotovol`taik kuchlanishga ega elementlarning olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mis va indiy diselenidlari tarkibiy munosabatlarini va materialini tanlashni optimallashtirish yo‘li bilan parametrlari boshqariladigan va qayta takrorlanuv-chanlik imkoniga ega anomal fotovol`taik kuchlanish effektli qatlamlar olingan;
CuInSe2 yarimo‘tkazgich qatlamlar asosidagi anomal fotovol`taik kuchlanish elementlaridagi fotokuchlanishlar qiymati (300 V) ma’lum tellurid vismut va surma asosidagi qatlamlaridagidan 2 darajaga ko‘pligi aniqlangan;
strukturalar frontal yoritilganda fotosezuvchanlik qatlamining chuqurligi bo‘yicha kirishmalarning joylashishi bir jinsli emasligi hisobiga anomal fotovol`taik kuchlanish, fotoelektret holat kuchlanishi, fotomagnit effekt kuchlanishi maksimumlari qisqa to‘lqin uzunligi tomoniga siljishi aniqlangan;
anomal fotokuchlanish qatlamlari komponetlarini bosqichma-bosqich o‘tqazishni va qo‘shimcha kirishmalarni vakuumli changlatishni ta’minlaydigan ikki bug‘latgichli qurilma yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilmani yaratish asosida:
mis va indiy diselenidi qatlamlari asosida yaratilgan generator tipidagi fotoqabul qilgich qurilma, «Elektroshok» ma’suliyati cheklangan jamiyatda, anomal fotovol`taik kuchlanishga ega elementlarning harakatdagi maketi ko‘rinishida elektrostatik maydonda ishlovchi asbob va qurilmalarning alohida qismlari uchun kuchlanish manbai sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining Andijon viloyati xududiy boshqarmasining 2019 yil 7 yanvardagi 8.01.19-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi alohida energiyaga bog‘liq bo‘lmagan qismlarni ishlab chiqishga va o‘lchash qurilmalarning o‘lchamlarini ixchamlashtirish imkonini bergan;
optik nur manbaiga ega bo‘lgan kvant generatori uchun halqaro miqyosdagi mualliflik huquqini beruvchi ES-01-001725 raqamli sertifikat olingan (2018 yil 18 may, Berlin, Germaniya). Bu tashqi energiya manbaiga ega bo‘lmagan kvant generatorining saralovchi sistemasini yaratish imkonini bergan.