Yuldashev Mo‘zaffar Abduvaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda quyi anorektal nuqsonlarni tashxislash va jarroxlik usulida davolashni asoslash», 14.00.35 – «Bolalar xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2021.4.PhD/Tib2325.
Ilmiy rahbar: Gafurov Adxam Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibullo Ataulaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ollobergenov Odiljon Tojidinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda quyi anorektal nuqsonlarni tashxislash sifatini oshirish, bir bosqichli jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali operatsiyadan keyingi natijalar hamda hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anorektal mal`formatsiyalarning anatomik shaklini tashxislashda pron-lateral rentgenografiya va transperineal exosonografiya usullarining diagnostik samaradorligi ularning 92,3-97,0% sezuvchanlik va 85,7-100% maxsuslikda 24 soatgacha erta muddatlarda, ortiqcha nurli yuklamasiz tashxis aniqligini 20% ga oshirishi bilan isbotlangan;
quyi anorektal nuqsonlarda taklif qilingan bir bosqichli texnik takomillashtirilgan anorektoplastika usullarining xirurgik samaradorligi operatsiya vaqtini 89,4±9,82 daqiqaga, qon yo‘qotish hajmini 108,6±36,7 ml gacha kamaytirishi, asoratlanish darajasini 25,0% dan 10,2% gacha kamaytirish, funksional natijalarni 1,5 marta oshirishi aniqlangan;
uzoq muddatli kuzatuvlarda BCS (11,61±4,41) hamda PedsQL (91,0±3,2) shkalalari natijalarida uzviy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi taklif qilingan taktik va texnik yondashuvlarning bemorlarda funksional samaradorlik va hayot sifatini yaxshilashi isbotlangan; 
anorektal mal`formatsiyalar diagnostikasida zamonaviy vizualizatsiya va xirurgik davolashda takomillashtirilgan bir bosqichli radikal usullarni o‘z ichiga olgan diagnostik-taktik algoritmning samaradorligi asossiz xirurgik aralashuvlar soni, asoratlar xavfini kamaytirishi va uzoq muddatli klinik hamda funksional natijalarni yaxshilash imkonini berishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quyi ARM aniqlangan bemor bolalarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: anorektal mal`formatsiyalarning anatomik shaklini tashxislashda pron-lateral rentgenografiya va transperineal exosonografiya usullarining diagnostik samaradorligi ularning 92,3-97,0% sezuvchanlik va 85,7-100% maxsuslikda 24 soatgacha erta muddatlarda, ortiqcha nurli yuklamasiz tashxis aniqligini 20% ga oshirishi bilan isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-87/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlarda anus atreziyasini tashxislashda transperineal exosonografiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 16-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi 12/k-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 16 apreldagi 000122-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: anorektal mal`formatsiyalarning anatomik shaklini pron-lateral rentgenografiya va transperineal exosonografiya yordamida erta muddatlarda yuqori aniqlikda aniqlash va ortiqcha bosqichli amaliyotlardan qochish imkoniyati bolalarning hayot sifatini oshirish, ota-onalarning psixoemotsional barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy rentgenologik tekshiruv har bir bemor uchun o‘rtacha 172000 so‘m xarajat talab etsa, transperineal exosonografiya usulida bu ko‘rsatkich 21000 so‘mni tashkil qiladi. Ya’ni bir bemor hisobida 151000 so‘mgacha xarajatlar qisqarishi mumkin. Bir yilda o‘rtacha 22 ta bemor tekshiruvdan o‘tkazilishini hisobga olsak, umumiy iqtisodiy samaradorlik bir muassasa uchun 3322000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, erta tashxis asosida bir bosqichli operatsiya bajarilgan bemorlarda shifoxonada bo‘lish muddati o‘rtacha 6 kunni, ikki bosqichli operatsiyalarda esa 14 kundan ortiqni tashkil etadi. Bir bemor uchun shifoxona xarajatlari aniq hisob-kitoblarga ko‘ra o‘rtacha 3355800 so‘mgacha iqtisod qilinishi mumkin. Agar 20–22 nafar bemor hisobga olinsa, umumiy iqtisodiy samaradorlik yiliga taxminan 67116000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalangan holda erta tashxis va maqsadli jarrohlik taktikasi amalga oshirilishi bolalarda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ortiqcha bosqichli amaliyotlar uchun sarflanadigan mablag‘larni sezilarli iqtisod qilishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: quyi anorektal nuqsonlarda taklif qilingan bir bosqichli texnik takomillashtirilgan anorektoplastika usullarining xirurgik samaradorligi operatsiya vaqtini 89,4±9,82 daqiqaga, qon yo‘qotish hajmini 108,6±36,7 ml gacha kamaytirishi, asoratlanish darajasini 25,0% dan 10,2% gacha kamaytirish, funksional natijalarni 1,5 marta oshirish imkonini berganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-87/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlarda anus atreziyasini tashxislashda transperineal exosonografiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 16-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi 12/k-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 16 apreldagi 000122-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: bir bosqichli takomillashtirilgan anorektoplastika usuli quyi anorektal nuqsonlarda operatsiya vaqti, qon yo‘qotish hajmi va asoratlanish darajasini kamaytirish hamda qoniqarli funksional natijalarga erishish imkonini bergan. Bu esa bolalarda qayta operatsiya ehtiyojini kamaytiradi, asoratlar orqali uzoq muddatli davolashga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan bir bosqichli usulda operatsiya vaqti an’anaviy usuldagi taxminan 120 daqiqadan 89,4 daqiqagacha qisqaradi. Bu 30,6 daqiqalik tejamkorlikka to‘g‘ri keladi. Operatsion blokda 1 daqiqaning qiymati 12432 so‘m deb belgilanganda, vaqt hisobidan har bir bemorga taxminan 380419 so‘m iqtisod shakllanadi. Vaqtning qisqarishi anesteziologik vositalar, dori-darmon sarfi va operatsion jamoaning ish vaqti xarajatlarini ham avtomatik ravishda kamaytiradi. Qon yo‘qotish hajmi an’anaviy yondashuvdan 50% a kamyishi qon quyish ehtiyojini bartaraf qiladi, qon bilan bog‘liq bevosita xarajatlar har bir bemor uchun qisqaradi, shu bilan birga gemotransfuziya bilan bog‘liq xavflar  ham kamayadi. Asoratlanish darajasi takomillashtirilgan usulda pasayishi, qayta operatsiyalar, uzoq koyka-kun va qo‘shimcha dori vositalariga ehtiyojni sezilarli ravishda qisqartiradi. Bir asoratni bartaraf etish o‘rtacha 3000000 so‘mga tushishi e’tiborga olinsa, asoratlar 14,8% ga kamayishi 100 nafar bemor kesimida 45000000 so‘mlik tejamkorlikka to‘g‘ri keladi, bu bir bemorga hisoblaganda o‘rtacha 450000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: an’anaviy ko‘p bosqichli yondashuvga nisbatan takomillashtirilgan bir bosqichli anorektoplastika tibbiy natijalarni yaxshilash bilan birga, vaqt, qon mahsulotlari, asoratlarni bartaraf etish va reabilitatsiya bo‘yicha xarajatlarni izchil qisqartiradi. Bu esa muassasa byudjeti uchun barqaror tejamkorlikni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: uzoq muddatli kuzatuvlarda BCS (11,61±4,41) hamda PedsQL (91,0±3,2) shkalalari natijalarida uzviy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi taklif qilingan taktik va texnik yondashuvlarning bemorlarda funksional samaradorlik va hayot sifatini yaxshilashi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-87/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlarda anus atreziyasini tashxislashda transperineal exosonografiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 16-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi 12/k-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 16 apreldagi 000122-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: uzoq muddatli kuzatuvlarda bemorlarda kontinensiya va hayot sifati shkalalariga ko‘ra baholash natijalari orasida uzviy korrelyativ bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Bu holat takomillashtirilgan anorektoplastika usullarining bemorlarda nafaqat funksional samaradorlikni oshirish, balki hayot sifatini ham sezilarli darajada yaxshilashini isbotlaydi, bemorlarda ijtimoiy moslashuv va hayotiy faoliyatning barqaror saqlanishi kelgusida jamiyatga to‘liq moslashuviga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: PedsQL natijalariga asoslanib, hayot sifati indeksi (utility index) takomillashtirilgan usulda 0,91, an’anaviy usulda esa 0,78 deb baholangan. Bu farq yiliga 0,13 indeks-yilga teng bo‘lib, 5 yillik kuzatuv davrida 0,65 QALY (Quality-Adjusted Life Year – sifatga moslashtirilgan hayot yili) qo‘shimcha yutuq beradi. 3% diskont (kelgusi yillardagi qiymatni hozirgi narxda hisoblanganda) qo‘llanganda ≈0,60 QALY saqlanadi. QALY yutuq deganda bemor davo yordamida hayotni nafaqat uzoqroq, balki yuqori sifatda o‘tkazishi tushuniladi. Operatsiya vaqti qisqarishi, qon mahsulotlari sarfi va asoratlar kamayishi bir bemorga o‘rtacha 1530419 so‘mni tashkil qilgan. Uzoq muddatli jihatdan hayot sifati oshishi natijasida yillik parvarish va reabilitatsiya xarajatlari taxminan 1250000 so‘mga kamaygan. Besh yillik hisobda (3% diskont bilan) bu ≈ 5 725000 so‘m qo‘shimcha tejam bergan. Umumiy iqtisodiy samara bir bemor hisobida ≈ 7255000 so‘mga teng bo‘lib, shu bilan birga ≈ 0,60 QALY qo‘shimcha yutuqni ta’minlaydi. Iqtisodiy talqinga ko‘ra, texik takomillashtirilgan usullaning tatbiq qilinishi xarajatlarni kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida QALY ko‘rsatkichini oshiradi. Bir qo‘shimcha QALY uchun hisoblangan pul samarasi taxminan 12,1 mln so‘mni tashkil qiladi. Xulosa. Takomillashtirilgan anorektoplastika usullari an’anaviy usullarga nisbatan bemorlarda hayot sifatini oshirib, ≈ 0,60 qo‘shimcha QALY yutuq va o‘rtacha ≈7,26 mln so‘m iqtisodiy tejamni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: anorektal mal`formatsiyalar diagnostikasida zamonaviy vizualizatsiya va xirurgik davolashda takomillashtirilgan bir bosqichli radikal usullarni o‘z ichiga olgan diagnostik-taktik algoritmning samaradorligi asossiz xirurgik aralashuvlar soni, asoratlar xavfini kamaytirishi va uzoq muddatli klinik hamda funksional natijalarni yaxshilash imkonini berishi bilan asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 dekabrda 6i-87/u-son bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlarda anus atreziyasini tashxislashda transperineal exosonografiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 29 yanvardagi 16-son  va Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025 yil 14 fevraldagi 12/k-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 16 apreldagi 000122-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: algoritm asosida amalga oshirilgan erta va aniq tashxis hamda optimal jarrohlik taktikasi bolalarda asoratlarning oldini olib, ularning sog‘lom o‘sishiga imkon beradi, nogironlik va uzoq muddatli parvarishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi orqali ijtimoiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: rentgenografiyaning bir bemorga to‘g‘ri keladigan qiymati 172000 so‘m, transperineal ul`trasonografiya (TUS) esa 21000 so‘m ekani ko‘rsatilgan; bir muassasada yillik 22 bemor tekshirilganda, umumiy xarajatlar mos ravishda 3784000 va 462000 so‘m bo‘ladi. Demak, usullar orasidagi farq - 3322000 so‘m/yil, ya’ni TUS ga o‘tish hisobidan bevosita diagnostika xarajatlari keskin qisqaradi. Shu bilan birga, TUS ning sezuvchanligi yuqori bo‘lib, bu erta va aniq tasnif orqali keyingi asossiz manipulyasiyalar xavfini kamaytiradi va umumiy sarfni yanada kamaytirdai. Bir bosqichli texnik yondashuvda  asoratlar darajasining 25,0% dan 10,2% ga pasayishi bitta asoratni bartaraf etishning o‘rtacha ≈ 3000000 so‘m ekanini inobatga olganda, bu ≈ 45000 000 so‘m/100 bemor (yoki ≈ 450000 so‘m/bemor) tejamga teng bo‘ladi. Xulosa. Algoritmning vizualizatsiya qismi bo‘yicha diagnostik xarajatlar ≈3,32 mln so‘m/yil, xirurgik qismi bo‘yicha esa har bir bemordan ≈ 1,53 mln so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilishi operatsiya uchun resurslar tejalishini ta’minaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish