Tolibov Mansur Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali obstruktiv bronxit muxitidagi atopik dermatitli bolalarda FLG gen polimorfizmining klinik va morfologik xususiyatlari” 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4448.
Ilmiy rahbarlar:  Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc),  dotsent; Narziqulov Rustam Mardonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizov Baxadir Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.                     
Yetakchi tashkilot: X.A.Yassaviy nomidagi qozok turk xalqaro universiteti (Kozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali obstruktiv bronxit qo‘shimcha atopik dermatit bilan kasallangan bolalarda FLG gen polimorfizmining klinik va morfologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisida hujayraviy giperplaziya, yadro-sitoplazmatik nisbati oshishi, sitoplazma perimetri, yadro maydoni hamda zichligining morfometrik jihatdan oshganligi, epidermisdagi morfofunksional qayta qurilish mexanizmlarining yallig‘lanish va distrofik jarayonlarga javoban kuchayish xisobiga hujayra faolligi va proliferatsiyasining ortganligi aniqlangan;
atopik dermatitda FLG geni 2282del4 mutatsiyasi gomozigota genotipi kasallikning og‘ir klinik shakllari rivojlanishiga olib kelish ehtimoli ko‘rsatildi, bu esa genetik tahlillarni atopik dermatitni erta aniqlash, og‘irlik darajasini baholash va shaxsiylashtirilgan terapiya usullarini tanlashda klinik amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
kasallikning eritematoz-skvamoz shaklida FLG genining geterozigotli 2282del4 (N/DEL) mutatsiyasi atopik dermatit guruhidagi bolalarga nisbatan, surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatit guruhida eng yuqori chastotaga ega, gomozigotli 2282del4 (DEL/DEL) genotipi mutatsiyasi esa faqat atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlar guruhida aniklangan;
tadqiqotda FLG p.R501X mutatsiyasi faqat atopik dermatitning turli klinik shakllari bo‘lgan bolalar orasida va surunkali obstruktiv bronxit bilan birgalikda kechadigan atopik dermatit geterozigot shaklida (R/X) topilgan, gomozigotli tashuvchilar (X/X) barcha tadqiqot guruhlarida, shu jumladan nazorat guruhida topilmaganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatit va surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisidagi morfologik o‘zgarishlarning morfologik, zamonaviy gistokimyoviy, laboratoriya tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish hamda bemorlar venoz qonida  FLG geni 2282del4 va p.R501X mutatsiyasi natijasida olingan ilmiy natijalarga asoslanib: 
birinchi ilmiy yangilik: surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisida hujayraviy giperplaziya, yadro-sitoplazmatik nisbati oshishi, sitoplazma perimetri, yadro maydoni hamda zichligining morfometrik jihatdan oshganligi, epidermisdagi morfofunksional qayta qurilish mexanizmlarining yallig‘lanish va distrofik jarayonlarga javoban kuchayish xisobiga hujayra faolligi va proliferatsiyasining ortganligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar “Qaytalama residivlanuvchi obstruktiv bronxit muxitida atopik dermatitli bolalar teri qoplamasini morfologik xususiyatlarini o‘rganish usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26 fevraldagi 7-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 03 aprel 2025 yildagi № 19-Sh-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialining 29 mart 2025 yildagi 45-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyun 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: atopik dermatit va surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisida hujayraviy giperplaziya, yadro-sitoplazmatik nisbati oshishi, sitoplazma perimetri, yadro maydoni hamda zichligining morfometrik jihatdan oshgani ilk bor qayd etilib, bu epidermisdagi morfofunksional qayta qurilish mexanizmlarining yallig‘lanish va distrofik jarayonlarga javoban hujayra faolligi va proliferatsiyasining ortganligi aniqlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda dermatolog shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi: atopik dermatit va surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisida hujayraviy giperplaziya, yadro-sitoplazmatik nisbati oshishi, sitoplazma perimetri, yadro maydoni hamda zichligining morfometrik jihatdan oshgani ilk bor qayd etilib, bu epidermisdagi morfofunksional qayta qurilish mexanizmlarining yallig‘lanish va distrofik jarayonlarga javoban hujayra faolligi va proliferatsiyasining ortganligi  aniqlanganligini ko‘rsatib, 400000 so‘m byudjetdan tashqari xarajatlarni tejash mumkin; Xulosa: Atopik dermatit va surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatitda bolalar terisi epidermisida hujayraviy giperplaziya, yadro-sitoplazmatik nisbati oshishi, sitoplazma perimetri, yadro maydoni hamda zichligining morfometrik jihatdan oshgani ilk bor qayd etilib, bu  epidermisdagi morfofunksional qayta qurilish mexanizmlarining yallig‘lanish va distrofik jarayonlarga javoban hujayra faolligi va proliferatsiyasining ortganligi  aniqlangan va mexanizmlar holatni prognozlash va diagnostika qilish xarajatlarini qisqartirish hisobiga 1 ta tashxis tufayli shifoxonaning byudjetdan tashqari mablag‘larini 400000 so‘mga tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: atopik dermatitda FLG geni 2282del4 mutatsiyasi gomozigota genotipi kasallikning og‘ir klinik shakllari rivojlanishiga olib kelish ehtimoli ko‘rsatildi, bu esa genetik tahlillarni atopik dermatitni erta aniqlash, og‘irlik darajasini baholash va shaxsiylashtirilgan terapiya usullarini tanlashda klinik amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Qaytalama residivlanuvchi obstruktiv bronxit muxitida atopik dermatitli bolalar teri qoplamasini morfologik xususiyatlarini o‘rganish usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26 fevraldagi 7-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 03 aprel 2025 yildagi № 19-Sh-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialining 29 mart 2025 yildagi 45-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyun 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: atopik dermatitda FLG geni 2282del4 mutatsiyasi gomozigota genotipi kasallikning og‘ir klinik shakllari rivojlanishiga olib kelishi ehtimolini ko‘rsatadi, bu esa genetik tahlillarni atopik dermatitni erta aniqlash, og‘irlik darajasini baholash va shaxsiylashtirilgan terapiya usullarini tanlashda klinik amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini isbotlangan, erta tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: atopik dermatitda FLG geni 2282del4 mutatsiyasi gomozigota genotipi kasallikning og‘ir klinik shakllari rivojlanishiga olib kelishi ehtimolini ko‘rsatadi, bu esa genetik tahlillarni atopik dermatitni erta aniqlash, og‘irlik darajasini baholash va shaxsiylashtirilgan terapiya usullarini tanlashda klinik amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini isbotlangan, bu 1275000 so‘mni tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: atopik dermatitda FLG geni 2282del4 mutatsiyasi gomozigota genotipi kasallikning og‘ir klinik shakllari rivojlanishiga olib kelishi ehtimolini ko‘rsatadi, bu esa genetik tahlillarni atopik dermatitni erta aniqlash, og‘irlik darajasini baholash va shaxsiylashtirilgan terapiya usullarini tanlashda klinik amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini isbotlangan, kasalxona byudjetidan 1 tashxis uchun 1275000 so‘m qo‘shimcha mablag‘ni tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: kasallikning eritematoz-skvamoz shaklida FLG genining geterozigotli 2282del4 (N/DEL) mutatsiyasi atopik dermatit guruhidagi bolalarga nisbatan, surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatit guruhida eng yuqori chastotaga ega, gomozigotli 2282del4 (DEL/DEL) genotipi mutatsiyasi esa faqat atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlar guruhida aniklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Qaytalama residivlanuvchi obstruktiv bronxit muxitida atopik dermatitli bolalar teri qoplamasini morfologik xususiyatlarini o‘rganish usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26 fevraldagi 7-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 03 aprel 2025 yildagi № 19-Sh-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialining 29 mart 2025 yildagi 45-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyun 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasallikning eritematoz-skvamoz shaklida FLG genining geterozigotli 2282del4 (N/DEL) mutatsiyasi atopik dermatit guruhidagi bolalarga nisbatan, surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatit guruhida eng yukori chastotasi ega, gomozigotli 2282del4 (DEL/DEL) genotipi mutatsiyasi esa faqat atopik dermatit bilan ogrigan bemorlar guruhida aniqlanishi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’siri baholanadi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning eritematoz-skvamoz shaklida FLG genining geterozigotli 2282del4 (N/DEL) mutatsiyasi atopik dermatit guruhidagi bolalarga nisbatan, surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatit guruhida eng yuqori chastotasi ega, gomozigotli 2282del4 (DEL/DEL) genotipi mutatsiyasi esa faqat atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlar guruhida aniqlanganidan dalolat beradi, bu byudjetdan tashqari 1 275 000 so‘mni tejash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: Kasallikning eritematoz-skvamoz shaklida FLG genining geterozigotli 2282del4 (N/DEL) mutatsiyasi atopik dermatit guruhidagi bolalarga nisbatan, surunkali obstruktiv bronxit bilan birga kechadigan atopik dermatit guruhida eng yukori chastotasi ega, gomozigotli 2282del4 (DEL/DEL) genotipi mutatsiyasi esa faqat atopik dermatit bilan ogrigan bemorlar guruhida aniqlanganligi 1 ta tashxis uchun byudjetdan tashqari mablag‘ning 1275000 so‘mni tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqotda FLG p.R501X mutatsiyasi faqat atopik dermatitning turli klinik shakllari bo‘lgan bolalar orasida va surunkali obstruktiv bronxit bilan birgalikda kechadigan atopik dermatit geterozigot shaklida (R/X) topilgan, gomozigotli tashuvchilar (X/X) barcha tadqiqot guruhlarida, shu jumladan nazorat guruhida topilmaganligi aniqlanganligi bo‘yicha “Qaytalama residivlanuvchi obstruktiv bronxit muxitida atopik dermatitli bolalar teri qoplamasini morfologik xususiyatlarini o‘rganish usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26 fevraldagi 7-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 03 aprel 2025 yildagi № 19-Sh-son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyat hududiy filialining 29 mart 2025 yildagi 45-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyun 19-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda FLG p.R501X mutatsiyasi faqat atopik dermatitning turli klinik shakllari bo‘lgan bolalar orasida va surunkali obstruktiv bronxit bilan birgalikda kechadigan atopik dermatit geterozigot shaklida (R/X) topilgan, gomozigotli tashuvchilar (X/X) barcha tadqiqot guruhlarida, shu jumladan nazorat guruhida topilmaganligi aniqlanganini isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda FLG p.R501X mutatsiyasi faqat atopik dermatitning turli klinik shakllari bo‘lgan bolalar orasida va surunkali obstruktiv bronxit bilan birgalikda kechadigan atopik dermatit geterozigot shaklida (R/X) topilgan, gomozigotli tashuvchilar (X/X) barcha tadqiqot guruhlarida, shu jumladan nazorat guruhida topilmaganligi aniqlanganini isbotlaydi. Xulosa: tadqiqotda FLG p.R501X mutatsiyasi faqat atopik dermatitning turli klinik shakllari bo‘lgan bolalar orasida va surunkali obstruktiv bronxit bilan birgalikda kechadigan atopik dermatit geterozigot shaklida (R/X) topilgan, gomozigotli tashuvchilar (X/X) barcha tadqiqot guruhlarida, shu jumladan nazorat guruhida topilmaganligi isbotlaydi va 1 ta tashxis uchun mablag‘lar 1275000 so‘mni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish