Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘lining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4276
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mahbuba Rahimjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullaevna texnika fanlari doktori, professor; Niyozov Muhammad Baxronovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt elementlarini o‘qitishning didaktik modeli o‘quvchilarning SI bilan ishlashni to‘rt darajali bosqichda: birinchi bosqich (asosiy SI tushunchalarini yuzaki tushunish) - darajali testlar, ikkinchi bosqich (sodda SI texnologiyalaridan cheklangan darajada foydalanish) - yopiq vaziyatli testlar, uchinchi bosqich (asosiy SI vositalarini amalda integrativ qo‘llash) - keys topshiriqlar, to‘rtinchi bosqich (modellarni etik tahlil qilish va yaratish) - loyiha ishi asosida baholash orqali takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiya” fanini mazmuni mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash, robototexnika (5 ta mavzu, 62.5%), fikrlash, idrok va axloq (2 ta mavzu, 25%) hamda tor, umumiy, super sun’iy intellekt (1 ta mavzu, 12,5%) mavzularning didaktik strukturalashuvi asosida nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan;
sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning loyiha ishini amalga oshirishda uch darajali o‘rganish — (1) boshlang‘ich tajriba (SI modelini kodsiz dasturlash tizimlarida loyihalash), (2) refleksiya va abstrakt konseptuallashtirish (loyiha natijalarini kritik tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarni konseptual ifodalash), (3) faol eksperiment (o‘rganilgan bilimlarni hayotiy muammolarni echishda qo‘llash) orqali gibrid o‘qitish jarayoni asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning SI bilan samarali muloqot qilish (rasm, ovoz, matn, video va illyustratsiya materiallar bilan ishlash) hamda mini modellarni loyihalash (muammoni aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish, modelni loyihalash, qurish, sinovdan o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish)ga doir amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab yuqori sinf o‘quvchilariga sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasini yaratish bilan bog‘liq uslubiy va amaliy takliflari asosida:
sun’iy intellekt elementlarini o‘qitishning didaktik modeli o‘quvchilarning SI bilan ishlashni to‘rt darajali bosqichda: birinchi bosqich (asosiy SI tushunchalarini yuzaki tushunish) - darajali testlar, ikkinchi bosqich (sodda SI texnologiyalaridan cheklangan darajada foydalanish) - yopiq vaziyatli testlar, uchinchi bosqich (asosiy SI vositalarini amalda integrativ qo‘llash) - keys topshiriqlar, to‘rtinchi bosqich (modellarni etik tahlil qilish va yaratish) - loyiha ishi asosida baholash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” nomli o‘quv qo‘llanma ma’zmuniga singdirilgan hamda “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 302-sonli nashrga tavsiya etilganligi haqidagi buyrug‘i asosida berilgan 302-0289 raqamli nashr ruxsatnomasi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining2023-yil 23-sentyabrdagi 01/09-438-sonli ma’lumotnomasi,). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining sun’iy intellekt texnologiyalari hamda uning asosida ishlovchi dasturiy vositalaridan foydalanish malakasini oshirishga xizmat qilgan;
“Informatika va axborot texnologiya” fanini mazmuni mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash, robototexnika (5 ta mavzu, 62.5%), fikrlash, idrok va axloq (2 ta mavzu, 25%) hamda tor, umumiy, super sun’iy intellekt (1 ta mavzu, 12,5%) mavzularning didaktik strukturalashuvi asosida nazariy-uslubiy jihatdan asoslanishiga oid amaliy taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fani darsligi mazmuniga singdirilgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
402-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilari” (malaka oshirish) kurslarining o‘quv reja va dasturlarining nazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-maydagi 06-36-818-son ma’lumotnomasi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektorining 2025-yil 22-iyuldagi 01/09-1348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini o‘qitishning metodik asoslari takomillashtirilgan;
sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning loyiha ishini amalga oshirishda uch darajali o‘rganish — (1) boshlang‘ich tajriba (SI modelini kodsiz dasturlash tizimlarida loyihalash), (2) refleksiya va abstrakt konseptuallashtirish (loyiha natijalarini kritik tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarni konseptual ifodalash), (3) faol eksperiment (o‘rganilgan bilimlarni hayotiy muammolarni echishda qo‘llash) orqali gibrid o‘qitish jarayoni asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
11-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fani darsligi mazmuniga singdirilgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 402-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilari” (malaka oshirish) kurslarining o‘quv reja va dasturlarining nazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-maydagi 06-36-818-son ma’lumotnomasi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektorining 2025-yil 22-iyuldagi 01/09-1348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning sun’iy intellekt elementlari hamda raqamli texnologiyalarga doir bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sun’iy intellekt elementlarini o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning SI bilan samarali muloqot qilish (rasm, ovoz, matn, video va illyustratsiya materiallar bilan ishlash) hamda mini modellarni loyihalash (muammoni aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish, modelni loyihalash, qurish, sinovdan o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish)ga doir amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” nomli o‘quv qo‘llanma ma’zmuniga singdirilgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 402-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilari” (malaka oshirish) kurslarining o‘quv reja va dasturlarining nazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 302-sonli nashrga tavsiya etilganligi haqidagi buyrug‘i asosida berilgan 302-0289 raqamli nashr ruxsatnomasi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektorining 2025-yil 22-iyuldagi 01/09-1348-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarida sun’iy intellekt elementlariga doir bilim va ko‘nikmalarining tizimli rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.