Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “She’riy matnda deyksis (Usmon Azim she’rlari misolida)” 10.00.01. – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil4651
Ilmiy rahbar: Kurbanova Muxabbat Matyakubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar:
Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor,
Umurzoqova Marhabo Egamberdievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi she’riy matnda qo‘llanilgan deyktik birliklarni aniqlash va pragmatik tabiatini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deyktik birliklarning pragmatik xususiyatlari ilk bor she’riy matn asosida ochib berilgan;
deyksisning pragmatik mazmun ifodalovchi birliklar bilan munosabati va ifodalanish usullari she’riy matn asosida aniqlangan;
shaxs, predmet, zamon, makon, belgi, miqdor, ijtimoiy, emotsional kabi deyksis turlarining funksional-pragmatik jihatlari she’riy matn orqali dalillangan;
yangi tur sifatida kiritilgan ilohiy tushunchalar deyksisining mazmun-mohiyati hamda she’riy matndagi o‘ziga xosliklari Usmon Azim she’rlari misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
She’riy matnda deyksis (Usmon Azim she’rlari misolida) tadqiqi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanildi (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil 8-maydagi 261/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha affikslarning deyktik birlik sifatida qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan, shuningdek, mazkur loyihada nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda tadqiqot ishi zarur material vazifasini o‘tagan.
Deyksisning pragmatik xususiyatlari tadqiqidan olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2025–yil 8-maydagi 260/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan dalillar, tahlil natijalari she’riy matnning pragmatik xususiyatlarini ochib berishda ijobiy samara bergan; deyktik birliklarning matn hosil qilishdagi o‘ziga xosligi yuzasidan xulosalar olingan, shu boisdan ham loyiha til birliklarining deyktik xususiyatiga oid yangi ilmiy dalillar asosida boyitilgan.
Shuningdek, “Buxoro viloyati teleradiokanali” tomonidan suratga olingan she’riyat olamiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarda she’riy matnning o‘ziga xosligini yoritishda, ishora birliklarining she’riy matndagi ahamiyati va ifodalanishi bo‘yicha berilgan ma’lumotlarda ushbu dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 17-apreldagi 01-09-73-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu ma’lumotlar teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashishiga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashiga xizmat qilgan.